So‘zlarni qo‘shish, bog‘lash va juftlash bilan quyidagi turdagi sifatlar yasaladi Qo‘shma sifatlar: a) ikki tub so‘zdan tashkil topadi: sovuqqon, xomsemiz, kamgap; b) biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: ishyoqmas, erksevar, tilbilmas, o‘zbilarmon. Birikmali sifatlar tarkibi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi va ular orasidagi munosabatlar aniq sezilib turgan bo‘ladi, bunday sifatlar aralash, yo‘q, ko‘p, oliy, och, to‘q, to‘la, chala, yarim, bir, ikki kabi so‘zlar ishtirokida hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |