Guruh F. I. Sh Baho


Kodeklarning asosiy xarakteristiklari



Download 48,88 Kb.
bet8/10
Sana14.01.2022
Hajmi48,88 Kb.
#362312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-labaratoriya

3.8. Kodeklarning asosiy xarakteristiklari

Ko‘rib chiqilgan kodeklarning asosiy xarakteristiklari 3.4-jadvalda keltirilgan. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan tor polosali kodeklar ko‘zda tutadigan uzatish tezligi 1,2 - 64 Kbit/s chegaralarda yotadi. Tabiiyki, bu parametrga qayta eshittiriladigan nutqning sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Eng keng qo‘llaniladigan yondashish MOS (Mean Opinion Score) baholash bilan ishlaydi, u aniq bir kodek uchun besh balli shkala bo‘yicha katta tinglovchilar guruhining sifatni o‘rtacha baholashi sifatida aniqlanadi. Ekspertlarning (tahlilchilarning) eshitib ko‘rishlari uchun turli ovoz fragmentlari – nutq, musiqa turli shovqinlar fonidagi nutq va boshqalar taqdime tiladi. Baholash quyidagi tarzda talqin qilinadi:

• 4-5 – yuqori sifat; ISDNdagi yoki yanada yuqori nutqni uzatilishi sifatiga o‘xshash;

• 3.5-4 – UFTT sifati (toll quality); ADIKM kodeki yordamida 32 Kbit/s tezlikda uzatiladigan nutqning sifatiga o‘xshash. Bunday sifat odatda ko‘plab telefon so‘zlashuvlarida ta’minlanadi. Mobil tarmoqlar toll quality dan sal past sifatni ta’minlaydi;

• 3-3.5 – nutqning sifati hali ham qoniqarli, lekin uning yomonlashishi eshitishda yaqqol seziladi;

• 2.5-3 – nutqni ajratish mumkin, lekin tushunish uchun diqqatni jamlashni talab qiladi. Bunday sifat odatda maxsus mo‘ljallangan aloqa tizimlarida (masalan, qurolli kuchlarda) ta’minlanadi.

Mavjud texnologiyalar doirasida UFTT (toll quality) sifatini 5 Kbit/sdan past tezliklarda ta’minlash mumkin emas.
Tablitsa.3.4.  

Kodeklarning asosiy xarakteristikalari

(CISCO Systems kompaniyasi ma’lumotlari)

Kodek

Kodek turi

Kodlash tezligi

Kadr o‘lchami

Baho

G.711

IKM

64 Kbit/s

0,125 ms

4,1

G.726

ADIKM

32 Kbit/s

0,125 ms

3,85

G.728

LD – CELP

16 Kbit/s

0,625 ms

3,61

G.729

CS – ACELP (bez VAD)

8 Kbit/s

10 ms

3,92

G.729

2 karrali kodlash

8 Kbit/s

10 ms

3,27

G.729

3 karrali kodlash

8 Kbit/s

10 ms

2,68

G.729a

CS – ACELP

8 Kbit/s

10 ms

3,7

G.723.1

MP – MLQ

6,3 Kbit/s

30 ms

3,9

G.723.1

ACELP

5,3 Kbit/s

30 ms

3,65

   Nutq sifatini yomonlashishining miqdoriy xarakteristikalari QDU (Quantization Distortion Units) birliklari hisoblanadi. 1 QDU IKM standart protsedurasidan foydalanish bilan raqamlashtirishda sifatning yomonlashishiga mos keladi. Asosiy kompressiyalash usullari uchun QDU qiymatlar 3.5-jadvalda keltirilgan.

3.5-jadval

Asosiy kompressiyalash usullari uchun QDU qiymatlari



Kompressiyalash usuli

QDU

ADPCM 32 kbit/s

3,5

ADPCM 24 kbit/s

7

LD-CELP 16 kbit/s

3,5

CS-CELP 8 kbit/s

3,5

Nutqqa qo‘shimcha ishlov berish doimo sifatni keyingi yo‘qotilishiga olib keladi. XEAI-T tavsiyalariga muvofiq xalqaro chaqiruvlar uchun QDU qiymat 14 dan oshmasligi kerak, binobarin, so‘zlashuvni xalqaro magistral kanallar bo‘yicha uzatish nutqning sifatini 4 QDU ga yomonlashtiradi. Natijada, milliy tarmoqlar bo‘yicha so‘zlashuvni uzatishda 5 QDU dan ortiq bo‘lmagan yo‘qotish bo‘lishi kerak. Shuning uchun nutqni sifatli uzatish uchun kompressiyalash/dekompressiyalash protsedurasi tarmoqda iloji bricha faqat bir martta qo‘llanishi kerak. Ayrim davlatlarda bu rostlovchi organlarning umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulangan korporativ tarmoqlarga nisbatan majburiy talabi hisoblanadi. Pauzalarni so‘ndirish (silence suppression) bu ATM-kommutatorlarning muhim funksiyasi hisoblanadi. Pauzalarni so‘ndirish texnologiyasining mazmuni davrdagi aktiv nutq va jimlik momentlari orasidagi farqni aniqlanishidan iborat. Bu texnologiyaning qo‘llanilishi natijasida yacheykalarning generatsiyalanishi faqat aktiv so‘zlashuvda bo‘lib o‘tadi. Madomiki, telefon bo‘yicha oddiy so‘zlashish jarayonidajimlik vaqtning 60 foizini tashkil qilar ekan, liniya bo‘yicha uzatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning miqdori bo‘yicha ikki karrali optimallashtirish bo‘lib o‘tadi. Kommutatorlarda nutqni siqish va nutq pauzalarini so‘ndirish texnologiyalarining birlashtirilishi kanaldagi ma’lumotlar oqimini sakkiz marttagacha kamayishiga olib keladi.




Download 48,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish