guruh talabasi Islomov Bekzod Turgunovichning iqtisodiyot nazariyasi fanidan


Tariflarni yoqlovchi xamda ularga qarshi fikrlar. Tarif va ishlab



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana04.11.2022
Hajmi1,14 Mb.
#860444
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
B.Islomov Iqtisodiyot nazariyasi

 
Tariflarni yoqlovchi xamda ularga qarshi fikrlar. Tarif va ishlab 
chiqarish subsidiyalari 
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import 
tariflari:

mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi;

mamlakatda bandlilik darajasi o’sishini ta’minlaydi va yalpi talabni 
rag’batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o’sadi va 
joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi xolati yaxshilanadi;

milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur;

davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi;

milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el 
raqobatidan himoya qiladi;

iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi 
va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va 
h.k.
Milliy iqtisodiyotning tiqlanishi sharoitida ko’pgina davlatlar o’z ishlab 
chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida protektsionizm 
siyosatini qo’llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda 
ishsizlik xavfini tug’diradi.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, 
birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish 
sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O’zbekistonda avtomobilsozlik 
yangi va istiqbolli soha hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoya qilinadi. Tarmoqni 
tarifli himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. 
Masalan, O’zbekistonda yanga mashinalar uchun import boji 40 foizni tashkil 


qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan ehtiyot qismlar 
asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida o’rnatilsin. Bir 
dona mashinaning narxi 10000 AQSh dollariga teng bo’lsa, ya’ni bitta avtomobil 
uchun zarur bo’lgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 AQSh dollarini, qo’shilgan 
qiymat esa 3000 AQSh dollarini tashkil etsin.
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil 
narxi 4000 AQSh dollariga o’sib, tarif bilan birga 14000 AQSh dollarini tashkil 
etadi.
Ehtiyot qismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan 
xarajatlarni 1750 AQSh dollariga oshirib 8750 AQSh dollariga etkazadi. Oqibatda 
mahsulot birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 AQSh dollariga oshdi. Qo’shilgan 
qiymat esa 2250 AQSh dollariga (4000 - 1750 = 2250) o’sdi. Shunday qilib, tarif 
kiritilgandan so’ng mahsulot birligiga to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat 5250 
AQSh dollarini (3000 + 2250 = 5250) tashkil etdi.
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.
Er= (Et- E0) / Et.
Bu srda: Er - sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi;
Et - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo’shilgan qiymat;
E0 - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo’shilgan qiymat.
Er = ((3000 + 2250) - 3000) / 3000 = 2250 / 3000 = 0,75 yoki 75%
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va ehtiyot qismlarga 
25% tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobisozlikni xaqiqatda 75% tarifli 
himoyalanganligini ta’minlaydi.
Protektsianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor 
mahsulotlarga bojni ko’tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini 
pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo’llovchi fikrlarga aksincha bo’lgan 
muloxazalar ham mavjud. Chunki sanab o’tilgan natijalarga boshqa usullar bilan 
kamroq yo’qotishlar hisobiga xam erishsa bo’ladi degan fikrlar xam qaysidir 
darajada asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga 
olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya 
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida 
mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.
Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning 
muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi.


Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir 
tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha o’sishini ta’minlasa (31- 
chizma), ikkinchi tomondan, iste’moliing mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. 
Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi.
Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Rd, 
jahon narxlari Rw darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga 
teng. Tarif kiritilgan sharoitda esa u D1 gacha kamaygan bo’lur edi. Mamlakat 
farovonligidagi mutlaq yo’tqotish esa «b» sohasidangana iborat bo’ladi. Ayni 
paytda ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish 
xarajatlarining samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi.
Chunki, aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish 
qiyin bo’ladi. Subsidiyalarni joriy qilgandan so’ng ularni bekor qilish qiyin 
bo’ladi, raqobat muxiti yo’qoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish 
muammosi kuchayib boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish, 
bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pul-kredit 
siyosatlari qo’llaniladi. Ushbu siyosatlarni qo’llashdan asosiy maqsad mamlakat 
ishlab chiqarishini xalqaro raqobatdan ximoya qilish, ishsizlik darajasini eng past 
holatga keltirish va xalq farovonligani oshirishdan iborat.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish