Tayanch tushunchalar
1.Monosemiya – bir ma’nolilik hodisasi.
2.Polisemiya – ko’p ma’nolilik hodisasi.
3.Metafora yo’li bilan ma’noning ko’chirilishi – predmetlar, hodisalar o’rtasidagi nisbiy o’xshashlik asosida ma’noning ko’chirilishi.
4.Vazifadagi o’xshashlik asosida ma’noning ko’chirilishi – predmetlarning bajaradigan vazifasidagi o’xshashlik asosida ulardan birining nomini ikkinchisiga nisbatan qo’llash.
5.Metonimiya yo’li bilan ma’noning ko’chirilishi – narsa-hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik asosida ma’noning ko’chirilishi.
6.Sinekdoxa yo’li bilan ma’noning ko’chirilishi – butunning nomi bilan qismning yoki, aksincha, qismning nomi bilan butunning atalishi orqali yuz beradigan ma’no ko’chirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |