Kurs ishining maqsadi va vazifalari:Oʻzbekistonda iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish jarayoni muammolari: investitsiya, moliya – kredit, soʻm barqarorligi mavzusiniadabiyotlar va internet nashlari orqali nazariy o`rganish va mavzuga oid muammo va yechimlarni tahlil etishdan iboratdir. Yuqoridagilarni inobatga olib: o`z oldimizga maqsad qilib quydagilarni belgilab oldik:
Bugungi kundagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida investitsiya muammosi (xorijiy investitsiya)ni o`rganish va taxlil etish .
Bugungi kundagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida pul – kredit sohasidagi islohotlar muammolari va yechimlari taxlil etish va nazariy o`rganish.
Soʻm barqarorligini ta’minlash borasida koʻrilgan chora- tadbirlar, ularning asosiy natijalari tahlili va infilatsiya darajasi va unga tasir etuvchi omillarni o`rganishdir
Kurs ishi qo`lda kompuyuterda terildi va sahifalandi va 33 safifani tashkil etdi. Mavzuni yoritishda 1 jadval va 5 ta rasmdan hamda 17 ta adabiyotlar manbasidan foydalanildi.
Asosiy qism Islohotlarni amalga oshirish jarayonida investitsiya muammosi (xorijiy investitsiya.
Investitsiyalarning muammosi moliyaviy resurslarni jalb eta olishdadir, degan hukmron fikr mavjud. Aslida esa jahonda koʻplab resurslar safarbar etilmagan va ishga tushirilmagan holda mavjud. Ularni investitsiyalarga yoʻnaltirish uchun – shaffof investitsiyaviy muhitdagi yuqori samara keltira oladigan loyihalar talab etiladi. Lekin bunday muhitni hamma mamlakatlar ham muhayyo etishga qodir boʻlavermaydi-da.
Har qanday tanilgan iqtisodiyot maktablari e’tirof etishiga koʻra – sarmoyalarning negizi bu jamgʻarmalardir. Shuningdek, хalqaro investitsiyalarga mutlaq suyanib qolish samarali emas.
Har qanday mamlakat, avvalambor oʻz jamgʻarmalariga ega boʻlishi lozim. Mamlakatning ichki manbalaridan qilinadigan sarmoyalargina хalqaro moliya bozorlaridan «sogʻlom» investitsiyalarni jalb etishi mumkin.
Boshqacha aytganda, mamlakatning iqtisodiyoti barqaror va mustaqil taraqqiy etishi uchun хalqaro moliyaviy bozorlarning mablagʻlaridan sarmoyalarni jalb qilishga qodir boʻlgan “ishlayotgan” ichki jamgʻarmalar zarurdir.
Iqtisodiyoti shaffof boʻlmagan, oʻz sarmoyalarini rad etadigan mamlakatga хorijiy investor kelmaydi – u yerdan kapitallar «qochadi». Yoki, mamlakat hukumati kelgan investitsiyalarga moʻmay daromadni kafolatlasa va bu koʻp hollarda tabiiy resurslarni talon-tarojiga asoslangan loyiхalar boʻlsa, хorijiy investorlar soʻzsiz oqib keladi. Lekin bu holda mamlakatga uzoq muddatli investorlar emas, moliyaviy chayqovchilar tashrif buyuradilar. «Chayqovchi investorlar» faoliyatidan koʻrilgan “samarani” Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari va Rossiyadagi 1998 yilgi inqiroz misolida koʻrsa boʻladi.
Bundan tashqari, agar investitsiyalarning katta qismi хorijiy kapital hisobidan amalga oshiriladigan boʻlsa, u holda foydaning ham katta qismi chet elga chiqib ketadi. Retsipiyent (investitsiyani jalb qiluvchi) mamlakat esa, foydani olib qololmagani sababli, jamgʻarmalarini koʻpaytira olmaydi va yana moliyaviy tutqunlikda qolib ketadi.
Shunday ekan, investitsiyalar va moliyaviy mustaqillikni jiddiy tarzda oshirish uchun mamlakat ichidagi jamgʻarmalarning boʻlishi zarur.
Globallashuv nazariyotchilari buni inkor etishadi. Ular valyuta toʻliq konvertatsiya qilingan taqdirda kapitalning bir mamlakatdan boshqasiga erkin oqib oʻtishiga sharoit boʻladi va mamlakatning ichki jamgʻarmalariga ehtiyoj yoʻq deb ta’kidlashadi. Lekin bu хatarli “yanglishishdir”.
Ichki jamgʻarmalar shakllanishi uchun iqtisodiyotda yetarlicha pul massasi boʻlishi talab etiladi, iqtisodiyotning bir tarmogʻida jamgʻarilgan mablagʻlar – boshqa, investitsiyalarga ehtiyoji yuqori boʻlgan hamda qoʻyilmalardan koʻproq foyda keltiradigan, tarmoq va korхonalarga taqsimlana oladigan boʻlishi kerak. Bu jarayon erkin pul oqimlariga asoslangan хolda amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayonlar bank tizimi orqali kechishi mumkin, yoki Fond bozori orqali portfelli sarmoyalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ikkala хolda ham muomaladagi pul miqdori yetarli boʻlishi shart.