3.2. Nutq kodeklarining turlari
IP-kanalning o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanishning muhim omillaridan biri nutq ma’lumotlarini kodlash/dekodlashning optimal algoritmi – kodekni tanlash hisoblanadi.
Bugungi kundagi barcha mavjud kodeklarini ishlash prinsipi bo‘yicha uchta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Impulsli-kodli modelyatsiyali (IKM) va 50-nchi yillarning oxirida paydo bo‘lgan va bugungi kunda an’anaviy telefoniya tizimlarida ishlatiladigan adaptiv differensial impulsli-kodli modulyatsiyali kodeklar (ADIKM). Ko‘plab hollarda ARO‘/RAO‘ kombinatsiyasidan iborat bo‘ladi.
2. Nutq signali vokoderli o‘zgartiriladigan kodeklar radiotraktning o‘tkazish qobiliyatiga talablarni kamaytirish uchun mobil aloqa tizimlarida paydo bo‘ldi. Bu kodeklar guruhi signalning vokal tashkil etuvchilari – fonemlar haqidagi ma’lumotlar asosida signalning garmonik sintez qilishni ishlatadi. Ko‘plab hollarda bunday kodeklar analog kodeklar kabi ishlatiladi.
3. Kombinatsiyalangan (gibrid) kodeklar o‘zida vokoderli o‘zgartirish/nutqni sintez qilish texnologiyalarini birlashtiradi, lekin raqamli signallar bilan maxsuslashtirilgan DSPlar orqali operatsiyalarni amalga oshiradi. Bunday turdagi kodeklar IKM yoki ADIKM kodek va raqmli usulda yig‘ilgan vokoderni o‘z ichiga oladi
Signal shakli haqida ma’lum ko‘zda tutishlarga asoslangan barcha kodlash usullari amplituda keskin sakrashli signalni uzatish uchun to‘g‘ri kelmaydi. Aynan bunday ko‘rinishga modemlar yoki faksimil apparat generatsiyalaydigan signal ega bo‘ladi, shuning uchun siqishni qo‘llaydigan apparatura faks-apparatlar va modemlarning signallarini avtomatik tanishi va ularga ovozli trafikka qaraganda boshqacha ishlov berish kerak. ko‘plab kodlash usullari o‘z boshlanishlarini chiziqli oldindan aytishli kodlash usulidan LPC (Linear Predictive Coding) oladi. LPCda irish signali sifatida amplituda raqamli qiymatlarining ketma-ketligi ishlatiladi, lekin kodlash algoritmi alohida raqamli qiymatlarga emas, balki ularning ma’lum bloklariga qo‘llaniladi. Har bir qiymatlar bloki uchun uning xarakterli parametrlari - chastota, amplituda va boshqa qator parametrlari hisoblanadiyu Aynan bu qiymatlar tarmoq bo‘ylab uzatiladi. Nutqni kodlashga bunday yondashishda, birinchidan, signalga ishlov berish uchun ishlatiladigan maxsuslashtirilgan protsessorlarning hisoblangan qiymatlariga talablar ortadi, ikkinchidan esa, uzatishdagi kechiktirish ortadi, chunki kodlash alohida qiymatlarga emas, balki o‘zartirishlardan oldin mulum buferga to‘planishi kerak bo‘ladigan ularning qandaydir to‘plamiga qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |