guruh talabasi ning “Iqtisodiyot” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu



Download 250,88 Kb.
bet2/9
Sana12.07.2022
Hajmi250,88 Kb.
#783694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
New Microsoft Word Document

Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishining maqsadi biz yoshlarga investitsiyalar hamda investitsiya faoliyati asoslari borasida chuqur nazariy bilimlarni egallash, ularda atroflicha amaliy ko`nikmalar hosil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishning vazifalari quyidagilar:

  • Investitsiyalar: iqtisodiy mazmuni, mohiyati va tasniflanishi o`rganish;

  • Jamg`armalar – investitsiyalash manbasi sifatidagi rolini chuqur tahlil qilish;

  • Investitsiya faoliyati: uning mohiyati, mazmuni va tarkibiy tuzilishini o`rganish;

  • O’zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirishda davlatning rolini qanday ahamiyatga ega ekanligini bilish.

Kurs ishining predmeti investitsiya va uning mohiyatini o`rganishlik dolzarbligi hamda davlatning bunda tutgan roli.
Kurs ishining obyekti. Rivojlangan davlatlardagi investitsiyaga oid statistik ko`rsatkichlar.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil to’gan.

1-BOB. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI, MOHIYATI VA TASNIFLANISHI
1.1 Investitsiyaning iqtisodiy mazmuni.
Investitsiya milliy iqtisodiyotda nisbatan yangi termin hisoblanadi. Investitsiya1 (lot. Investio – o`rash) – iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o`z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsion, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo`yish)dir. An’anaviy tarzda investitsiya deganda kelgusida ko`zda tutilgan daromadlarni olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish tushuniladi. Investitsiya mohiyatini tavsiflashdagi bunday yondashuvga milliy, shu bilan birga, xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda birlamchi e’tibor beriladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati2 va mazmuni33 to`g`risida iqtisodchi olimlar o`rtasida xilma-xil qarashlar va fikrlar mavjud. Bu so`zning ham keng ma’nosidan, ham tor ma’nosidan foydalanish mumkin. “Investitsiya” tushunchasining ma`no-mazmuniga hozirgacha yakuniy bir ta`rig berilmagan va iqtisodiy fanning turli sohalarida investitsiyaning maqsadi, vazifalari, manbasi, mablag` kiritish sohalari va obyektlarining xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha ta`rif berilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminov, D.G`ozibekov, D.Tojiboyeva, N.Qo`ziyeva, G.Maxmudovalar tomonidan investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan va munosabat bildirilgan. Jumladan, A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminovlar tomonidan investitsiyalarning mazmun-mohiyati bo`yicha bayon etilgan ta’rifda: “investitsiyalar – foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo`yiladigan pul mablag`lari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog`ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar”4, deb ta’riflangan.
Professor D.G`ozibekov tomonidan investitsiyalarning mazmuniga quyidagicha ta’rif berilgan: “aniq va ishonchli manbalardan mablag`lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko`zlangan samarani olishdan iborat bo`ladi. Ana shu belgilarga ko`ra investitsiyalar boshqa qo`yilmalardan mazmunan farq qiladi. Bular barchasining asosida kapitalning harakatlanish jarayoniga jalb etilishi investitsiyalarning mohiyatini aks ettiradi”.5 Shuni ham ta’kidlash joizki, D.G`ozibekov tomonidan investitsiyalarning makroiqtisodiy darajadagi va moliya nazariyasidagi mohiyati to`g`risida ham fikrlar bildirilgan. Xususan, makroiqtisodiy darajadagi investitsiyalar deganda ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqarishga, uy-joy fondini, tovar zaxiralarini o`stirish va shu kabialarga qilingan chiqimlarning bir qismi, ya’ni yalpi ichki mahsulot(YaIM)ning kapitalni o`stirishga qaratilgan va joriy davrda ishlatilmagan qismiga tushuniladi. Makro darajadagi va ishlab chiqarish nazariyasida investitsiyalar deganda yangi kapitalni, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalari va intellektual salohiyatni takror ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonini nazarda tutiladi. Moilya nazariyasida investitsiyani real yoki moliyaviy aktivlarga yo`naltirish bilan bog`laydilar, ya’ni aslida, bu kelgusida daromadlar olish maqsadida qilingan hozirgi chiqimlardir(xarajatlardir). Boshqacha ifodalaganda, bu bugungi muayyan qiymatni, ehtimol, nomuayyan kelgusi qiymat bilan ayirboshlashdir. Umuman, iqtisodiyotda investitsiyalar kapitalni jamg`arish jarayoni sifatida sharhlanadi.
Professor D.Tojiboyeva fikricha: “iqtisodiy nazariyada investitsiya, deganda kelajakdagi natija uchun ishlab chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga mo`ljallangan moliyaviy resurslar tushuniladi”6
Iqtisod fanlari doktori N.Qo`ziyeva tomonidan investitsiyalarga quyidagicha ta’rif berilgan: “Davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning daromad olish va boshqa ijobiy samaradorlikka erishish maqsadida mamlakat ichkarisida va tashqarisida yangi korxonalar tashkil etish, faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni kengaytirish, qayta ta’mirlash va texnik jihatdan qayta qurollamtirish, ko`chmas mulk, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog`ozlar hamda aktivlarni sotib olishga yo`naltirilayotgan moliyaviy mablag`lar, mulkiy va intellectual boyliklarga investitsiyalar deyiladi”.7
Iqtisod fanlari nomzodi G.Maxmudova tomonidan investitsiyalarga agrar soha nuqtai nazaridan bayon etilgan ta’rifda: “investitsiaya – agrar sohada faoliyat yuritadigan barcha toifadagi xo`jaliklarga pul, shuningdek, mulkiy va nomulkiy huquqlar berish hisobidan investor tomonidan foyda va ijtimoiy samara olishga qaratilgan sarmoyalashdir”8, deb ko`rsatib o`tilgan.
Rossiya qonunchiligida (“Kapital qo`yilmalari shaklida amlaga oshiriluvchi investitsiya faoliyati to`g`risida” gi Rossiya Federatsiyasining 1999-yil 25-fevraldagi qonuni) investitsiyalarga qauyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiyalar – bu foyda olish yoki boshqa ijobiy samaraga erisish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat obyektlariga joylashtirilgan (qo`yilgan, yo`naltirilgan) pul mablag`lari, qimmatli qog`ozlar, boshqa mol-mulklar, shu jumladan, mulkchilik huquqlari va boshqa huquqlar”.9
Rossiyalik iqtisodchi olim L.Igoshina tomonidan: “ivestitsiyalar – pulni saqlash, ko`paytirish yoki ijobiy miqdordagi daromadni ta’minlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish mumkin bo`lgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi”,10 deb ta’riflangan. “investitsiya” darsligini muallifi, professor A.Neshitoy investitsiyalarning mazmunini quyidagicha tavsiflaydi; “foyda olish yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida o`z yoki o`zga mamlakatning turli tarmoqlariga, tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda innovatsiya loyihalarini amalga oshririshga yo`naltirilgan pul mablag`larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir”.11
Investitsiyalar keng ma’noda o`zini mablag`lar va resurslarning kelgusida ko`payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon etadi.
Xorijlik iqtisodchi olimlaradan U.Sharp, Kempbell R.Makkonel, Stanli, L.Bryu kabilar investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta’riflarni bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining iqtisodiyot bo`yicha laureate (1990-yil) U.Sharp ta’kidlashicha: “investitisiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir”12.
Investitsiyalarning mana shunday xususiyatlari uning iqtisodiy mohiyatini iqtisodchi olimlar hozirgi qadar ham turlicha talqin qilib kelishiga sabab bo`lmoqda.
Ayrim iqtisodchilar uni “tadbirkorlik faoliyatiga daromad olish maqsadida safarbar etilgan barcha turdagi boyliklar”, deb tushunsalar, ayrimlari, lotincha “invest” so`zining aynan tarjimasi “solish”, “joylashtirish” degan ma`noni anglatishidan kelib chiqqan holda “kapital solish” bilan birday qilib ta’riflaydilar.
Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aksiyalarning firma ustidan nazorat va ta’sir doirasi belgilariga ko`ra tavsiflanadi. Investitsiyalarning birmuncha ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi belgilarga ko`ra tavsiflangan:
- qo`yilma obyektlariga ko`ra;
- investitsiyalashda ishtirok etishiga qarab;
- investitsiyalash davri bo`yicha;
- mulkchilik shakllari bo`yicha;
- hdudiy belgisi bo`yicha (1.1-rasm)

Yuqoridagi ta’riflarni tahlil qilar ekanmiz, investitsiyaning juda keng tushunchasining juda keng keng mazmun kasb etishi uni har xil talqin qilish mumkinligini e’tirof etish mumkin: foyda yoki ijobiy natijaga erishish maqsadida subyektlar tomonidan xarajatlar tarzida iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga joylashtiriluvchi turli ko`rinishlarga ega boyliklarga investitsiyalar deyiladi. Ushbu ta`rifda investitisiyalarning xarakterli belgialri aks etgan: investitsiyalashning maqsadlari; xarajat ko`rinishida bo`lishi, turli ko`rinishdagi boyliklar tarzida joylashtirilishi va h.k.

Download 250,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish