O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTAB MENEJMENTI TA’LIM
YO’NALISHI
_______– GURUH TALABASI
_________________________ning
“Iqtisodiyot”
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI, UNING MANBALARI VA OMILLARI.
Ilmiy rahbar: _____________________________
QO’QON – 2022 y
MAVZU: INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI, UNING MANBALARI VA OMILLARI.
MUNDARIJA
KIRISH…………..……………………………………………………………….3
1-BOB. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI, MOHIYATI VA TASNIFLANISHI ..................................................................................5
1.1 Investitsiyaning iqtisodiy mazmuni ……………….………………....…….….5
1.2. Investitsiya so‘zining mohiyati, tasniflanishi(turlari) va jamg‘arma....……...11
2-BOB. INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI..............................................................................................................14
2.1. Investitsiya faoliyati: uning mohiyati, mazmuni va tarkibiy tuzilishi……….14
2.2. O’zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirishda davlatning roli……………………………………………………………………..17
XULOSA……………………………………………..……………………..……26
ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………...…….………………..29
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirishga oid bilimlar iqtisod sohasi uchun mutaxasislar tayyorlash tizimida muhim o`rinlardan birini egallaydi va bu yo`nalishni o`rganishga bo`lgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bu holatni iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida investitsiyalarning iqtisodiyotda tutgan o`rni va ahamiyati orqali ifodalash mumkin.
Darhaqiqat, milliy iqtisodiyotimizning ravnaqi, fan-texnika taraqqiyoti, aholi bandligi investitsiyalar bilan chambarchas bog`liq. Shu bilan birga, ishlab chiqaroshda tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, uni intensiv (resurstejam) rivojlantirish ham, ko`p jihatdan investitsiyalarga borib taqaladi. Hatto, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilishni, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishni ta`minlashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Investitsiyalardan ayri holda makroiqtisodiy muvozanatga erishib bo`lmaydi. Eng muhimi, iqtisodiyotni modernizatsiyalashni investitsiyalarsiz ta’minlashning iloji yo`q. Umuman olganda, investitsiyalar islohotlarni samarali amalga oshirish, taraqqiyot asosi, mamlakatning xalqaro integratsiyasi va jahon xo`jaligidagi o`rnini mustahkamlash omili hamda unga erishishga xizmat qiluvchi iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning bosh quroli hisoblanadi.
Ayni damda, xorijiy investitsiya korxonalarini barpo etish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga olmoqda: korxonani tashkil etish sabablarini inobatga olish; ishonchli sherik tanlash; xorijiy investitsiayalar ishtirokidagi korxona barpo etish haqida qaror qabul qilish.
Yuqoridagilar ko`rinib turibdiki, hozirgi davrda har qanday rivojlanayotgan davlat uchun investitsiyalshni o`raganish muhim. Investitsiyasiz davlat o`zi ko`zlagan marralarni zabt eta olmasligi aniq. Shunday ekan, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotining modernizatsiyalashuvi va jahon xo`jaligiga integratsiyalashuvi ko`p jihatdan to`g`ri va asoslangan investitsiya siyosatiga bog`liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |