Futbolchining poyabzali.
1. Butsi – ichiga kigiz to‘shaladi.
2. Jun paypoq.
Qorda trenirovka mashqi o‘tkazilishi oldidan butsiga moy yoki suv o‘tkazmaydigan malham surtiladi. Mashq va musobaqadan keyin butsi tozalanadi, quritiladi, u baliq yog‘i yoki poyabzal kremi bilan moylanadi.
Trenirovka mashg‘ulotlarida rezina shippak yoki keda qo‘llanishi mumkin. Ularning ichiga, hatto issiq ob-havo sharoitida ham, kigiz patak to‘shaladi, jun paypoq kiyiladi. Bu oyoqni qavarishining oldini olish uchun zaruriy chora hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |