Guruh: 104-a bajardi: To'xtayev Sardor Tekshirdi



Download 382,98 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi382,98 Kb.
#885077
Bog'liq
dead line (2)


O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Mustaqil ish



Kafedra: Informatika va biofizika
Guruh: 104-A
Bajardi: To'xtayev Sardor
Tekshirdi: Abdujabborova Umida
Mavzu: Travmotologiya va stomatologiyada biomexanikaning qo’llanilishi
Tirik to’qima va a’zolarning ( har qanday tirik mavjudotning) mexanik xossalari va shuningdek, organizmda va uning ayrim a’zolarida yuz beruvchi mexanik hodisalarni o’rganuvchi biofizikaning bir bo’limiga Biomexanika deyiladi. Qisqa qilib aytganda, biomexanika – tirik sistemalar mexanikasidir.
Travmatologiya — aʼzo va toʻqimalarning mexanik shikastlanishi, ularning oldini olish va davolash yoʻllarini oʻrganadigan fan.
Stomatologiya — klinik tibbiyotning bir sohasi; ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari: til, lab, lunj, ogʻiz shilliq pardalari hamda yuz-jagʻ tizimi va unga yondosh soha kasalliklarini, ularni keltirib chiqaradigan sabablarni va mazkur kasalliklarning oldini olish usullarini oʻrganadi.
Mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari odatda uning harakatdagi qo’zg’aluvchan yoki qo’zg’almas qismlari bilan tutashtirilgan bo’ladi. Bir necha qo’zg’aluvchan bo’g’imlarning birlashmasi kinematik bog’lanishni hosil qiladi. Odam tanasi – kinematik bog’lanishga misoldir.
OO o‘q bilan tutashtirilgan ikkita A va В bo‘g‘indan iborat sistemani ko‘rib chiqamiz (6.1- rasm). Bu sistema bir o‘qli ikki bo‘g‘inli bog'lanishdir. В bo‘g‘in qo‘zg‘almas bo'lganda, A bo‘g‘in esa qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanayotgan jism sifatida bitta erkinlik darajasiga ega bo'ladi.

Odam tanasidagi yelka-tirsak, tovon-usti va falanga birikmalari bir o‘qli bog'lanishlarga misol bo‘la oladi. Ular bitta erkinlik darajasiga ega bo'lgan faqat bukilish va to‘g‘rilanishga imkon beradi. Ikki bo‘g‘inli sistemani OO ga parallel bo'lgan О 'О' o‘qli yana bitta bo‘g‘inga oshiramiz (6.2- rasm). С bo‘g‘in qo‘zg‘almas bo'lganda В bo‘g‘inning hamma nuqtalari va shu qatorda, aylanma harakat qila olish imkoniyatiga ega bo'lgan OO o‘q ham bitta erkinlik darajasiga ega. A bo‘g‘in esa OO o‘q atrofida aylanma harakat qilib, yana bitta erkinlik darajasiga ega bo'ladi. Shunday qilib, bir o‘qli uch bo‘g‘inli sistemada mahkamlangan qo‘zg‘almas С bo‘g‘in erkin ko‘chish imkoniyatiga ega emas, ikkinchi В bo‘g‘in bitta, uchinchi A bo‘g‘in esa uchta erkinlik darajasiga ega.

Barmoqlar falangasi, bir o‘qli bog'lanishlar vakili kabi bo‘g‘inlar bilan tutashtirilgan. Tirnoq falangasi asosiy falangaga nisbatan ikkita, o'rtanchasiga nisbatan esa bitta erkinlik darajasiga ega. Ikki o‘qli bog'lanishlar bo‘g‘inlarning ikkita o‘zaro perpendikular o‘qda aylanishiga imkoniyat beradi. U aylanma harakatida ikki erkinlik darajasiga ega. Odam organizmida bunday ikki o‘qli bog'lanish, ikkita bir-biriga yaqin joylashgan bo‘g‘inlar: atlant-ensa va epistrof-atlant bog'lanishlari yordamida amalga oshiriladi. Birinchi bo‘g‘in o‘ng yelkadan chap yelkaga yo‘nalgan gorizontal o‘qqa ega. U odam bosh suyagini oldinga va orqaga aylantirishni amalga oshiradi.

Epistrof atlant yoniga joylashgan bo‘yin umurtqasi — kichkina silindrik o‘siq (ship)ga ega bo'lib, bu o‘siq atlant halqasi bilan vertikal o‘qli silindrik bir o‘qli bo‘g‘inni hosil qiladi. Bu bo‘g‘in boshning vertikal o‘q atrofida aylanishini ta’minlaydi. Uch o‘qli bog'Ianish o‘zaro perpendikular bo'lgan uchta o‘q atrofida aylanishni amalga oshiradi. Bunday bog'lanishning misoli 5.20- rasmda berilgan (shartli sharnir).

Bu bog'Ianish aylanma harakatning uchta erkin darajasiga ega. Shartli sharnir odamning chanoq-son bo‘g‘imida amalga oshirmagan. Chanoq bog'Ianish chuqurligi taxminan to‘g‘ri shar shakliga ega. Shu chuqurlikka kiruchi son suyagining boshi ham unga mos shaklga ega (6.3- rasm).

Yangi bo‘g‘inlarni qo‘shish kinematik harakatchanlikni oshiradi. Masalan, umurtqalararo bo‘g'inlarning muayyan harakatchanligi tufayli (yetarlicha chegaralangan bo'lsa-da) bosh miya suyagi oltita erkinlik darajasiga ega. Skelet suyaklari va muskullar birlashmasidan iborat bo'lgan bo‘g‘inlar, odam tayanch — harakatlanish sistemasini fizika nuqtai nazaridan odamni muvozanatda saqlab turuvchi raqamlar to‘plamidan iborat deb tasavvur qilish imkonini beradi.

Anatomiyada richaglarni ikki xil ko‘rishida bir-biridan farqlashadi:
birinchisi — kuch richaglari bo'lib, bularda kuchdan yutib, ko‘chishdan yutqaziladi,
ikkinchisi — tezlik richaglari bo'lib, bularda kuchdan yutqazib, ko‘chish tezligidan yutiladi. Pastki jag‘ tezlik richagiga yaxshi misol bo'la oladi. Ta’sir qiluvchi kuchni chaynov muskuli yuzaga keltiradi. Ovqatni yeyish paytida yuzaga kelgan qarama-qarshi ta’sir etuvchi qarshilik kuchi tishlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Ta’sir qiluvchi kuchning yelkasi qarama-qarshi ta’sir etuvchi kuchning yelkasidan bir muncha qisqa bo'lgani sababli chaynov muskuli qisqa va kuchli bo'ladi. Qandaydir qattiq jismni tish yordamida chaqish lozim bo'lganda, odam buni jag‘ tishlari yordamida amalga oshirishga harakat qiladi, chunki bunda qarshilik kuchining yelkasi kamayadi.

Agar odam skeleti bitta organizmda mahkamlangan alohida-alohida bo‘g‘inlar to‘plamidan iborat deb qaralsa, gavdaning normal holatdagi turishida bu bo‘g‘inlarning hammasi juda turg'unmas holatda bo'lgan sistemani hosil qilgani ma’lum bo'ladi. Jumladan, tana tayanchi chanoq-son bog'lanishi shar shaklli sirt ko'rinishida berilgan. Tananing massalari markazi tayanch nuqtasidan yu-qoriroq joylashgani uchun shar shaklidagi tayanchda turg'unmas muvozanat hosil qiladi. Bunga tizza va boldir-tovon birlashmalari ham misol bo‘la oladi.

Shu sababli bu bo'g'inlarning hammasi turg'unmas muvozanat holatida bo'ladi. Normal, tikka turgan odam tanasi massalari markazi chanoq-son, tizza va oyoq boldir-tovon birlashmalari markazlari bilan bir vertikalda, dumg'aza tumshug'idan 2-2,5 sm pastda va chanoq-son o'qidan 4-5 sm yuqorida joy-lashgan bo'ladi. Shunday qilib, normal tikka turish, bir-biri bilan tutashib ketgan skelet bo'g'inlarining eng turg'unmas bir holatidir. Shunga qaramasdan butun sistemaning muvozanatda saqlanishiga sabab faqat ushlab turuvchi muskullar sistemasining doimiy taranglanib turishidir.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Tibbiy va biologik fizika (A.N.Remizov)

  2. Biofizika (M.B.Bazarbayev)

  3. Grabovskiy R.I. Fizika kursi

  4. Ruben A.Y. Biofizika

  5. https://uz.wikipedia.org

  6. https://e-library.namdu.uz



Download 382,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish