«Gumantiar fanlar» kafedrasi «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishi mavzu



Download 0,88 Mb.
bet8/9
Sana14.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#549671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oʻzbekistonda iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish

Birinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarini yetarli miqdordagi tabiiy gaz va elektr energiya bilan ta'minlash. Bu maqsadga erishish uchun, avvalo, iqtisodiyot strategik tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash talab etiladi. Moliyaviy sog‘lomlashtirish esa bevosita mazkur korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga narx shakllanishi mexanizmini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq. Uzoq yillar davomida samarasiz narx shakllanish tizimining qo‘llanilishi iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining zarar bilan ishlashiga, bu esa o‘z navbatida, boshqa sohalarni yetarli miqdordagi elektr energiya va tabiiy gaz bilan ta'minlash hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘ygan edi. O‘tgan ikki yil davomida mazkur tarmoqlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, narx shakllanishining zamonaviy usullarini qo‘llash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ikkinchidan, xomashyo resurslarini bozor mexanizmlari asosida realizatsiya qilish tizimini joriy qilish. Haqiqatdan ham, xomashyo resurslaridan foydalanish uchun barcha tadbirkorlik sub'yektlariga teng sharoitlarning yaratilmaganligi mazkur sohada raqobat muhitining rivojlanishiga katta to‘siq bo‘lib, korrupsion elementlarning rivojlanishi uchun sharoit yaratardi. O‘tgan yildan boshlab barcha resurslarning bozor mexanizmlari asosida faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilish mexanizmining joriy qilinishi natijasida barcha uchun teng sharoitlar yaratilishi bilan birgalikda korxonalarning moliyaviy holati yaxshilanishiga erishildi.
Uchinchidan, ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to‘yintirish maqsadida mazkur tovarlar bo‘yicha egiluvchan bojxona tariflarini joriy qilish.
Mazkur yo‘nalishda bojxona to‘lov stavkalari qayta ko‘rib chiqilib, 2019-yildan boshlab 3,5 mingga yaqin tovarlar bo‘yicha boj miqdori va 800 ga yaqin tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari kamaytirilishi belgilab qo‘yildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish lozimligi yuqoridagi ma'ruzada ham alohida ta'kidlandi.
Darhaqiqat, aholi turmush farovonligini ta'minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri, bu - narxlarni erkinlashtirish sharoitida aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoya qilishdir. 
Ma'lumki, joriy yilning 15-sentyabridan boshlab, non va un narxlarini erkinlashtirish bo‘yicha tegishli hukumat qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida har bir oila a'zosiga davlat byudjeti hisobidan eng kam oylik ish haqining o‘n foizi miqdorida kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish belgilab qo‘yildi. Jumladan, ijtimoiy ehtiyojmand aholining yuzaga kelgan qo‘shimcha xarajatlarini qoplab berish maqsadida byudjet mablag‘lari hisobidan joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida 520 mingta kam ta'minlangan oilalarga va 1 mln. nafar pensionerlarga 111 mlrd.so‘m kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirildi. 
Kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish bo‘yicha ijtimoiy me'yorlarni kiritish orqali davom ettirish nazarda tutilmoqda. Ushbu tizimning mohiyati shundan iboratki, ijtimoiy me'yor doirasida sarflangan elektr energiya va tabiiy gaz uchun belgilangan tariflar asosida to‘lovlar amalga oshirilsa, ushbu me'yordan ortiq sarflangan elektr energiya va tabiiy gaz uchun amaldagi tariflarga ma'lum koeffitsiyent qo‘llagan holda (masalan 2 marta) to‘lovlar amalga oshiriladi. 
Ushbu holat birinchidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish imkonini bersa, ikkinchi tomondan elektr energiyasi va tabiiy gazdan samarali foydalanish imkonini beradi.
Umuman olganda, amalga oshirilayotgan ishlar negizida ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlash va shu orqali aholi turmush darajasini yaxshilashga erishish yotadi. 

Xulosa
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga bo’lgan katta e’tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

  1. birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o’sishiga

ta’sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko’paytirish;

  1. ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya’ni xomashyoni

qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;

  1. uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish;

  2. to’rtinchidan, xorijiy iqtisodiy sub’ektlar bilan o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy zonalarni tashkil etish;

  3. beshinchidan, infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay bo’lgan joylarga

investorlarni jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirish;

  1. oltinchidan, uzoq muddatli, past foizli to’g’ridan-to’g’ri xorijiy kredit

resurslarini jalb etish ishlarini kuchaytirish;

  1. yettinchidan, xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda xorijiy investorlarni

davlat tomonidan qo’llab-quvvatlovchi jamg’armalar tashkil etish.
Yuqoridagi takliflarni amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu holat pirovardida ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish asosida, kelgusida mamlakatimizda investitsion siyosatni to’liq amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish