21.16 guruh talabasi Ergasheva Nodirabegimning Oliy nerf fiziologiyasidan
tayyorlagan taqdimoti
Miya va Ong
Miya
Odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi, Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit oʻzaro munosabatlarining boshqarilishini taʼminlaydi. Umurtqasiz hayvonlarda Miya koʻndalang va boʻylama tutashtirgichlar orqali oʻzaro tutashgan nerv hujayralari toʻplami — nerv tugunlari (gangliylar)dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban mollyuskalar va boʻgʻim-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi.
Bu hayvonlarning koʻpchiligida qorin nerv zanjirining halqum usti va halqum osti nerv tugunlari kuchli rivojlangan boʻlib, bosh miya deyiladi. Miya qattiq, oʻrgimchak uyasisimon va tomirli parda bilan qoplangan. Boʻgʻimoyoklilar va bosh-oyoqli mollyuskalarning halqum usti nerv tugunlari 2—3 boʻlimdan tashkil topgan. Tuban xordali hayvonlar Miyasi naysimon, alohida qismlarga boʻlinmagan. Umurtqali hayvonlar va odam Miyasi bosh hamda orqa miyadan iborat. Evolyusiya jarayonida bosh Miya oldingi, oʻrta va keyingi yoki rombsimon Miyani, bundan keyingi rivojlanish davomida oldingi Miya oxirgi va oraliq Miyani, rombsimon Miya orqa va uzunchoq miyani hosil qiladi. Bir qancha umurtqalilarda oxirgi miya (Miya katta yarim sharlari) kuchli rivojlanadi. Sut emizuvchilar va odamda organlar faoliyatini boshqaruvchi sifatida Miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi shakllanadi. Oxirgi Miyaning ostki yuzasida 2 ta hidlash piyozchasi joylashgan.
Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi.
Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam
yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.
Ongning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham
paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab
chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo ongni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida ong tarixi
insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻz-oʻzini anglash,
xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |