Futbolchilarda uchraydigan shikastlatlarning oldini olish.
Futbolchilarda uchraydigan shikastlanishlarning oldini olish uchun quyidagi gigiyenik tadbirlarga alohida e’tibor beriladi:
1. Trenirovka mashqlari uslubiy jihatdan to‘g‘ri rejalashtirilishi va qoida bo‘yicha o‘tkazilishi lozim.
2. Trenirovka mashqi va musobaqa o‘tkaziladigan joyning sanitariya-gigiyenik sharoiti talab darajasida bo‘lishi.
3. Futbolchining kiyimi va poyabzali o‘ziga mos bo‘lishi.
4. Trenirovka mashqlari va musobaqalarni qoida asosida tashkil etish, qo‘pollikka, o‘yin qoidasining buzilishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik.
Bulardan ko‘rinadiki, futbolchilarda shikastlanishlarning oldini olish aksariyat trenerning bilimi, tajribasi va uning o‘z vazifasiga mas’uliyat his etgan holda yondashishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |