Sifatlarning juft shakli asosan antonimlardan hosil bo‘ladi va umumlashtirish ma’nosini bildiradi: yaxshi-yomon (gap), katta-kichik (bolalar). Juft sifatlar chiziqcha bilan yoziladi, -u, -yu yuklamalari bilan bog‘lansa, chiziqcha qo‘yilmaydi: yakkayu yakka farzand. So‘zlarni takrorlash bilan sifatlar yasash Bu usul yordamida sanoqli miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo‘l-yo‘l (ko‘ylak), manman (odam), shiqshiq (tugma), liplip (chiroq), chaqchaq (odam). Sifatlarning takroriy formasi predmetning birdan ortiqligini, miqdoriy ko‘pligini bildiradi. Bunda belgini alohida ta’kidlash, kuchaytirish ham bo‘ladi. Sifat aniqlab kelgan ot ham, shu ma’noga mos holda, asosan ko‘plik shaklida qo‘llanadi: Turli shahar va qishloqlardan kelganliklari turlicha kiyim va shevalaridan bilinib turgan yosh-yosh yigit-qizlar konferens zalning ich-sirtini to‘ldirib yuborgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |