Mundarija
Kirish ……………………………………………………3-4-bet
I bob. O’zbek xalq maqollarida bosh bo’laklarning o’rni
1.1. Ega va uning maqollarda ifodalanishi………………5-7-bet
1.2. Maqollar tarkibida kesim turlarining kelishi............8-10-bet
II bob. Ikkinchi darajali bo’laklar va ularning ifodalanishi
2.1. Maqollarda qo’llangan aniqlovchi va to’ldiruvchilar,
ularning turlari …………………………………….11-14-bet
2.2. Hol va uning maqollardagi tahlili………………...15-17-bet
Xulosa………………………………………………….18-19-bet
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………...20-bet
Kirish
Maqollar biz uchun asrlarning sadosi,uzoq o’tmish bilan
hamnafaslik hissini uyg’otuvchi mangu chaqiriq,zamonlararo ko’prikdir.
Maqol so’z ko’rkigina emas,dilning ham,umrning ham ko’rkidir. O’z
qadrini bilgan odam so’zni pala-partish ishlatmaydi,uning asl ma’nosini
qidiradi,bilib o’rniga qo’yib gapiradi. Hikmatlar… Har kuni har birimiz
har kimdan eshitib,har kimga aytib yuradigan had-hisobsiz hikmatlar...
Maqollar kishilarning aqlini o’tkirlashtiradi,nutqini ravshan va
ta’sirchan qiladi,hayotda to’g’ri yo’lni tanlay bilishga ,hayotiy
jumboqlar va muammolarni to’g’ri yechishga o’rgatadi,turmushning
jamiki kata-kichik masalalari xususida qimmatli maslahatlar beradi.
Umuman insoniyat yaratgan maqollarning tematikasi keng va rang-
barangdir. Ayniqsa,she’riyati va didaktizmi bilan qadimdan mashhur
bo’lib tematik jihatdan shu qadar boy va rang-barangki,ularda ijtimoiy
hayotning eng murakkab muammolaridan tortib oilaviy hayotning eng
kichik urf-odatlarigacha,oliy axloqiy normalardan tortib kishilar
xarakteridagi mayda-chuyda nuqsonlargacha o’z in’ikosini topgan.
Xalqimizning asrlar davomida to’plagan boy hayotiy tajribasi son-
sanoqsiz maqollarda umumlashtirilgan. Ularda ota-bobolarimiz bosib
o’tgan yo’lni,kechirgan turmushlarini,shodliklari va chekkan azob-
uqubatrlarini teran mazmunli pand-nasihatlarini,qadimgi davrlarda,o’rta
asr va undan keying asrlarda yashagan ajdodlarimizning urf-
odatlarini,an’analarini ko’ramiz.Xalqimiz asrlar davomida yaratgan va
hozir ham yaratayotgan minglab ajoyib maqollar og’izdan-og’izga o’tib
yuribdi.
Maqollar zamonlar osha tobora sayqallanadi,pishadi,mazmuni
teranlashadi. Ba’zi hollarda esa buning aksicha,eshituvchi va talaffuz
etuvchilarning muayyan maqolda aytilmoqchi bo’lgan ma’noni
tushunmasligi yoxud eshitganini eslay olmay,o’zicha qo’shib chatishi
yoki ma’lum bir fikrni isbotlash,ma’lum bir holni ifodalash uchun
eshitgan maqoli tarkibidagi ayrim so’zlar o’rniga atayin boshqa so’zlar
ishlatib,asl ma’nosi va mazmunini boshqa tomonga burib aytishi
oqibatida ko’pgina maqollar keyingi avlodga asliga nisbatan
noto’g’ri,mantiqqa zid tarzda qo’llaniladigan bo’lib qolgan. Maqollar
mag’ziga ularni yaratgan xalqning asriy hayoti,dunyoqarashi,urf-odatlari
singib ketgan. Modomiki shunday ekan, maqollarning tarixiy ildizlarini
aniqlash,ularni g’oyaviy-tematik mazmunini ochib berish ko’p
izlanishni,uzoq yillar mobaynida sabr-toqat bilan ish olib borishni
taqozo etadi.
Maqollarni tahlil qilish jarayonida ularning to’g’ri va majoziy
ma’nolarini,ularda uchraydigan arxaik so’zlarning asl va ko’chma
ma’nolarini aniqlash maqsadida tarix,etnografiya fanlariga murojaat
qilishga,turkey tillarning lug’atlaridan foydalanishga to’g’ri keladi. U
yoki bu maqolning ma’nosi,und anima deyilmoqchi bo’layotganini
aniqlash uchun maqolda keltirilgan mohiyatini to’g’ri anglamoq kerak.