11.7. 827 (Rossiya) rusumli tugma qadash yarim avtomatik tikuv mashinasi
Bu yarim avtomat tikuv mashinasi Podolsk mexanika zavodida ishlab chiqariladi va ich kiyim, kostyum va paltolarga ikki va to‘rt teshikli yassi tugmalarni ikki ipli bahya bilan qadashga mo‘ljallangan. Bosh valining aylanish chastotasi 1500 ayl/min, 35 mm tugmalar 20 marta sanchib qadaladi.
Mashinada krivoship-shatunli igna mexanizmi bor. Igna platformaning ko‘ndalangi buyicha ogadi, mokisi markaziy naychali, ip tortkichi 1022-M rusumli tikuv mashinasidagidek sharnir-sterjenli. Material tugma bilan birga fakat mashina platformasining uzunasiga surilishi mumkin. Mashina bir pedalli bo‘lib, pedal to‘xtatilganda tugma tutkich bilan ekran ko‘tarilgan bo‘ladi. Ekran tikuvchining ko‘zini tugma siniqlaridan jarohatlanishidan saqlashga xizmat qiladi.
Tugma qadash. Mashina maxsus ish stoliga o‘rnatilgan. Uning asosiy valini mashinaning tanasi tutib turadi. Asosiy valning ketingi chidagi gilof 37 (11.13-rasm, a) tagida ish va salt shkivlar mahkamlangan. Mashina to‘xtatilganda, yuritish tasmasi salt (tikuvchidan uzokdagi) shkivda bo‘ladi. Avtomatik qo‘shish yordamida tasmani ish shkiviga o‘tkazib (mashinaning old qismi tomondan qaraganda soat mili harakati yunalishida buriladi) mashina ishga tushiriladi. Yarim tsilindrik platforma 3 ichida moki mexanizmi va ip qirqish mexanizmi bor. Mashina platformasining ustida materialni surish mexanizmining plankasi 4 va tugma tutkich 5 bo‘ladi.
Tugmani qulayroq joylashtirish uchun tikuvchi o‘ng yoki chap dasta 9 ni bosadi, tepkilar 13, 15 bir-biridan qochadi, tirak 14 esa tikuvchidan nariga tomon suriladi. Dasta 9 pastga tushganda tepkilar 13, 15 va tirak 14 tugmani qisib koladi. Planka 4 ning ustiga material joylashtiriladi, bunda tugma qadaladigan joyi darcha 12 ning ruparasiga to‘g‘ri kelib turishi kerak. Pedal bosilganda tugma tutkich 5 pastga tushib, ekran 20 vertikal holatga o‘tadi.
Igna 16 mashina platformasining ko‘ndalangiga og‘ib, tugmani oldingi ikkita teshigidan qadaydi.
Igna 10-marta sanchilgandan keyin, ungga og‘adi, tugma bilan material esa tikuvchiga tomon suriladi. Keyin ignaning kundalang og‘ishida tugma uning keyingi ikkita teshigidan qadaladi. Ikkita puxtalash sanchigidan keyin mashina avtomatik to‘xtaydi, platforma (11.13-rasm, a ga qarang) tagidagi asosiy qirqkich ipni qirqadi, sim chetlatkich 17 soat mili harakati yo‘nalishida burilib, keyingi tugmani qadayotganda ip igna 16 tagiga tushib qolmasin uchun qirqilgan ustki ipni surib tashlaydi. Tugma tutkich 5 va ekran 20 ko‘tariladi.
827 rusumli tikuv mashinasi platforma tagida joylashgan qo‘shimcha ip qirqqichi qo‘llangan. Bu qirqqichning vazifasi faqat ipni taqish emas, balki ustki ipning uchini tugma teshigi bilan materialdan tortib chiqarib, tugma ustida eng kalta (5 mm gacha) ip qoldirishni ta`minlashdan iborat. Qo‘shimcha qirqqich tugma qadash boshlanganda ishlatilib, keyin to‘xtatib qo‘yiladi.
11.13-rasm. 827 rusumli tikuv mashinasi va tugma qadash sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |