Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar: -choq,-chak,-chiq: maqtanchoq, kuyunchak, qizg‘anchiq; -gir,-g‘ir,-kir,-qir,-qur: sezgir, topqir, o‘tkir, olg‘ir, uchqur; -ma: qaynatma sho‘rva, burama ko‘ylak; -k(-uk,-ik,-ak): chirik, teshik, tuzuk, g‘alvirak; -q(-uq, -iq,-a/oq): iliq, siniq, buzuq, qoloq; -oq: qochoq, qo‘rqoq, baqiroq; -qi: sayroqi qush; -qoq,-g‘oq: tirishqoq, uyushqoq, toyg‘oq; Boshqa turkumlardan sifat yasovchi qo‘shimchalar: ravishdan: -gi: kechagi, dastlabki; sifatdan: no-: noma’lum, noto‘g’ri; -lom: sog‘lom; taqlid so‘zlardan: - ildoq: bijildoq, likildoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |