guruh talabasi ning “Iqtisodiyot” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Investitsiya so‘zining mohiyati va tasniflanishi(turlari) va jamg`arma



Download 250,88 Kb.
bet3/9
Sana12.07.2022
Hajmi250,88 Kb.
#783694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
New Microsoft Word Document

1.2. Investitsiya so‘zining mohiyati va tasniflanishi(turlari) va jamg`arma.
Investitsiya atamasining mohiyatini bir qator rus olimlari tomonidan quyidagicha tavsiflangan:

  • “investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi obyektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellectual boyliklarni aks ettiradi”13

  • “investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqdadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo`naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig`indisi tushuniladi”14;

  • “nvestitsiyalar o`zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy iqtisodiyotning turli tarmog`iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli qo`yilmasi sifatida namoyon etadi”15;

  • “investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, tshkilot, uzoq muddatli loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablag`larini uzoq muddatda kiritilishi anglatadi”16;

Investitsiyalar kebg ma`noda o`zini mablag`lar va resurslarning kelgusida ko`payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon etadi.
Xorijlik iqtisodchi olimlar “investitsiyalash” atamasining ma’nosini mana bunday sharhlaydilar: “Kelajakda foyda olish uchun puldan ajralishdir” va hisoblaydilarki, mablag`larni yoki real yoxud moliyaviy aktivlarda investitsiyalsh mumkin. Ular investitsiyalash atamasi mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun pul bilan “xayrlashish”da ko`radilar.
“lnvestitsiyalar atamasini kapitalning kelgusida ko'payishi maqsadida uning turli xil shaklda joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin”. “Investitsiyalar – qo`yilmaning kelgusida o'sish maqsadida bugungi iste’moldan voz kechish”. “Investitsiya - ishlab chiqarish davri davomida paydo bo`lgan kapital qo`yilma qiymatining joriy o`sishi. Bu o'sha davrdagi foydaning iste’mol uchun ishlatilmagan qismi hisoblanadi”. “Investitsiyalar - pul mablag`lari, maqsadli bank jamg'armalari, qimmatli qog`ozlar, texnologiyalar, mashina, asosiy vositalar va boshqa mulk ko`rinishidagi kapital qo`yilmalar, shuningdek, pul qiymatiga ega bo'lgan mulkiy va nomulkiy huquqlarni investorlarning strategik maqsadlarini ko`zlab ishlab chiqarish va boshqa faoliyat obyektlariga kiritish”.
Ma’lumki, iqtisodchi olimlar jamg`armani investitsiyalashning asosi deb qarashadi. Bu mutlaqo to`g`ri, chunki investitsiya qilish uchun, eng avvalo, pul kapitali bo`lishi kerak. Resurslar (shu qatori pul mablag`lari ham) cheklangan. Asosiy muammo mablag` topish masalasidir. Ayniqsa, investitsiya uzoq muddatni ko`zlashi va tez natija bermasligi bilan ajralib turadi.
Inson doimo hozirgi ne’matlardan foydalanishni, kelajakdagi iste’moldan yuqori baholaydi. Unda doimo bugungi kun ehtiyojlari ustunlik qiladi17. Bu xalq maqollarida ham o`z ifodasini topgan: “Osmondagi turnadan qo`ldagi chittak yaxshi” yoki “Yutganim o`zimniki, chaynaganim gumon”. Shuning uchun ham investitsiya manbalari, ularni jalb qilish imkoniyatlariga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Investitsiyalarning asosiy manbai jamg`arma, ya’ni milliy iqtisodiyotdagi yalpi daromadning iste`mol qilinmagan qismi hisoblanadi.
Jamg`arish – bu joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish orqali kelajakdagi aholi iste’molini oshirishga yo`naltirilgan jarayon. Jamg`arishning asosiy funksiyalari – takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadiga erishishga ko`maklashishdir. Takror ishlab ishlab chiqarish jarayonining maqsadi aholining o`sib va o`zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Iqtisodiy nazariyada milliy daromad bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyoj zaxiralarini ko`paytirish uchun sarflanishi jamg`armani tavsiflaydi. Jamg`arma, odatda, investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritiladi, ya’ni jamg`armaning iqtisodiyotga ijobiy ta`siri investitsiyaga aylangandagina yuz beradi. Jamg`arma deyilganda aholi, korxona va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to`planib borishi tushuniladi. Uning hajmi barcha xo`jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo`li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo`lsa, jamg`arma hajmi shunchalik kam bo`ladi. Bu esa Keynschilik ta’limotida yana ham chuqurroq o`rganilgan. Bunday holat investitsiya faoliyati taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko`rsatmaydi. Jamg`armaning o`sishi iqtisodiy ma’noda mablag`larning iste’mol buyumlar xarid qilishdan investitsiya tovarlari xarid qilishga yo`naltirishini bildiradi. Shunga ko`ra, muddat jihatdan kechiktirilgan iste’mol jamg`armani anglatadi. Ammo, jamiyat oldida doimo bugungi va ertangi iste`molning qancha bo`lishini yechish muammosi turadi. Jamiyat bugun qancha ko`p investitsiya qilsa, ertaga bayroq bo`ladi, aksincha, ko`proq iste’mol qilinsa, keyinchalik ko`proq iste’mol qilish imkoniyati shuncha kamayadi.
Investitsiya darajasini ikki asosiy omil belgilab beradi, birinchisi, investitsiyalashdan kutilayotgan foyda me’yori va ikkinchi foiz stavkasi. Investitsiyalashni yuzaga keltiruvchi sabab (motiv) foyda hisoblanadi. Investorlar yoki tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo`lsagina sotib oladilar. Investitsiyalash darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo`lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to`lashi lozim bo`lgan pul miqdori foiz stavkasi anglatadi. Masalan, foyda me’yori 15 foiz, foiz stavkasi 9 foiz bo`lsa, u holda investitsiya qilish foydali hisoblanadi. Agar foiz stavkasi 15 foiz bo`lsa, aksincha, investitsiyalashdan voz kechiladi.
Yalpi xarajatlar18da investitsiyalar hissasi nisbatan uncha ko`p bo`lmasa-da, aynan, investitsiyalar tufayli asosiy makroiqtisodiy siljishga erishaladi. Shu bilan birga, jamg`arish bilan investitsiya o`rtasidagi muvozanat makroiqtisodiy siljishlarga erishiladi. Shu bilan birga, jamg`arish bilan investitsiya o`rtasidagi muvozanat makroiqtisodiy muvozanatga erishishning eng muhim shartidir. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechmaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi va jamg`arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog`liqdir.
Jahon amaliyotining ko`rsatkichlari, yuqori jamg`arish me`yoriga ega bo`lgan mamlakatlar, boshqa shart-sharoitlar o`zgarmagan holda, odatda, yuqori iqtisodiy o`sish19 sur’atlariga ega bo`lishadi. Milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini ko`paytirish va uning iqtisodiy o`sishini ta’minlashdagi rolini oshirishning muhim zaruriy shartlaridan biri – bu jamg`arish me`yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasini ta`minlash hisoblanadi. Jamg`arish me`yori barqaror iqtisodiy o`sishning asosiy ko`rsatkichi bo`lib xizmat qiladi.



Download 250,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish