Ustki ipni taqish. Bobinadan tushgan ipni ungdan chapga tomon sim ip yo‘naltirgich 10 dan (11.10-rasm) o‘tkaziladi, kushimcha taranglik rostlagichi shaybalari 9 orasidan, ungdan chapga asosiy taranglik rostlagichi shaybalari 8 orasidan aylantirib, ip tortkich prujinasi 7 ning halqasiga kiritiladi va ip yo‘naltirgich ilgagi 6 ning ortiga o‘tkaziladi. Keyin ip ungdan chapga ip tortkich 5 ning qo‘logidan, ip yunaltirgich skobasi 4 ga kiritiladi, igna yuritgich 3ga mahkamlangan plastinasimon prujina 2 tagidan olib utib, chapdan ungga igna 1 kuziga taqiladi.
11.10-rasm. CS1652K-303A yarim avtomatiga ustki ipni taqish
Ish usullari va asosiy rostlashlar. Mashina oddiy ish stoli ustiga old qismini tikuvchiga karatib o‘rnatiladi. Naychaga ip uraydigan (11.11-rasm) o‘ragich 1 mashina tanasining qo‘yilmasiga montaj qilinadi. Mashinaning ishlashidagi o‘ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat: igna pastdaligida oxirgidan oldingi va oxirgi sanchilishida ip qisiladi. Ipni kisish uni qirqish uchun zarur, shundan keyin chetlatkich 2 tepkilar ko‘tarilishi bilan qirqilgan ipni chapga chetlatadi.
Puxtalamaninn uzunligi ko‘ndalang surish richagining gaykasini bo‘shatgandan keyin, richag 3 uyigida surish yo‘li bilan materialni ko‘ndalang surish kattaligini o‘zgartirib rostlanadi. Agar richagi tikuvchidan nariga tomon surilsa, materialning ko‘ndalang surilishi kamayadi.
Ostki ipni taqish. Naycha 1 naycha (11.12-rasm,a) qalpog‘i 2 ga shunday o‘rnatilishi kerakki, ip 3 soat mili harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda o‘ralgan bo‘lishi kerak.
Ip 3 naycha qalpog‘idagi ariqchadan va taranglash plastinasi ostidan olib utilib, naycha qopqog‘i ilmogi teshigidan o‘tkaziladi. Ipning tarangligi naycha qopqog‘idagi vint 4 ni burab rostlanadi.
Ip o‘ralgan naychasi qurilma 1 mokining (11.12-rasm, b) markaziy sterjeni 2 ga kiritiladi. Moki uchi ip 1 ning eng ostki holatida 1,5-2 mm ko‘tarilganida ustki ip halqasini ilib olishi kerak. Agar ostki ip noto‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa, igna noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, igna ignayuritgichga noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, moki uchi va igna orasidagi zazor(oraliq) kattalashgan bo‘lsa, ostki ipning uzilishi sodir bo‘ladi.
11.11-rasm. CS1652K-303A yarim avtomatining tashqi ko‘rinishi
11.12-rasm. CS1652K-303A yarim avtomatiga ostki ipni taqish
Mehnat unumdori yuqori bo‘lgan ushbu yarim avtomatda tikilayotgan gazlamaga mos igna va ip tanlansa, chiroyli va puxta chok hosil qilinadi. Ipning qalinli tikilayotgan gazlama tolasi qalinligiga to‘g‘ri kelishi kerak. Ignani almashtirish uchun ignayuritgichi eng yuqori holatiga keltirilib, ignatutgich vinti bushatiladi, igna oxirida va boshqa igna ignatutgich teshigiga oxirigacha taqab kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |