tomonlama va ko’p tomonlama diplomatiya mexanizmlaridan samarali
foydalanish.
Ikkinchidan: O’zbekiston raxbariyatining mintaqaviy va xalqaro siyosatning
dolzarbyo’nalishlari xususidagi, jumladan, “ Afg’onistondagi vaziyatni tinch yo’l
bilan xal etish bo’yicha “6+3” muloqot guruxini tuzish, O’rto Osiyo Fors qo’ltig’i
transport transzit yo’lini tuzish mintaqadagi trans
chegaraviy daryolarning suv
resurslaridan oqilona foydalanish va boshqa xalqaro tashabbuslarni olg’a surish.
Uchinchidan: O’rta Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash mintaqani
barqaror xavfsizlik xududiga aylantirish bilan bog’liq siyosiy diplomatic va
xalqaro xuquqiy masalalarni xal etins. Uzoq va yaqin davlat bilan munosabatlarda
siyosiy ijtimoiy iqtisodiy millatlararo va boshqa salbiy xolatlarning avj olishiga
yo’l qo’ymaslik uchun diplomatic choralarni ko’rish.
To’rtinchidan: Respublikada amalga oshirilayotgan chuqur demokratik
isloxotlarni jamiyatni va iqtisodni modernizatsiyalashning dinamik jarayonlarni
samarali amalga oshirish uchun qulay tashqi siyosiy sharoitlarni yaratish.
Jaxondagi mamlakatlar bilan savdo iqtisodiy
munosabatlarni muntazam
rivojlantirish milliy iqtisodiyotning ustivor yo’nalishlariga to’g’ridan to’g’ri chet el
sarmoyalarini va ilg’or texnologiyalarni jalb qilish bilan bog’liq siyosiy diplomatik
va xalqaro xuquqiy masalalarni amalga oshirish.
Beshinchidan: jaxon ham jamiyatiga O’zbekiston tashqi va ichki
siyosatining asosiy jixatlarini aks ettiradigan, uning xalqaro tashabbuslarining
mazmun va moxiyatini ifodalovchi obektiv va ishonchli malumotlarni yetkazish.
O’bekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki kunlaridanoq
o’zining milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosat yo’lini belgilash
jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy-iqtisodiy,
ilmiy
texnikaviy va boshqa sohalarda aloqalar o’rnatishga kirishdi. Chunki, yosh
davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash va mamlakatimizning xavfsizligi
barqarorligi va taraqiyoti ko’p jihatdan yuqoridagi aloqalargauzviy bog’liqdir.
Bunga osonlikcha erishib bo’lmaydi, chunki sobiq ittifoq tarkibida bo’lgan
O’zbekiston tashqi dunyodan ajratib qo’yilgan va hamma tashqi aloqalar masalalar
markaziy hokimiyat tomonidan olib boriladi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat
yuritish tajribasiga ham jahon diplomatsiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatni
biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun
hukumatimiz bu sohadagi ko’p qirrali ishlarni boshidan boshlashga to’g’ri keldi.
XXI asr bo’sag’asida o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbekiston
milliy xavfsizlikni mustahkamlash demokratik huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyati barpo etish, ma’naviy milliy qadriyatlarni
tiklash va rivojlantirish, bozor
iqtisodiyotini shakllantirish, odamlar uchun farovon turmush sharoitlarini yaratish
kabi o’ziga xos yo’lni tanladi.
Biz uchun mustaqillik – o’z erkinlagimizni anglashgina emas balki, avvalo
o’z hayotimizni o’z ifodamizni bilan va milliy manfaatlarimizni ko’zlagan holda
tashkil etish, o’z kelajagimizni tashkil etish, o’z qo’limiz bilan qurish huquqidir.
2.Respublikaning barcha tashqi iqtisodiy
aloqalarini muvofiqlashtirish,
tartibga solish, nazorat qilish, boshqarishni amalga oshiradigan davlat organi
xisoblanadigan
tashqi
iqtisodiy
aloqalar
vazirligi
(TIAV)
O’zbekiston
Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bilan shug’ullanadi. TIAV
xorijda O’zbekiston Respublikasi vakili bo’lib respublika nomidan va uning
manfatlarini ko’zlab barcha tashqi iqtisodiy masalalar shu jumladan O’zbekiston
respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bo’yicha
faoliyat yuritadi. Vazirlik o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi vazirlar
maxkamasining bevosita raxbarligida amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: