Og’iz bo’shlig’i - til, kichik til, tishlar, lablar,lunjlar, qattiq va yumshoq tanglaylar, til osti muskullaridan iborat apparat. U shovqin va qo’shimcha tonlar manbai sanaladi.
Burun bo’shlig’i - qo’shimcha ton manbai.
Nutq a’zolarining fiziologiyasi - nutq a’zolarining hayotiy kechimlari, muhit bilan munosabatlari.
Brok markazi - bosh miya qobig’idagi markaziy nerv sistemasiga kiruvchi nerv xujayralarining bir turi. U nutqning yuzaga chiqishida qatnashadigan mushaklarni harakatga keltiradigan nerv markazi hisoblanadi.
Eshituv markazi - bosh miya qobig’i tizimiga kiruvchi nerv xujayralarining yana bir turi. U eshitish a’zolaridan keladigan ta’sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi.
Artikulatsiya - nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |