Tovush chziqligi - tebranishning oz yoki ko’p vaqt davom etishi.
Tovushning sifat belgilari - tovushning balandligi, kuchi (intensivligi), tembri.
Tovushning miqdor belgisi - tovushning cho’ziqligi.
Nafas apparati - havo manbai. Bu apparat o’pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko’krak qafasi kabi a’zolardan iborat.
Bo’g’iz bo’shlig’i - traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari va bir qancha tog’aylar mavjud. Bo’g’iz bo’shlig’i ovoz manbai hisoblanadi (un paychalari tebranishidan ovoz hosil bo’ladi).
Halqum – bo’g’izdan yuqoriroqdagi bo’shliq. U rezonatorlik vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |