Guruh: 12-20 Dunyoqarash tushunchasi va uning xususiyatlari fan: falsafa 01. «Dunyoqarash» tushunchasi



Download 9,13 Mb.
Sana08.02.2022
Hajmi9,13 Mb.
#436662
Bog'liq
3-Dunyoqarash tushunchasi va uning xususiyatlari Isamova Lobar


Bajardi: Isamova Lobar
Guruh: 12-20
Dunyoqarash tushunchasi va uning xususiyatlari
FAN: FALSAFA
01. «Dunyoqarash» tushunchasi
Reja:
03. Dunyoqarash tiplari
02. Falsafiy
dunyoqarashning Mazmuni
«Dunyoqarash» tushunchasi
Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va
olam to’g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar,
tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik
to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi
qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng
umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning
bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual
dunyoqarashlar yig’indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin.
Dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida
chuqur va etarli darajada asoslanmagan stixiyali
xarakterga ega. Shuning uchun ham ko’p hollarda
kundalik tafakkur muhim masalalarni to’g’ri
tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur.
Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili.
Dunyoqarash muayyan
Davrda shakllanadi. Shu
ma’noda, har qanday
dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy
mohiyatga ega bo’lib,
kishilarning umri, amaliy
faoliyati, hayoti,
tabiatga ta’siri va mehnati
jarayonida vujudga keladi.
Falsafiy dunyoqarashning mazmuni
Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga,
voqea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning faoliyatiga, o’z umri va uning mazmuni kabi ko’pdan-ko’p
tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo’ladi. Falsafiy dunyoqarash
kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy
kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida
shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda
ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi.
Dunyoqarashning shakllanishida his-
tuyg’u, aql-idrok va tafakkur ham
muhim o’rin tutishi tabiiy. Uning
shakllanishi kishilarning hissiy
kechinma va kayfiyatlariga ham
bog’liq bo’lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy
xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy
taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi.
Muayyan davr dunyoqarashida
zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning
kayfiyati, intilishi ham o’z ifodasini
topadi. Masalan, bugungi O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini
shakllantirishga ulkan ta’sir
ko’rsatmoqda.
Dunyoqarash subyektiv voqelikni baholovchi
qarorlar toplamidir. Atrof-olamni anglashga
harakat qilish natijasi olaroq kelib chiqadi.
Dunyoqarash diniy, falsafiy, to'g'risidagi umumiy qarashlar tizimi. Dunyoqarash - bu dunyo
haqidagi barcha qarashlar va g'oyalar emas,
faqat ularning yakuniy umumlashmasi.
Dunyoqarashning mazmuni falsafaning
fundamental savoliga ma'lum bir echim
atrofida to'plangan. Dunyoqarash predmeti
sifatida guruh va shaxs aslida harakat qiladi.
Dunyoqarash tiplari
dunyoqarash
Dunyoqarash ijtimoiy va individual
ongning o'zagidir. Dunyoqarashning
rivojlanishi nafaqat shaxsning, balki
ma'lum bir ijtimoiy guruhning, ijtimoiy
sinfning etukligining muhim
ko'rsatkichidir. Dunyoqarash insoniyat
jamiyatining rivojlanishi bilan vujudga
kelgan ijtimoiy-siyosiy hodisadir.
E’TIBORING UCHUN RAHMAT !
Download 9,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish