11.2. "Dyurkopp" firmasining 558-1303/EII/22 halqa yo‘rmash yarim avtomati
558-1303/EII/22 yarim avtomati trikotaj materiallardan tayyorlanadigan kiyimlarga zanjirsimon bahyasi bilan halqa yo‘rmash uchun xizmat qiladi. Tikish tezligi 1860 bahya minutiga tiqiladigan gazlama kengligi 12 mm. YArim avtomat igna (11.5-rasm), chalishtirgich, materialni ustdan va ostdan surish mexanizmlaridan, hamda ipni qirqish qurilmasi, qo‘lachokli boshqarish sistemalaridan tuzilgan.
11.5-rasm. "Dyurkopp" firmasining 558-1303/EII/22 halqa yo‘rmash yarim avtomati.
11.6-rasm. "Dyurkopp" firmasining 558-1303/EII/22 halqa yo‘rmash yarimavtomatining qurilmalari.
Materialni ustdan qisib turuvchi rama 1 (11.6-rasm,a) material 2 qalinligiga qarab avtomatik moslanadi. Turli ko‘rinishdagi halqalarni yo‘rmashda ikkita boshqaruvchi ekstsentriklar almashtiriladi. Ustki ekstsentrik 1 (11.6-rasm,b) halqa ko‘zining shaklini belgilaydi, ostki ekstsentrik 2 yordamida esa halqa uzunligi va puxtalash shakli o‘zgartiriladi. Mashinadagi barcha mexanizm va qirqimlarning texnologik va texnikaviy parametrlari optimallashtirilganligi mashinaning shovkinsiz va titrashsiz ishlashini ta`minlaydi. Igna ipini taranglash qurilmasi ipning to‘g‘ri uzatilishini va bahya sifatini ta`minlaydi. Ignaga (11.6 -rasm,v) ipni taqish uchun galtakdan chiqarilgan ip mashina ustki qismiga o‘rnatilgan sterjen uchta teshigidan birin-ketin o‘tkazilib, taranglash qurilmasi 1 shaybalari orasidan aylantirib, burganlik 2 teshigidan, keyin sterjen 3 ning yuqorigi teshigidan olib utiladi. Sungra ip ipyunaltirgich 4 teshigidan, iptortish qurilmasi 5 plastinalari orasidan, tortish prujinasi 6 ilgagidan o‘tkazilib, igna yuritgich teshigi orqasi igna ko‘ziga taqiladi.
11.3. "Pfaff" (Germaniya) firmasining 3306-7\20-966\11 tugma qadash avtomati
3306-7/20-966/11 avtomati kostyum va paltolarga ikki va to‘rt tishli yassi tugmalarni ikki ipli moki bahyasi bilan qadashga mo‘ljallangan. Bosh valning aylanishlar soni 1800 min. Tugmalar yigirma marta igna sanchilganda qadaladi.
11.7-rasm, a. 3306-7/20-966/11 tugma qadash yarim avtomati
Mashinada krivoship-shatunli igna (11.7-rasm, a.) mexanizmi bor, ip uzatkich igna yuritkich orqali harakatlanadi, notekis aylanadigan chalishtirgich tebranma chetlatkich bilan ta`minlangan, tugmalar bilan material platformaning bo‘ylamasiga suriladi, lekin igna vertikal surilishdan tashqari mashina platformasining ko‘ndalangiga ham suriladi. Ip qirqish mexanizmi bor.
Tugma qadash. Tugma 1 ni tepki bilan tugma tutkich 2 tiragi orasiga o‘rnatib material 3 tepki tagiga qo‘yiladi. Pedal bosilganda tugma tutkich bilan ekran pastga tushadi, igna mashina platformasining kundalangiga ogib, tugmani uning ikkita uzokdagi teshigidan qadaydi (11.7-rasm). Ignaning puxtalovchi 10-sanchilishidan keyin tugma bilan material tikuvchidan nariga tomon suriladi. Igna yana mashina platformasiga ko‘ndalang ogib, tugmani yakindagi ikkita teshigidan qadaydi. Ignaning yana puxtalovchi 20-sanchilishidan keyin mashina avtomatik to‘xtaydi, ip mashina platformasi tagida qirqiladi. Tugma tutqich va ekran ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |