Sifatlarning morfologik xususiyatlari: 1) belgining darajasini ko‘rsatadi: sho‘x-sho‘xroq, eng sho‘x. 2) otlashadi: Kattalarni hurmat qiling. 3) ravish o‘rnida keladi: Sattor chiroyli yozadi. 4) sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni olib o‘zgarishi mumkin, lekin sifat o‘zgarmaydi: ko‘k qalam, ko‘k qalamni, ko‘k qalamda kabi. Asliy va nisbiy sifatlar. Narsalarning belgisini bevosita, to‘g’ridan-to‘g’ri ifodalay oladigan va belgini darajalab ko‘rsata oladigan (ya’ni -roq qo‘shimchasini qabul qila oladigan ) sifatlar asliy sifatlar deb ataladi: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |