88
9-mavzu: Sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va
inqirozi davrida O’zbekiston (1946-1991 yy.).
O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi.
Reja:
1. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va
madaniy hayoti.
2. Siyosiy qatag‘onliklarning yangi to‘lqini.
3. Respublikaning qaramligi va uning oqibatlari.
4. O‘zbekiston Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
5. Demokratik huquqiy davlatning barpo etilishi.
6. Fuqarolik jamiyat asoslarining yuzaga kelishi.
7. Islohotlar zaruriyati va uning nazariy-huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotlarning
amalga oshirilishi.
8. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti.
9. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati
Urushdan keyingi yillarda Sho’rolar hukumati Kommunistik partiya
rahnamoligida boshqa mustamlaka o‘lkalari qatori O‘zbekistonda ham ulug‘
saltanatchilik, shovinistik va milliy zulm siyosatini yanada avjiga chiqardi.
Natijada, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi ijtimoiy hayotining barcha sohalarida
o‘zining milliy haq-huquqlari kamsitildi. Bu hol 80-yillarning ikkinchi yarmida
mamlakatda totalitar tuzumga qarshi harakatning asosiy sabablaridandir.
O‘zbekistonda qurilgan va ma'lum darajada ahamiyatliroq bo‘lgan sanoat
korxonalarining ko‘pchiligi batamom Markazga bo‘ysinar edi. Faqat 10 foizigina
bevosita O‘zbekistonga boysingan va respublika iqtisodiyotida hal qiluvchi o‘rin
tutmagan. Respublika o‘zi ter to‘kib etishtiradigan va Markazga yetkazib
beradigan juda qimmatli xomashyo mahsulotlari-paxta, nitron, kaprolaktam va
boshqalarai o‘zida tayyor mahsulot tarzida ishlab chiqarish imkoniyati
bo’lmaganligidan, uni tayyor mahsulot tavarlari shaklida bir necha barobar qimmat
narxlarda Markazdan sotib olishga majbur bo‘ldi. Natijada hayot uchun zarur va
qimmatli xomashyolarni ishlab chiqarayotgan O‘zbekiston bu mahsulotlarni
yetishtirishda foyda emas, zarar ko‘rdi. Markazdan dotatsiyalar olib yashaydigan
«boqimanda» respublikaga aylantirildi. Va aksincha, bunday xomashyo
mahsulotlari tarzida sotuvchi Rossiya bundan behisob boyliklar olib, foyda orttirdi.
1946-1991-yillar mobaynida shorolar hukumati O‘zbekiston qishloq
xo‘jaligini ilgarigi yillardagidek bir tomonlama rivojlantirish yo’lidan olib bordi va
asosan paxtachilik taraqqiyotiga e'tibor berdi. Kommunistik partiya va sho’rolar
hukumati paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan o’nlab qarorlar qabul qilindi. Uni
rivojlantirish bilan bog‘liq rejalar Moskvada Davlat reja qo‘mitasida ishlab chiqilar
va xalq xo‘jaligini rivojlantirish direktiv hujjatlariga asos qilib olinar edi.
O‘zbekistonda Amudaryo va Sirdaryo havzasi suvlari hisobidan 20 dan ortiq suv
omborlari, o’nlab kanallar barpo etildi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga etkazib
89
beriladigan mineral og‘itlar yildan-yilga oshirildi. Paxta maydonlari kengaytirildi.
1940-yilda 923,5 ming gektar erga chigit qadalgan bo‘lsa, 1987-yilda 2007,7 ming
gektarga ekildi, ya'ni 2 barobardan ziyodroq oshdi. Paxta yakkahokimligining
kuchayishi qishloq xo‘jaligining boshqa sohalarini qoloqlikka olib keldi, g‘alla,
chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining talabi qo’ndirilmadi.
Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari ortasida tinchlik va hamkorlikni
mustahkamlashga O‘zbekiston o’z hissasini qo’shdi, uning xorijiy mamlakatlar
bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. Chet davfatlarga mahsulot chiqarishida
O‘zbekiston sobiq ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o’rinda turdi.
Qorako’l teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi
tort qit'aning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi. Ming afsuski, bu
mahsulotlar O‘zbekiston nomidan emas «SSSRda ishlangan» degan tamg‘a bilan
dunyoga tanildi. 1958-yilda O‘zbekiston dunyoning 32 mamlakatiga sanoat va
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chiqargan bo’lsa, 1970-yiida 76 mamlakat bilan
savdo aloqalarini olib bordi.
O‘zbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar yetishib,
fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash bo’yicha sobiq SSSRda oldingi
qatorlarga chiqdi. 1950-yil O‘zbekistonda 1760 fan nomzodi, 380 fan doktorlari
ilmiy ish olib borar edi. 1965-yilda esa fan nomzodlarining soni 4000 va fan
doktori 324 kishiga yetdi. Partiyaviy-g‘oyaviy tizimga qaramasdan adabiyot va
san'at sohasida ko‘zga ko’rinarli asarlar yaratildi. G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Zulfiya,
Mirmuhsin va boshqalarning tinchlik mavzusiga bag‘ishlangan she'rlari vujudga
keldi. 60-yillarda adabiyotga yangi avlod kirib keldi. Odil Yoqubov, Pirimqul
Qodirov, O‘lmas Umarbekov, Ozod Sharafiddinovlar bilan birga iste'dodli Abdulla
Oripov, Erkin Vohidov, O‘tkir Xoshimov, Muhammad Ali kabi yosh
adabiyotchilar maydonga chiqdi.
II
1949-1952-yillarda ko‘pgina mashhur o‘zbek ijodiy ziyolilari asossiz
ravishda ayblanib, qatag‘on qilindi. Bir guruh yozuvchilar millatchilikda, eski
feodal madaniyati oldida bosh egishda, o’tmishni ideallashtirishda ayblandi. Bular
orasida Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboev, Mirtemir, Shayxzoda kabi
adiblar bor edi. Xurshid, Chustiy, G‘ayratiy va boshqalar yozuvchilar
uyushmasidan haydaldi. Buni eshitgan G‘afur G‘ulom kuyinib «Tokaygacha
O‘zbekning aqli kirganda boshini chopib tashlaydilar», -degan edi.
Qatag‘onliklar bu bilan to’xtab qolmadi. 1983-yildan boshlab sobiq KPSS
Markaziy qo’mitasi rahbarligida O‘zbekistonda navbatdagi oshkora qatag‘onga
yo’l ochildi. «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» deb atalgan mash'um siyosat niqobi
ostida minglab insonlar jinoiy javobgarlikka tortildi.
1990-yil 13-iyun kuni Moskva shahriga O‘zbekistonda tuzilgan komissiya
tomonidan yozilgan xatda komissiya xulosasi batafsil ko’rsatildi. Bu xatda «Paxta
ishlari» chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo’yilgan edi. Biroq
yuqoridagi tashkilotlar ko’mak o’rniga tazyiqni kuchaytirdilar. Respublika
rahbarining qat'iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. SSSRning inqirozga
uchrashini seza boshlagan KPSS rahbariyati 1985-yil aprelida sovet jamiyatini
90
«qayta qurish», jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo’lini
e'lon qildi. Bunda avvalo ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralik, iqtisodiy
osishni fan-texnika yutuqlariga tayanib, jadallashtirishga qaror qilindi. Biroq uzoq
yillar totalitor rejimga moslashgan davlat monopoliyasi, idoralari, byurokratik
apparat ko’zda tutilgan rejalarni amalga oshirishga yo’l qo’ymadi. Bu davrga kelib
respublikada ko‘plab muammolar to’planib qo’lgan edi. Ushbu muammolardan
xalq e'tiborini chalg‘itish uchun ko‘p yillar davomida yig‘ilib qo’lgan milliy
norozilikdan foydalanildi. Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish
uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. 1989-
yilda Toshkent, Farg‘ona, Andijonda ro’y bergan millatlararo mojarolar, quvg‘in
qilingan xalqlarning noroziligidan razilona manfaat yolida - respublikalarda, shu
jumladan O‘zbekistonda paydo bolayotgan hurlik ovozini bog‘ish uchun
foydalandilar.
80-yillarning oxirlaridan boshlab sobiq ittifoqqa kirgan ko‘pgina
respublikalar mustaqilligi uchun qat'iy kurashga o‘tdilar. Ittifoq shartnomasini
yangilab, respublikalar huquqini kengaytirishni talab qila boshladilar. 1990-yiI
bahorida Boltiqboyi respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR
tarkibidan chiqqanligini e'lon qildi, 1991-yil 18-avgustda SSSR vitse-prezidenti
G.I. Yanaev boshchiligida Favqulodda holat davlat qo’mitasi tuzdilar. Mazkur
qo’mita SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevni hokirniyatdan noqonuniy yo’l bilan
chetlashtirdi. Fitnachilarning davlat to’ntarishi qilishga urinishi natijasida 19-21-
avgust kunlari Moskvada fojeali hodisalar ro’y berdi. Fitna Rossiya Federatsiyasi
rahbariyati boshchiligida demokratik kayfiyatdagi kuchlar tomonidan bostirildi.
Endilikda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. KPSS
halokatga uchradi. Respublikalar birin-ketin SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon
qildilar. SSSR parchalanib tarix sahnasidan tushdi.
III
80-yillarning boshidan boshlab SSSRda inqirozli vaziyat vujudga keldi.
Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi, boshqaruvdagi ma'muriy-
buyruqbozli tizimi KPSSning yakka hukmronligi, inson huquqlarining buzilishi,
milliy siyosatdagi xatolarning tobora kuchayishi o’z salbiy oqibatlariga olib keldi:
ishlab chiqarishning o’sish sur'atlari, yalpi mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi
shiddat bilan pasayib bordi, mehnatkashlarning o‘z mulkidan begonalashishi
yanada ortib bordi. Xalq xo‘jaligini «turg‘unlik»ka olib kelgan chuqur izdan
chiqish jarayonlari, xalq ijtimoiy manfaatlarining nazar-pisand qilimnasligi kabi
boshqa omillar bilan birgalikda KPSSning ulkan, lekin kutilayotgan natijalarni
bermayotgan siyosat butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqirozini oldindan belgilab
berdi. Ammo Sovet tizimining asosiy xavfi shundan iborat ediki, mehnatga
nisbatan qiziqtirish, tizimning nuqsonlari boqimandalik kayfiyatlarini avj olishiga
olib keldi.
Markazdan boshqarishning amaldagi tizimi, uning idoralari, xo‘jalik yuritish
uslub va usullari iqtisodiyotning yanada rivojlanishiga sezilarli turtki bolishga,
keskin ijtimoiy muammolarni hal qilishga qodir emasligi yaqqol ayon boiib qoldi.
Ijtimoiy hayotda jiddiy ozgarishlar yasash zarurligini butun jamiyat aniq-ravshan
91
anglab yetdi. 1985-yilning aprel oyida KPSS MQning Plenumi sovet jamiyatini
tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuqur isloh qilish yolini e'lon qildi.
1985-1986-yillarda SSSRda «mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rvojlantirishni
jadallashtirish» siyosati olib borildi. Uning maqsadi - ilm-fan va texnika
taraqqiyotidagi yutuqlarga asoslanib, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yaxshilash edi.
Ammo bu siyosatda ilgari surilgan vazifalarni bajarish borasida dastlabki urinishlar
jiddiy natija bermadi. Hayot korsatdiki jamiyatning iqtisodiy sohada tub
o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan, yaxshi natijalarga erishib bolmaydi. 1987-
yildan boshlab yangi «qayta qurish» siyosati e'lon qilindi. Uning maqsadi -
iqtisodiy sohalarni erkinlashtirib, jamiyatda demokratlashtirish jarayonini amalga
oshirib, sotsiyalistik jamiyatni yangilashtirish edi. Iqtisodiy islohotlarni olib borish
uchun boshqarishning ma'muriy usullaridan ko‘proq iqtisodiy usullariga otish,
korxonalarni xo‘jalik hisobiga otishi, ularga ko‘proq mustaqillik berish, mehnat
jamoalarning boshqaruvida ishtirok etishi choralari nazarda tutilgan edi.
Sovet iqtisodiyotini «qayta qurish» uchun bir qator hujjatlar qabul qilingan
edi. Ammo boshqa qonunlarni tuzib chiqishdagi uslubiy yondashuvlarning o‘zi
«sotsialistik xo‘jalik yuritish», direktiva asosida rejalashtirish va davlat mulkining
barcha shakllariga hukmron bolishi zarurligi kabi avvalgi eski tasavvurlarga
asoslangan edi. Korxonalarning cheklangan mustaqilligi ob'ektiv iqtisodiy
qonunlar amal qilishiga imkon bermas edi. Korxonalarni toliq xo‘jalik hisobiga va
o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta'minlashga o‘tkazish ham o‘zini oqlamadi, chunki
«sotsialistik xo‘jalik yuritish» tizimi, rahbarlarning buyruqbozlik usullari ob'ektiv
jihatdan sog‘lom tovar-bozor munosabatlarning namoyon bolishiga tosqinlik
qilardi.
Odat bo‘lib qolgan kompaniyabozlik xo‘jalikni boshqarish mexanizmni
qayta qurishga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina tarmoqlarda xo‘jalik hisobini
tashkil etish xoja ko‘rsinga qilindi. Eskicha uslubda yondashuvlar ta'siri shunga
olib keldiki, hatto amaldagi xo‘jalik yuritish oddiy bir kontseptsiyasi taklif
qilinmagan edi. Mo‘ljallangan islohotlarning tub mohiyati va xususiyatlari
to‘g‘risidagi tasavvur ham qaror topmagan edi. «Qayta qurish» islohotlari turkumi
sub'ektiv tarzda, faqat ichki his-hayajonga asoslanib, sinovlar va xatolar usul-amal
bilan bir taraflama ish olib borildi. Sovet rahbariyati aniq ilmiy jihatdan savodli
ishlab chiqilgan, siyosiy jihatdan asoslab berilgan dasturga ega bolmagan. Shuning
uchun ham SSSR iqtisodiyoti kutilgan natijalarni bermadi.
O‘zbekiston rahbari I.A.Karimov qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyotda
ro‘y bergan buzilishlarni ta'riflar ekan, bunday deb ta'kidlagan edi: «Inqiroz
sabablari va omillarni toliq tasavvur etmagan, islohotlarning aniq-ravshan
dasturiga ega bolmagan butun-butun iqtisodiy siyosat empirik harakterda bo‘lib,
avantyuradan iborat tajribalardan, har tomonga og‘ishlardan boshqa narsa emas
edi».
Shu bilan birga, Markaz ozining ko‘pgina nuqsonlarini respublikalar
zimmasiga yuklashga intilardi, hatto ularni ishlab chiqarishning umumiy inqirozi,
pulning qadrsizlanishi sharoitida ham oziq-ovqat bilan, xalq iste'mol mollari va
moddiy resurslar bilan o‘zlarini ta'minlashga majbur qildi. Bu hol vujudga kelgan
xo‘jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (barter)
92
shakliga otishiga olib keldi. Respublikalar ortasidagi xo‘jalik aloqalar buzilib,
mahalliy sanoat ishlab chiqarishi pasayib bordi, tovarlar taqchilligi kuchayib bordi
va aholining yashash darajasi pasaydi. Iqtisodiy inqirozning chuqurlashishi SSSR
va KPSS rahbariyatni siyosiy islohotlarni boshlashga majbur qildi. Qayta
qurishning uchinchi davri boshlandi. Bu davrda asosiy masala-sovet jamiyatining
siyosiy tizimini isloh qilish edi. Mavjud bo‘lgan ma'muriy-buyruqbozlik
boshqaruv apparatni buzib, siyosiy tizimni liberallashtirish lozim edi, ya'ni KPSS
monopoliyani bartaraf qilish, siyosiy plyuralizmga erishish, hokimiyatni partiya
qomitalaridan Sovetlarga topshirish. Respublikalar suverenitetini va inson
huquqlarini poymol qilgan eski siyosiy tizimni bartaraf etish uchun 1990-yil 6-
avgustda
mamlakat
Prezidenti
M.S.
Gorbachevning
«Yangi
Ittifoq
Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga otishning Ittifoq dastur-
Konseptsiyasini tayyorlash haqida» farmoyishi e'lon qilindi.
80-yillarning oxiriga kelib SSSRda e'lon qilingan oshkoralik siyosati
natijasida sovet kishilarining siyosiy ongi, ularning siyosiy faolligi kuchayib bordi,
norasmiy jamoa tashkilotlari paydo bo‘lib, yangi oliy organ- Xalq deputatlari
syezdi o‘tkazila boshlangan edi. Markaz bilan ittifoqdosh respublikalar ortasida
vakolatlarni bo‘lib olish yuzasidan muzokaralar boshlangan edi.
1990-yil oxirida SSSRning davlat yaxlitligiga ancha tahdid solgan voqea roy
berdi. Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Ozarbayjon uning tarkibidan chiqib ketdi.
Bu esa Markaz bilan qolgan ittifoqdosh respublikalar bilan Yangi Ittifoqdosh
Shartnomasi tuzib, imzolashga majbur qildi. 1991-yil iyun oyiga kelib Ittifoqdosh
Shartnomaning loyihasi ishlab chiqilib, 20-avgustda uning imzolanishi
rejalashtirilgan edi. Lekin KPSS MKi va ittifoq idoralari (Mudofaa va Ichki ishlar
vazirliklari, KGB va boshqalar)ning bir qancha rahbarlari vitse-prezidenti
G.Yanaev boshchiligida SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevni zo‘ravonlik bilan o‘z
vazifasidan chetlashtirib, 1991-yil 19-avgust kuni favqulodda holat davlat
qo‘mitasini tuzib (GKChP), hokimiyatni o‘z qo‘liga olishdi. Bu davlat tontarishini
amalga oshirish harakati edi. Ularning maqsadi Ittifoq hududida yashovchi barcha
xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga, o‘z taqdirini ozlari hal qilishlariga
yol qoymaslik edi. Ammo qayta qurish yillarida ko‘zi ochilgan xalqni endi eski
tuzum doirasida qoldirishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga urinish behuda
edi. 1991-yil 21-avgustda xalqning qarshiligiga uchragan fitnachilar taslim
bolishga majbur bo‘ldi. SSSRning iqtisodiyotida o‘rnashib qolgan illatlar
O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham zarar etkazgan edi. 80-yillarga kelib O‘zbekiston
asosiy ijtimoiy-iqtisodiy korsatkichlar boyicha ittifoqda oxirgi orinlardan birini
egallar edi. O‘zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlanib borgan. U asosan
SSSRning xomashyo bazasiga aylangandi. Natijada respublikada sanoatning
xomashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog‘liq tarmoqlari ko‘proq rivoj topgan.
Paxta bo‘yicha rejalarning bajarilishi partiya va Sovet organlari rahbarlarining
ustivor vazifasi hisoblangan. Paxta yetishtirishning salmog‘i, hatto chor Rossiya
davrida (1913 yilda) 33,2% tashkil etgan. Sovet davrida esa umumiy yer
maydonlarining 75 foizini paxta tashkil qilgan. O‘zbekistonning amalda paxta
etishtirishni ko‘paytirish imkoniyati tugagan bir sharoitda Markaz O‘zbekistonda
93
2000 yilga borib paxtaning yalpi hosilini 8 mln. tonnaga etkazish dasturini ishlab
chiqdi. Adolatsiz narx siyosati ham O‘zbekiston xalqining turmush darajasiga
putur etkazar edi. Bunga SSSRdagi ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va
respublikaning o‘z manfaatlari, xalqining manfaatlari bilan hisoblashmaydigan
siyosati sabab edi. Bu siyosat orqali SSSRda ko‘zboyamachilik, poraholik,
laganbardorlik kabi illatlar kuchayib bordi. Barcha darajadagi ba'zi xo‘jalik
rahbarlari hokimiyatni, xizmat lavozimini suiste'mol qilar, g‘arazli manfaatlarini
oylab yashar edi. Ammo bu nuqsonlar Markaz tomonidan olib borilgan ma'muriy-
buyruqbozlik siyosatning oqibati edi.
1984-yildan
boshlab KPSS MK rahbarligining topshirig‘i bilan
O‘zbekistonga General prokuratura xodimlari T.Gdlyan va Ivanov boshchiligida
katta guruh tergovchilar yuborilib, «paxta ishi» nomini olgan jinoiy ish
qo‘zg‘atilgan edi. Markaziy matbuotda bu «O‘zbek ishi» degan nom olgan.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida Moskvadan va boshqa
respublikalardan O‘zbekistonga ketma-ket turli tergov guruhlari yuborildi.
Respublihamizga har xil joylaridan rahbar kadrlar kela boshladi. 1985-yilda
boshlangan «qayta qurish» siyosati xalqimizda o‘z hayotini yangilashga, uni
yaxshilashga bo‘lgan umidni uyg‘otgan edi. Biroq puxta oylab korilmagan
qarorlar, ularni joriy qilishdagi jiddiy nuqsonlar, ma'muriy siquvning davom etishi,
«qayta qurish»ning puxta ishlab chiqilgan kontseptsiyasining yoqligi, xoja -
korsinga olib borilayotgan tadbirlar, markaz tomonidan oylab topilgan «paxta ishi»
tufayli yuz berayotgan qonunbuzarliklar respublikaning ijtimoiy-siyosiy ahvolini
yanada murakkablashtirdi. Ziddiyatli «qayta qurish» siyosati oqibatda republikalar
orasida iqtisodiy aloqalarning buzilishiga olib keldi, O‘zbekiston iqtisodiyotidagi
tangchilik holati chuqurlashib bordi, sanoat ishlab chiqarishining va qishloq
xo‘jaligi samaradorligi pasayib bordi.
1989-yil 23-iyun oyida O‘zbekiston MQning birinchi kotibi lavozimiga
I.A.Karimov saylandi. Uning tashabbusi biian 1989-yil avgust oyida qishloq
aholiga 90,7 ming gektar yer ajratildi, shu bilan 1,5 mln. ko‘proq oilaning tomorqa
uchastkalari kengaytirildi, 580 ming oila unga ega bo‘ldi. O‘z mustaqilligiga
intilayotgan O‘zbekistonning keyingi qadami 1989-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston
Oliy Kengashning XI sessiyasida "O‘zbekiston ning Davlat tili to‘g‘risida"gi
qonunning qabul qilinishi edi. Partiya yakka xukmdorligini bartaraf etish va
hokimiyatni xalq deputatlariga qaytarib berish uchun 1990-yil 24-martda XII
chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning I sessiyasida boshqaruv tizimini
tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy qilish tog‘risidagi qaror qabul
qilindi va I.A.Karimov ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi bo‘lib Prezident
bo‘lib saylandi. O‘z suverenitetini tiklashda 1990-yil 20-iyun kuni respublika Oliy
Kengashining II sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston SSR «Mustaqillik
Deklaratsiyasi» muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqeadir. Deklaratsiya 12
moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida «O‘zbekiston SSRning demokratik
davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini
belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir», deb yozib qoyilgan. Shu
kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir
masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Shunga muvofiq, 1991-yil 22-iyul kuni
94
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qaroriga binoan respublikada
joylashgan ittifoqqa boysinuvchi davlat korxonalari va muassasalari O‘zbekiston
SSR huquqiy tobeligiga o‘tkazildi.
Mazkur mavzuni yoritishda talabalarning diqqat-e'tiborini shunga qaratish
kerakki, 1990-yil 20-iyun kuni qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi» va
1991-yil 31-avgustda e'lon qilingan "O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligi tog‘risida"gi qonun bir-biridan farq qiladi. "Mustaqillik
Deklaratsiyasi"da yangilangan SSSR tarkibida qolgan, o‘z suverenitetini tiklagan
O‘zbekiston haqida gap ketgan. 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan Qonunda esa
SSSR parchalanib ketganligi va mustaqil davlatga aylangan O‘zbekiston haqida
gap ketgan. Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qo‘lga
kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Oliy Kengash O‘zbekiston
Konstitutsiyasini tayyorlash komissiyaga O‘zbekistonning yangi Davlat bayrog‘i,
Gerbi va Madhiyasini tayyorlash vazifasini topshirdi. Shu tariqa xalqimiz azaliy,
asriy maqsadiga- Vatanimiz Mustaqilligiga erishdi. Dunyo haritasida yangi
mustaqil davlat-O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.
II
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan song kun tartibida jahon
andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub
islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkam laydigan huquqiy
tizimni vujudga keltirish vazifasi turardi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos
ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi
jamiyat manfatlariga mos kelmas edi. O‘zbekiston o‘z rivojlanishida qo‘ygan
asosiy maqsadi-bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat va fuqarolik
jamiyat asoslarini barpo etishdir.
E'lon qilingan maqsadlarga avvalgi tuzumni tubdan buzib tashlamasdan,
otmish odatlaridan voz kechmasdan erishib bolmasdi. Shu tufayli o‘z maqsadiga
erishish uchun biz quyidagi asosiy vazifalarni hal etishimiz lozim edi:
l. Eski ma'muriy-buyruqboziik tizimini, unga muvofiq bo‘lgan hokimiyat va
boshqaruv organlarini tugatish.
2. Yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini
yaratish. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yolini, avvalo, mamlakatda yaratilayotgan
jamiyat qanday mazmun kasb etishga e'tibor berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikriga ko‘ra:
«Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyat bunyod etish-bosh
vazifadir.
O‘zbekistonda yangi demokratik davlatni barpo qilish rejalarini ishlab
chiqishda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning hissasi katta. O‘z asarlarida u
demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini chuqur tahlil qildi. Masalan,
«O‘zbekiston - o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» (1992); «O‘zbekiston -bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» (1993); «O‘zbekiston iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» (1995); «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997);
«O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) va boshqalar. Ushbu asarlarida
95
O‘zbekiston istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan
o’rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma'naviy
poklanishning asosiy yo’l-yo’riqlari yangicha mushoxada va yondashuv bilan
ko’rsatib berildi.
Yangi siyosiy, iqtisodiy tizimni barpo qilishda, yangi davlatni tashkil etishda
asosiy vazifalardan biri uning huquqiy poydevorini yaratishdir. Har bir suveren
davlatning huquqiy asoslaridan biri, uning asosiy Qonuni-Konstitutsiyasi
hisoblanadi.
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-iyunda
"Mustaqillik deklaratsiyasi"ning qabul qilinishi munosabati bilan ilgari surilgan
edi. Buning uchun Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuzilgan edi.
1991-yil oktyabr-noyabrda Konstitutsiya loyihasining birinchi varianti
tayyorlandi. Ammo 1991-yil 31 -avgustda O‘zbekiston Mustaqilligi e'lon qilinishi
bilan, vaziyat o‘zgarib loyihaning ikkinchi varianti ustida ish boshlandi. 1992-yil
bahorida loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi va shu
yilning 26-sentyabrida umumxalq muhohamasi uchun matbuotda e'lon qilindi.
Tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib, Konstitutsiyaviy komissiya loyihani
qaytadan tuzib, 1992-yil 21 -noyabrda muhohamani davom ettirish uchun ikkinchi
marotaba matbuotda e'lon qildi.
1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining XI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» qabul
qilindi. U 128 moddadan, 6 bo’limdan iborat edi. Faqat milliy istiqlol, davlat
mustaqilligiga erishish tufayli O‘zbekistonning tamomila yangi, inson
manfaatlarini,
haq-huquqlarini
himoya
qiluvchi
chinakam
demokratik
Konstitutsiyasini yaratishga tarixiy imkoniyat vujudga keldi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi quyidagi tamoyillarga tayanadi;
Davlat suvereniteti;
Xalq hokimiyatchiligi;
Fuqarolar huquqlari va erkinliklari;
Davlat hokimiyatining bo‘linishi;
Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida
katta ahamiyatga ega bo‘lgan voqea bo‘ldi. U mamlakatda huquqiy, siyosiy,
iqtisodiy islohotlar uchun asos bo‘ldi. Konstitutsiya barqarorligini va uzoq muddat
amal qilishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar va
qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Demokratik
huquqiy
davlatni
tuzish
uchun
eng
avvalo
davlat
boshqaruvining hozirgi zamonaviy tizimini shakllantirish talab qilinadi. Davlat
boshqaruvi xususida tuzilayotgan tizimning asosi Prezident boshqaruvi bo‘ldi.
Prezidentlik boshqaruvi, mustaqil davlat va respublikadagi ijrochi hokimiyatning
boshlig‘i bo’lmish Prezidentning haq-huquqlari va vakolatlari Prezidentni
umumxalq tomondan saylanishida tasdiqlanadi (Konstitutsiya, XIX bob, 89-90
modda).
96
Konstitutsiyaga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati
Prezidentlik hokimiyati va Vazirlar Mahkamasidan iborat Respublika Prezidenti
qoshida ijro etuvchi hokimiyat devoni tuzilgan bo‘lib, unga Prezident rahbarlik
qiladi. Vazirlar Mahkamasi Prezident tomonidan tuzilib, parlament tomonidan
tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi 1990-yil noyabrda tashkil topib, mustaqillikka
erishgandan song davlat mustaqilligini ta'minlovchi organlardan iborat: Mudofaa
Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, davlat bojxona va soliq
qo’mitasi, shuningdek tashqi aloqalarni ta'minlovchi organlar vujudga keldi:
Tashqi ishlar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi Milliy Bank, Iqtisodiy rivojlanishni ta'minlovchi
organlar: Davlat statistika qo’mitasi, Respublika ulgurji va birja savdosi
aktsionerlik assotsiatsiyasi, Respublika xomashyo birjasi, Moliya Vazirligi va
boshqalar.
Ijro etish hokimiyatining faoliyati parlament tomonidan qabul qilingan
qonunlar bilan belgilanadi. Huquqiy demokratik davlatning asosoiy tamoyillaridan
biri-Qonun ustuvorligidir. Demokratik jamiyat hayotida qonunning o‘rni beqiyos.
Qonunlarning sifati ularni qabul qilayotgan parlament a'zolariga bog‘liq. Ma'lumki,
1990-yil 18-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdagi yangi tarkibi
saylandi va u 1990-1994-yillarda faoliyat ko’rsatdi, Oliy Kengash sovet davrining
koldigi bo‘lib, shu bilan birga O‘zbekistonning mustaqilligini ta'minlashda yangi
qonunchilik tizimini vujudga keltirishda muhim ro’l o’ynadi. Oliy Kengash
mamlakatimiz tarixida birinchi bor Prezidentni sayladi: «Mustaqillik
Deklaratsiyasi»ni, «Davlat mustaqilligi asoslari to’g‘risida» qonunni, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyani ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990-1994-yillarda Oliy
Kengash 200ga yaqin qonun, 500dan ziyod qaror qabul qildi. Ammo yangi
demokratik davlat, Fuqarolik jamiyatini barpo qilish uchun yangi turdagi, zamon
talabiga javob beradigan parlamentni tashkil qilish kerak edi.
1993-yil 28-dekabrda bo‘lib o’tgan Respublika Oliy Kengashining XIV
sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g‘risida»;
1994-yil 22-sentyabrda bo‘lib o’tgan XVI sessiyada «O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi tog‘risida» Qonunlar qabul qilindi.
1994-yil 25-dekabrda yangi parlamentga-Oliy Majlisga saylov bo‘lib o’tgan
edi. Birinchi marta bu saylov, Konstitutsiya talabiga ko’ra, (Konstitutsiya; 77
modda) ko‘ppartiyaviylik asosida o’tkazildi. Saylovda ikki partiya, Xalq-
demokratik partiyasi va «Vatan taraqqiyoti» partiyalari ishtirok etishdi.
Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Bu yangi parlamentni demokratik yo’l
bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo‘ldi. Oliy Majlis
o’zining shakllanishi, faoliyat korsatishi, ish yuritish tartiblari bilan avvalgi Oliy
Kengashdan farq qiluvchi Oliy davlat o‘rganidir:
1. Oliy Majlis deputatlar saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida
o‘tkazildi.
2. Saylovlar tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil
sifatida rad etildi.
97
3. Oliy Majlis doimiy amal qiluvchi parlament sifatida faoliyat
yuritmoqda, ya'ni deputatlarning bir qismi parlament tarkibida doimiy
ishlamoqda.
O‘tgan yillar mobaynida erishgan yutuqlar bilan birga yangi-yangi
muammolar vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
aytganidek: «Qonunchilik faoliyatimizdagi kamchiliklarni tanqidiy baholab,
bartaraf etish, qonunlarimizning mukammal va izchil bolishiga erishmog‘imiz va
eng muhimi, barcha huquqiy davlatlar qatorida qonun asosida yashashni
organishimiz zarur. Shu bilan birga, qonunchilik va meyoriy asoslarni
shakllantirish jamiyatni o’zgartirish va isloh qilish jarayonidan oldinroq yurishi
kerak». Shuni tan olishimiz kerakki:
1. Aholimizning siyosiy faolligi hali zamon talablari darajasida emas, balki
eski andozalardan to’liq qutula olmadik.
2. Siyosiy partiyalar va harakatlar jamiyatimizning turli sohalarida o’ziga
munosib o’rin egallab olishmagan. Buning uchun ular aniq maqsadlariga, puxta
ishlab chiqilgan dasturlarga ega bo’lish lozim.
3. OAV shu paytgacha demokratik qadriyatlarni himoya qiladigan, davlat va
mansabdor shaxslarning faoliyatini nazorat qiluvchi to’rtinchi hokimiyatga
aylanmagan.
Bu va boshqa dolzarb muammolarni yechish uchun oldimizda quyidagi
vazifalar turibdi:
a. Jamiyat va davlatning turli sohalarini yanada erkinlashtirish;
b. aholining siyosiy madaniyatini, siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda
manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli
mexanizmni shakllantirish.
Bu vazifalarni bajarish uchun Oliy Majlisning qonunchilik faoliyatini
takomillashtirish zarur edi. 2002-yil 27-yanvar kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan
umumxalq referendumi natijasida siyosiy tizimni takomillashtirish masalasi hal
qilindi, ya'ni ikki palatali Oliy Majlisga o’tish va Prezident vakolatlarini 5-yildan
7-yilga o’zgartirishga qaror qilindi.
Referendum natijasiga tayanib ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X
sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi
to’g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar asosida O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritildi (Konstitutsiya: XVIII-XX:
XXIII boblar). 2004-yil 26-dekabrda ikki palatali Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga saylov bo‘lib o’tgan. Unda beshta partiya (XDP: «Adolat»: «Milliy
tiklanish»: «Fidokorlar»: Lib.DP) ishtirok etgan.
Ikki palatali Oliy Majlisga bo‘lgan saylovdan quyidagi xulosa kelib chiqadi:
-saylovlar biz uchun chinakam demokratiya maktabi, xalqimizning siyosiy
saviyasini oshirish uchun sinov bo‘lgan;
-ikki palatali parlamentga saylovlar o‘tkazish tizimi va jarayonining o‘zi
mavjud siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faolligi va mas'uliyatining ortishiga
olib keldi;
-saylovlar saylovchilarning siyosiy va fuqarolik saviyasining yetukligini
namoyon qildi;
98
O‘zbekistonda ikki palatali parlamentni shakllantirishdan ko’zlangan
maqsadlar quyidagidan iborat:
-parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli
va puxta qonunlar, qarorlar qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro muvozanat
va cheklovlar tizimini yaratish;
-parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;
-siyosiy partiyalarning faolligini, jamiyatdagi tutgan o‘rini oshirish uchun;
-senat tarkibining asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan
iborat bolishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va
hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish;
-aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko’lami va
faolligini yanada kengaytirish. Markaziy hokimiyat organlarini isloh qilish bilan
birga yangi mahalliy hokimiyat tizimi tashkil etildi, ya'ni viloyat, tuman, shaharlar
tarkibidagi tumanlar, shahar, qishloq doirasidagi hokimiyat muassasalari tuzildi.
Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy
hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
(XXI bob) «Mahalliy davlat hokimiyat tog‘risida»gi qonun (1993-yil sentyabr),
«Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari haqida»gi qonun (1993-yil
sentyabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar
to’g‘risida»gi qonun (1994-yil may) kabilar muhim orin egallaydi. Shu qonunlarga
tayanib viloyat, shahar va tumanlarda hokim lavozimi ta'sis etildi. Viloyat, tuman,
shahar hokimi mahalliy hududni oliy mansabdor shaxs sifatida tegishli hudud
ijroiya hokimiyatni boshqaradi.
O‘rta Osiyoda kishilarning hayoti mahallada otib boradi. O‘zbekistonda o‘z-
o‘zini boshqarish organlarining asosiy elementi fuqarolarning yig‘inlari
hisoblanadi. Mahalla esa o‘zini-o‘zi boshqarishning asosiy bog‘inidir. Mahallada
har bir kishining taqdiri, orzu-umidi, hayotga va odamlarga munosabati qat'iy
nazoratda turadi. Shu bilan birga mahallachilik uzoq an'analarga va xalqimiz
tarixiga, uning boy ma'naviy-axloqiy udumlariga bog‘liq bo‘lgan ulkan hayot
maktabidir. Demokratik davlatni qurishda sud hokimiyati muhim o‘rin egallaydi.
Faqat odil sudlov tizimi mavjud bo‘lsa, jamiyatdagi tartib, intizom, barqarorlik,
qonunga bo‘lgan ishonch, hurmat mavjud bo‘ladi. Shuning uchun Mustaqillik
yillarida sud islohotlarini izchillik bilan o‘tkazishga alohida e'tibor berildi.
O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo‘jalik Sudi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, xo‘jalik sudi, viloyat sudlari,
Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo‘jalik sudlaridan iborat (Konstitutsiya XXII
bob). Sud tizimini isloh qilish uchun bir qator qonunlar qabul qilingan: «Sudlar
to‘g‘risida»gi qonun (1993, sentyabr), «Jatniyat kodeksi» va «Jamiyat-ijroiya
kodeksi» (1996-yil dekabr). O‘zbekistonda mustaqillik yillari davomida
o‘tkazilgan siyosiy, sud islohotlari yangi demokratik davlat poydevorini qurish
imkonini berdi.
III
O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan, fuqarolik jamiyat
asoslarini qurishga intilmoqda. Buning ma'nosi shuki, boshqaruvning turli xil
99
vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshqarish o‘rganlari rivojlanib
boradi. «Fuqarolik jamiyati» va «jamiyat» tushunchalari aynan bir narsa emas.
Jamiyat- bu kishilar umumiyligi, davlatning barcha belgilarini ham o‘z ichiga
oladigan birligi. «Fuqarolik jamiyati» -bu jamiyatning bir qismi bo‘lib,
hokimiyatning davlat o‘rganlari va boshqaruvidan tashqari qismidir. Fuqarolik
jamiyatning yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlariga
birlashish darajasi, siyosiy va jamoat tashkilotlarining ta'siri va taraqqiyot darajasi
bilan belgilanadi. «Fuqarolik jamiyati, -deb yozadi I.A. Karimov, -ijtimoiy makon.
Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini-o‘zi hamol toptirishiga
mone'lik qilmaydi, aksincha, yordam beradi».
Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatga asoslanib, shakllanadi va rivojlanadi.
Faqat inson huquqlari va erkinligi ta'minlangan va kafolatlangan holda fuqarolik
jamiyati shakllanadi. Huquqiy demokratik jamiyatni barpo etish aholining siyosiy
faolligi va siyosiy madaniyati, odamlarning yangi demokratik qadriyatlarni idrok
etish masalalari bilan bog‘liq. Shu jihatdan, fuqarolik jamiyatning asosiy
belgilaridan biri-ko‘p partiyaviylik. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va
ularning faoliyati demokratik jamiyat uchun zarur bo‘lgan siyosiy muxolifatni
shakllantirdi.
«Shuni yaxshi uqib olishimiz kerak, -degan edi I.A.Karimov. - Jamiyatimiz
tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan, kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari
bolmas ekan, davlat hokimiyatning barcha bog‘inlarida o‘zboshimchalik,
volyuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining komiptsiyasi singari
illatlar bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham bolmaydi». Mamlakatimizda siyosiy
partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy
asoslar yaratildi: «O‘zbekistonda jamoat tashkilotlari to’g‘risida» (1991-yil 15-
fevral), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g‘risida» (1998-yil 28-aprel),
«Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari tog‘risida» (1992-yil
2-iyul), «Siyosiy partiyalar tog‘risida» (1996-yil dekabr)gi Qonunlari. Nodavlat,
jamoat tashkilotlari orasida eng muhim ro’lni siyosiy partiyalar o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |