Futbol manejlari. Manejlarda trenirovka mashqlari, shuningdek, mini-futbol bo‘yicha futbol musobaqalari o‘tkaziladi. Manej maydoni tartan, arman, astrtorf nomli sintetik materiallar bilan qoplanadi.
Futbol manejlaridan universal sport zali sifatida foydalanish mumkin.
Futbolchilarda uchraydigan kasalliklar va shikastlanishlar.
Futbolchilarda tayanch-harakat a’zolarining quyidagi kasallik va shikastlanishlari deyarli ko‘proq uchraydi:
1. Tizza bo‘g‘imining surunkali artrit kasalligi. Bu kasallik ko‘pchilik futbolchilarda uchragani uchun unga “futbolchi tizzasi” deb nom berilgan.
2. Katta boldir suyak usti pardasining yallig‘lanishi (travmatik periostit).
3. Tizza va boldir-tovon bo‘g‘imi paylarining cho‘zilishi.
4. Sonning orqa yuzasi muskullarining lat yeyishi, yirtilishi, muskul paylarining uzilishi.
5. Ichki oshiq suyagining qattiqlashuvi.
6. Darvozabonlarda bilak-kaft va barmoq bo‘g‘imining shikastlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |