Partiya-tashkiliy-siyosiy kuch bo‘lib, o‘zida ma'lum masala xususida
jamiyat fikrini jamlovchi va biror muammoni echish uchun hokimiyatda ishtirok
etish yoki unga ta'sir o‘tkazish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan, bir xil siyosiy
qarashga ega bo‘lgan insonlarni o‘zida jam qiladi. Konstitutsiyamiz
ko‘ppartiyaviylik tizimini qonun bilan mustahkamlab qo‘ygan (Konstitutsiya: 60-
modda).
O‘zbekistonda 5 siyosiy partiya, 1 ta jamoatchilik harakati faoliyat
ko‘rsatmoqda. 1991-yil 1-noyabrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining
(XDP) ta'sis kengashi bo‘lib o’tdi. XDP «O‘zbekiston ovozi» va «Golos
Uzbekistana» gazetalari hamda «Muloqot» jurnali nashr etmoqda. 1992-yil 24-
mayida «Vatan taraqqiyoti» partiyasining ta'sis qurultoyi o‘tkazilib, unda partiya
dasturi va nizom qabul qilingan, «Vatan» gazetasini nashr etgan.
1995-yil 18-fevralda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining ta'sis
qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Dastur va Nizom tasdiqlandi, «Adolat» nomli xaftalik
gazetani nashr etadi. 1995-yil 3-iyun kuni «Milliy tiklanish» demokratik
partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Dastur va Nizomi qabul qilindi.
100
«Milliy tiklanish» gazetasi nashr etildi. 1998-yil 28-dekabrda «Fidokorlar» Milliy
demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Dastur va Nizomi qabul
qilindi. «Fidokor» gazetasi nashr etildi.
2001-yil 14-apreldan «Vatan taraqqiyoti» va «Fidokorlar» partiyalarining
qo’shma kengashi bo‘lib o‘tdi, unda fikr va maqsadlar mushtarakligini hisobga
olgan holda birgalikda faoliyat olib borish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror
qabul qilindi. Shuningdek, mazkur partiyalarning parlament fraktsiyalari ham
birlashdi. 2003-yil 15-noyabrda Liberal-demokratik partiyasining ta'sis majlisi
bo‘lib otdi. U tadbirkorlar va ishbilarmonlarni birlashtiruvchi partiya bo‘lib,
O‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishda muhim ro’l o’ynashga
qaratilgan. Partiya «XXI asr» gazetsiani nashr etadi.
Jamiyat barqarorligini saqlashda, fuqarolarning huquqlarini, ularning
manfaatini ifodalashda muhim rolni muxolifat o’ynaydi. Muxolifatning mavjud
bo’lishi demokratik jamiyat uchun shart bo‘lgan va normal holdir. Shunisi
muhimki, u tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, tegishli yuridik maqomga ega
bo‘lishi, konstitutsiya va qonun normalarini hurmat qilishi, o‘z harakatlari bilan
mamlakatdagi davlat va ijtimoiy tuzumning barqaror holati uchun mas'ul bo‘lishi,
davlat qurilishning muqobil loyihalariga ega bo‘ishi lozim. Prezidentimiz
I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Demokratiya ustun bo‘lgan jamiyatda konstruktiv,
sog‘lom muxolifat jamiyatning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga hissa qoshadi.
Biz rasmiy hokimiyat bilan g‘oyaviy va amaliy jihatdan raqobatlasha oladigan,
amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatimizning turli siyosiy qatlamlari
manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan muxolifatga
muhtojmiz». Siyosiy partiyalar bilan birga O‘zbekistonda «Xalq birligi» harakati
faoliyat yuritmoqda. U 1995-yil iyun oyida tashkil bo‘lib, uning maqsadi
O‘zbekiston xalqlari birligini mustahkamlashdir. Jamiyatda fuqarolarning
huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta'minlanganda u chinakam huquqiy,
fuqarolik jamiyati bo‘ladi. Bu boradagi muammolarni hal qilishda mamlakatdagi
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashda, jamoatchilik fikrini shakllantirishda-
ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi. Ularning turli davlat va siyosiy
institutlar hamda jamiyat kayfiyatiga ta'siri natijasida OAVni to‘rtinchi hokimiyat
deb ham yuritishadi.
Mamlakatimizda OAVning rivojlanishiga huquqiy asos yaratilgan:
«Noshirlik faoliyati tog‘risida» (1996-yil 2-avgust): «Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar tog‘risida» (1996-yil 2-avgust): «Axborot olish kafolatlari va erkinligi
to‘g‘risida» (1997 yil 24 aprel): «Jurnalistika faoliyatini himoya qilish tog‘risida»
(1997-yil 26- dekabr), «Ommaviy axborot vositalar tog‘risida» (1997-yil 26-
dekabr). O‘zbekistonda matbuot erkinligi, soz va fikr daxlsizligi qonun bilan
kafolatlangan. (Konstitutsiya: XV bob). 2005-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston
Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida LA.Karimov
jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilashda, mamlakatni modernizatsiya
qilishda OAV haqida gapirganda, ularning hayotmizda tutgan o‘rniga alohida
e'tibor qaratib, OAVni isloh qilish yonalishlarini ko‘rsatib berdilar. Ular:
1. OAVning iqtisodiy erkinligini ta'minlash.
2. Jamoatchilik fondi, jamoatchilik televideniyasini tuzish.
101
3. Yangi, mustaqil fikrga ega bo‘lgan jurnalist kadrlarni tarbiyalashdir.
OAVning erkinligini ta'minlamasdan, radio, televidenie, gazeta va
jurnallarni fuqarolarning o‘z mustaqil qarashlari, o‘z -fikrlari, voqealarga
munosabatini dadil, qorqmasdan ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib
mamlakatimizda
bo’layotgan
demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirish,
fuqarolarning faolligini oshirish mumkin emas. Xulosa qilish mumkinki,
mustaqillik davrida siyosiy tizim islohoti borasida bir qancha ishlar amalga
oshirildi:
1. Eski tizim barham topdi.
2. Huquqiy, demokratik davlatni qurish uchun konstitutsiyaviy, qonuniy
asos yaratildi.
3. Yangi demokratik davlatga xos bo‘lgan yangi siyosiy tizim yaratildi.
4. Ko‘ppartiyaviy tizim asoslari shakllandi.
5. Xalqimiz o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta'minlovchi saylov
tizimi barpo etilib, saylovlar muqobillik asosida otkazilayapti.
Boshqacha so’z bilan aytganda, mamlakatimizda shaklan demokratik davlat
barpo qilingan, endi asosiy vazifa shu shaklni demokratik mazmun bilan
to‘ldirishdan iboratdir.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |