«Gumantiar fanlar» kafedrasi «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishi mavzu


Soʻm barqarorligini ta’minlash borasida koʻrilgan chora- tadbirlar, ularning asosiy natijalari tahlili



Download 0,88 Mb.
bet7/9
Sana14.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#549671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oʻzbekistonda iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish

3. Soʻm barqarorligini ta’minlash borasida koʻrilgan chora- tadbirlar, ularning asosiy natijalari tahlili.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 9-iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Koronavirus pandemiyasi butun dunyo uchun katta sinov boʻlmoqda. Vujudga kelgan global inqiroz barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatyapti. Jahon bankining prognozi boʻyicha 2020-yilda yalpi global mahsulot 5,2 foizga, AQSHda yalpi ichki mahsulot 6,1 foizga, Rossiyada 6 foizga, Yevropa Ittifoqida 9,1 foizga tushishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoyda 1 foiz, Oʻzbekistonda esa 1,5 foiz iqtisodiy oʻsish boʻlishi taxmin qilinmoqda.
Oʻtgan uch oyda yurtimizda iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trillion soʻm soliq imtiyozlari berildi, Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 3,6 trillion soʻm ajratildi.
Yigʻilishda davlatimiz rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qoʻllash orqali joriy yil iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini taʼminlash uchun barcha imkoniyatlar borligini taʼkidlab, shu boradagi 8 ta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi.
Birinchi – iqtisodiyot va byudjet barqarorligini taʼminlash;
ikkinchi – kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish;
uchinchi – bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirish;
toʻrtinchi – toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni koʻpaytirish;
beshinchi – eksport salohiyatini oshirish va valyuta tushumlarini taʼminlash;
oltinchi – sanoatda raqobatbardoshlikni kuchaytirish;
yettinchi – kichik biznesni rivojlantirish;
sakkizinchi – raqamli texnologiyalarni barcha tarmoqlarda keng joriy qilish ustuvor vazifalar etib belgilandi.
Birinchi masala muhokama qilinar ekan, byudjet tushumi va xarajatlarini optimallashtirish topshirildi. Korxonalar faoliyatini qayta tiklash va soliq maʼmuriyatchiligini yaxshilash hisobiga qoʻshimcha daromadlarni taʼminlash, tashqi qarz bitimlarini tuzishda belgilangan cheklovdan oshmaslik boʻyicha koʻrsatma berildi.
Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha bu yil 810 mingta doimiy ish oʻrnini qayta tiklash, 310 ming doimiy va 633 mingta mavsumiy ish oʻrni yaratish zarurligi taʼkidlandi.
Kecha, 8-iyun kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq, oʻzini oʻzi band qiluvchi faoliyat turlari soni 24 tadan 67 taga koʻpaytirildi.
Davlatimiz rahbari Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga koʻmaklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berdi. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalarni 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yoʻnaltirish taklifi bildirildi.
Maʼlumki, bank tizimida katta islohotlar belgilangan. Yigʻilishda bu choralarni jadallashtirib, davlat ulushiga ega oʻnta bankda transformatsiya jarayonini oʻz vaqtida amalga oshirish, foiz stavkalarini inflyatsiyaga qarshi siyosat bilan uygʻunlashgan holda pasaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Joriy yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlariga topshiriqlar berildi.
Pandemiya sharoitida eksportni oshirish va valyuta tushumlarini taʼminlash juda dolzarb masala. Tashqi bozorlarda talabning keskin kamayishi eksportchi korxonalarimizga jiddiy taʼsir qilmoqda.
Shu munosabat bilan, beshinchi ustuvor yoʻnalish oʻlaroq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga eksport koʻrsatkichini 2019-yilgidan kam boʻlmagan miqdorda taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda sanoatni rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ayrim tarmoqlarda xomashyoni chuqur qayta ishlash va qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning yaxlit zanjiri yaratilmagani koʻrsatib oʻtildi.

Misol uchun, misni qayta ishlash 25 foiz, ipakchilikda 20 foizga ham yetmaydi. Tarmoqlararo kooperatsiya ham toʻliq yoʻlga qoʻyilmagan. Jumladan, elektrotexnika va qishloq xoʻjaligi sohalarida oʻzaro kooperatsiya hisobiga kamida 80 million dollarlik mahsulot tayyorlasa boʻladi. Yoki kimyo sanoati toʻqimachilik uchun sintetik tola va poliester, avtomobilsozlik hamda qurilish materiallari sohasiga kord va turli boʻyoqlar, oziq-ovqat sanoatiga aromatizatorlar yetkazib berishi mumkin.


Shu bois zamonaviy texnologiyalar transferini yoʻlga qoʻyish, tarmoqlarning energiya samaradorligi va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi Sanoat siyosati strategiyasini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.
Kimyo, toʻqimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, elektr texnikasi hamda oziq-ovqat sanoatlariga alohida eʼtibor qaratish, davlat korxonalarini isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Mamlakatimizda kichik biznes iqtisodiyotning oʻsish nuqtasi etib belgilangan. Yigʻilishda tadbirkorlarga erkin raqobat muhitini yaratish uchun xususiy mulkchilikni himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini isloh etish zarurligi taʼkidlandi.
Yuqori texnologiyali tarmoqlarda kichik biznes hissasi kamligi qayd etilib, bunday subyektlarni davlat tomonidan ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Hududlarda kichik sanoat zonalari tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Maʼlumki, kecha, 8-iyun kuni Prezidentimiz huzurida oʻtkazilgan taqdimot chogʻida raqamli texnologiyalarni tezkor rivojlantirish, ularni barcha tarmoqlarda keng joriy qilish vazifalari kelishib olingan edi. Bu boradagi ishlarni bugun belgilangan sakkizinchi ustuvor yoʻnalishga muvofiq tashkil qilish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Markaziy bank 2021-yil yakuni bo’yicha inflyatsiya darajasi bo’yicha asosiy xatarlarni sanab o’tdi
Umumiy inflyatsiyaning pasayish dinamikasiga o‘tganligi, bazaviy inflyatsiya darajasini prognozlar doirasida shakllanayotganligi va amaldagi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari yil so‘ngigacha inflyatsiyaning 10 foizlik prognoziga erishishda qo‘llab-quvvatlovchi omillardan bo‘ladi.
2021 yil III chorakdagi pul-kredit siyosati sharhida Markaziy bank inflyatsiya darajasi ortishining asosiy xatarlarini qayd etdi.
Umumiy inflyatsiyaning pasayish dinamikasiga o‘tganligi, bazaviy inflyatsiya darajasini prognozlar doirasida shakllanayotganligi va amaldagi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari yil so‘ngigacha inflyatsiyaning 10 foizlik prognoziga erishishda qo‘llab-quvvatlovchi omillardan bo‘ladi.
Iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar o‘sishining yalpi ichki mahsulot nominal hajmi o‘sish sur’atlari doirasida saqlanib qolayotganligi, kelgusi oylarda ichki bozordagi narxlarga va milliy valyuta almashuv kursiga qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmaydi.
Hukumat tomonidan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tashqi bozorlarda narxlar o‘sishining ichki bozordagi narxlar darajasiga o‘tkazma ta’sirlarini minimallashtirish imkoniyatini beradi.
Markaziy bank tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta’sirida yuzaga keladigan inflyatsion omillar va xatarlarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rib boradi.
Ma'lumki, inflyatsiya darajasi (narxlarning oshishi) mamlakatning bevosita makroiqtisodiy rivojlanishi, aholi daromadlari va turmush farovonligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir qiluvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Biz xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish, ularning yaxshi yashashlari uchun sharoit yaratish yo‘lidan borayotgan ekanmiz, eng avvalo, ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta'minlashga erishishimiz zarur.
Mazkur masalaning dolzarbligi Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi ma'ruzasida ham yaqqol o‘z aksini topdi. Ushbu ma'ruzada inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida aynan nimalarga alohida e'tibor qaratish lozimligini aniq ko‘rsatib berildi. Jumladan, imtiyozli kreditlar ajratish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish asosiy vazifalardan biri etib belgilandi. Haqiqatdan ham, iqtisodiyotda narxlarning o‘sishiga ta'sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri, bu - muomaladagi ortiqcha pul massasi ekanligi iqtisodiyot nazariyasidan hammamizga ma'lum. Imtiyozli kreditlar - bu davlat byudjeti yoki Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bozor stavkasidan ancha past bo‘lgan stavkada taqdim etiladigan kreditlar hisoblanadi. Mazkur kreditlar oxir-oqibat qo‘shimcha pul massasi sifatida chiqarilib, iqtisodiyotda qo‘shimcha talabni vujudga keltiradi hamda agar ulardan samarali foydalanish ustidan qat'iy nazorat o‘rnatilmasa, iqtisodiyotda narxlarning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Shu sababdan ham ma'ruzada imtiyozli kreditlarni ajratish bo‘yicha aniq mezon o‘rnatildi, ularni ajratish hisobiga Davlat byudjeti va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari 2019 yilda oshmasligi lozim. Mazkur holat muomaladagi pul massasi oshishining oldini oladi va narxlar barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi. 
Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlashning yana muhim yo‘nalishlaridan biri, bu - ichki bozorda raqobat muhitini yanada rivojlantirish, iste'mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning xomashyo resurslaridan hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish hisoblanadi. 
Buni qanday amalga oshirish mumkin, degan savol tug‘iladi?

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish