Import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki
talab xajmi esa D1 teng bo’lgan, talab va taklif o’rtasidagi farq (D1-S1) import
hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo’lganida edi, narxlar darajasi
Re ga teng bo’lgan bo’lar edi hamda talab va taklif muvozanati E nuqtada
o’rnatilgan bo’lardi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo’lgani
va importga cheklovlar
yo’qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil.
Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki narxlar PW dan Rd ga qadar
ko’tariladi. Endi:
Import qilinadigan tovarning ichki narxi = Jahon bozoridagi narxi + (Jahon
bozoridagi narxi x tarif stavkasi).
Oqibatda iste’molchilar ma’lum bir yo’qotishlarga duch keladilar. Bu
yo’tqotishlar grafikda a , b , s , d sohalar bilan ko’rsatilgan.
Narxlarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki ishlab
chiqaruvchilar uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu
sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga
qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Rd narxda sotiladi.
Shu hajmdagi
mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng
yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning
o’sgan foydasiga aylanadi.
Narxlarning o’sishi oqibatida iste’molchilar ko’rilayotgan tovar iste’moli
hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yo’qotish grafikda d soha bilan
ko’rsatiladi va u xech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan so’ngi import hajmi bo’lib, shu hajmda
tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori narxda sotib oladilar.
Buning natijasida
ular turmush darajasidagi yo’qotish ro’y beradi. Bu yo’qotish grafikda s soha bilan
belgilangan bo’lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. Ya’ni, bu sohadagi
iste’molchilarning yo’qotishi davlatning foyda ko’rishi bilan qoplanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan
qimmat ichki tovarga yo’naltiriladi. Iste’molchilarning o’sgan to’lovlari yuqori
chegaraviy
xarajatga ega, raqobatbardosh bo’lmagan samarasiz ichki ishlab
chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yo’qotish b sohasi bilan
belgilangan bo’lib tarifning «ishlab chikarish samarasi» deyiladi va hech kimning
foydasi bilan qoplanmaydi.
Shunday qilib:
Iste’molchilarning Ishlab chiqaruvchilar Davlat Jamiyatning sof
yo’qotishlari foydasi daromadi yo’qotishi a + b + s + d – a – s = b +a
Demak, iste’molchilarning a sohadagi yo’qotishlari
ishlab chiqaruvchilar
foydasining o’sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq
korxonalari aktsiyadorlari bo’lishsa, ular yo’qotishlarining bir qismi o’sgan
dividentlar sifatida qaytadi. «s» sohada davlat olgan daromadini transfert
to’lovlarini oshirish,
soliqlarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish
haqini oshirishi ko’rinishida iste’molchilarga qaytarishi mumkin. Ammo «b» + «d»
soxalarda jamiyat sof yo’qotishga duch keladi. Valyuta kursi o’zgarishi bu
yo’qotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida
milliy valyuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan tovarlarning milliy
valyutada ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi.
Bu esa tarif
kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yo’qotish «b» va «d» sohalarning 80
foizini((16/20) x 100 = 80) tashkil etishini anglatadi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud
bo’lib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo’yilgan maqsadlar
bilan asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: