Gumanitar fanlar



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana05.01.2021
Hajmi0,86 Mb.
#54834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
tarix

 
 
 
 


15 
 
2-mavzu:  O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot 
bosqichlari.  Buyuk ipak yo’li 
 
Reja: 
1.  Davlat tushunchasi. Dastlabki    davlatchilik    va    uning shakllari. 
2. O‘rta Osiyodagi ilk   davlatlar: Katta Xorazm, Baqtriya podshohliklari, So‘g‘d 
hokimligi. 
3. O‘rta  Osiyo xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashlari 
4 . O‘rta Osiyo ellin davlatlari tarkibida Salavkiylar va   Yunon-Baqtriya   
davlatlari. 
5. Mahalliy davlatchilikning tiklanishi va  rivojlanish bosqichlari. Qadimgi Dovon, 
Qang‘ davlatlari, Xorazm podshohligi. 
6.  Kushon saltanatining  tashkil topishi va yuksalishi, ijtimoiy-iqtisodiy  va 
madaniy   hayot. 
7.  Buyuk   ipak   yo‘li –G‘arb   bilan Sharqni   bog‘lovchi asosiy omil. 
 
 
Qadimshunoslarning  ko‘plab  topilmalariga,  "Avesto"  va  boshqa  yozma 
manbalarga  tayanib  aytish  mumkinki,  mil.av.  I  ming  yillikning  birinchi  yarmida, 
aniqrog‘i  taxminan  2700  yil  ilgari  Markaziy  Osiyoda  Katta  Xorazm,  Baqtriya, 
so‘ng Sug‘diyona, Marg‘iyona deb ataluvchi davlat tuzilmalari paydo bo‘ladi.  
Davlat,  davlatchilik  o‘z  mohiyati  bilan  insonlarning  dolzarb  talablarini,  tub 
ehtiyojlarini  amalga  oshirishga,  ularning  huquqlarini  himoya  qilishga,  jamiyatda 
barqarorlik  o‘rnatish  va  uni  saqlashga  mo‘ljallangan  dargoh,  u  muayyan  jamoa, 
elat, xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo‘lib, uning ma'lum huquqlarga 
ega  bo‘lgan  vakillari  mavjud.  Davlat  siyosiy  tashkilot  sifatida  jamiyatni 
uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni uyqunlashtirishga harakat qiladi. Bir faylasuf-
davlatni  barpo  qilishdan  maqsad  odamlarga  jannat  yaratish  emas, balki  jamiyatda 
do‘zax  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘ymaslikdir,  degan  ekan.  Balki  alloma  qaqdir.  Chunki 
jamiyatda  barqarorlik  bo‘lsa,  odamlar  farovon  hayotni  o‘z  mehnatlari  bilan 
yaratadilar.  
"Avesto"  kitobidagi  va  boshqa  ma'lumotlarga  ko‘ra,  qadimda,  Taxminan 
bundan  3-3,5  ming  yil  muqaddam  O‘rta  Osiyo  jamiyati  alohida  yirik  oilalardan 
tashkil topgan ekan. Urug‘ jamoasi (vis) yerga egalik qilgan, bir nechta bir-biriga 
yaqin bo‘lgan urug‘lar qabilaga birlashgan. Nisbatan yirik qabilalar esa muayyan 
hududda birgalashib yashaganlar. Bu birlashma dag‘yo degan nom olgan. Viloyat 
boshlig‘i  dag‘yopati,  deb  atalgan.  Ana  shu  uyushma  dastavval  harbiy-siyosiy 
birlashma  sifatida  paydo  bo‘lgan.  Ular  o‘zi  yashagan  hududni  mudofaa  qilgan. 
Sug‘orish  ishlarini  uyushtirgan  va  boshqarib  borgan.  Qabila  boshliqlari  vaqti-
vaqtida to‘planib, kengashib turishgan. Bular dastlabki davlatchilikning alomatlari 
edi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat 
va  uni  boshqaruv  tizimi  muttasil  takomillashib  borgan.  Xususan,  davlatlar  paydo 
bo‘lishining  osiyocha  ishlab  chiqarish  usuliga  asoslangan  "Sharq  yo‘li"  bo‘lib, 
unda  iqtisodiyotning  asosini  sug‘orma  dehqonchilik  tashkil  etgan.  Binobarin,  yer 
va  irrigatsiya  inshootlari  davlatning  mulki  bo‘lgan.  Shuningdek,  dehqonchilik 


16 
 
jamoasi  jamiyatning      birlamchi      yacheykasi,  ya'ni  xujayrasi    hisoblangan. 
Aholining  katta  qismini  safarbar  etish  zarurati  esa,  qat'iyatli  boshqaruvchilar   
tabaqasining shakllanishiga olib kelgan.  
O‘rta  Osiyodagi  ikki  daryo  oralig’i-alohida  tarixiy-geografik  va  tarixiy-
madaniy hududdir. Uning sivilizatsiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko‘p ming 
yilliklar mobaynida vujudga keldi. Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi 
davrlarda ham, o‘rta asrlarda ham umumiy belgilar bo‘lishiga qaramay, Markaziy 
Osiyoning  boshqa  qismlaridagi  davlatlardan  o‘ziga  xos  belgilariga  ko‘ra  ajralib 
turgan. O‘rta Osiyodagi ikki daryo oraliqi hududi doirasining o‘zida ham  shimoliy 
viloyatlar  (Xorazm)  va  janubiy  viloyatlar  (Baqtriya)  ayniqsa  qadimgi  davrlarda 
etnik  va  madaniy,  til  va  yozuv,  davlat  qurilishi  tizimi  jihatidan  bir-biridan  farq 
qilgan.  Bu  har  bir  viloyatga  xos  bo‘lgan  madaniy-genetik  tiplar,  darajasi  qar  bir 
viloyatda turlicha bo‘lgan o‘troq va ko‘chmanchi xalqlarning raqobatlashuvi bilan 
belgilangan.  
Qadimgi  davrda  O‘rta  Osiyo  ikki  daryo  oralig‘ida  davlat  birlashmalarining 
har xil shakllari mavjud bo‘lgan:  
1.  Davlat tipi-podsholik.  Boshqaruv  shakli-mutlaq monarxiya. 
2.  Davlat  tipi-konfederativ    podsholik.  Boshqaruv  shakli-cheklangan 
monarxiya.  Ular odatda qabila boshliklari yoki o‘z  tangasini zarb qiluvchi urug‘ 
boshliqlari  tomonidan  boshqariladigan  bir  nechta  mustaqil      o‘lkalardan      iborat 
bo‘lgan. 
3.  Davlat  tipi-mulkka  egalik  qilish.  Boshqaruv  shakli-qabila  doxiylari  yoki 
urug‘  boshliqlarining  meros  qilib  qoldiriladigan  hokimiyati.  O‘rta  Osiyodagi 
qadimgi  davlatchilik  evolyutsiyasini  (taraqqiyotini)  bir  necha  davrlarga  ajratib 
ko‘rsatish mumkin. 
1-davr  milod.av.    II    ming  yillikning  II  yarmi  -  O‘zbekiston  janubida 
davlatchilik  tuzilmalarining  ilk  belgilari  paydo  bo‘ldi.  Davlatning  bunday 
namunasi Jarqo‘tonda topilgan.    
2-davr  miloddan avvalgi I  ming yillikning boshi  Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d   
tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanishi. 
3-davr  mil.av.  VI-V  asrlarda  Ahmoniylar  bosqini  va  O‘rta  Osiyoning 
Ahmoniylar 
davlati 
tarkibiga 
kirishi 
natijasida 
mahalliy 
davlatchilik 
rivojlanishidagi tanaffus.  
4-davr miloddan  avvalgi IV-II asrning yarmi A.Makedonskiy bosib olgandan 
boshlab  Yunon-Baqtriya  podshohligining  qulashigacha.  Bir  vaqtning  o‘zida 
mahalliy davlatchilikning tiklana borishi. 
5-davr  m.av.  II  yerning  yarmi  va  mil.  I  asri  boshi  Mahalliy  davlatlar:  Kang, 
Xorazm  podshohligi  So‘g‘d,  Dovon  davlatlarining  mustahkam  lanishi  va  yanada 
rivojlanishi. 
 6-davr  mil.  I  asri  boshidan  III  asr  yarmigacha  mahalliy  davlatchilikning 
ravnaq  topishi.  O‘zbekiston  janubiy  hududlarining  Kushon  imperiyasi  tarkibiga 
kirishi. 
II 
"Avesto" hamda yunon mualliflarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi 
VII-VI  asrlarda  O‘zbekiston  hududida  So‘g‘diylar,  baqtriyaliklar,  xorazmliklar, 


17 
 
sak  va  massaget  elatlari  yashaganlar.  Zarafshon  va  Qashqadaryo  vodiysida 
dehqonchilik  bilan  shug‘ullanuvchi  ko‘plab  aholi  istiqomat  qilgan.  Yozma 
manbalarda  bu  hudud  So‘g‘da  ("Avesto"da),  Suquda  (Bexistun  yozuvlarida), 
Arrian, Strabon, Kursiy Ruf asarlarida esa So‘g‘diyona deb nomlangan.  
Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar 
bo‘lgan.  Ularning  yurti  Xvarizam  ("Avesto"da),  Xvarazmish  (Bexistun 
yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.  
So‘g‘diylarning  eng  yaqin  qo‘shnilari  baqtriyaliklar  bo‘lib,  ularning  yurti 
Surxon  vodiysi,  Afg‘onistonning  shimoli,  Tojikistonning  janubiy  hududlarida 
joylashgan.  Yozma  manbalarda  u  Baxdi  ("Avesto"  da),  Baqtrish  (Bexistun 
yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon - rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya 
deb ataganlar.  
Amudaryo  bo‘ylarida  ko‘chmanchi  massaget  qabilalari  yashaganlar. 
Markaziy  Osiyoning  tog’lik,  cho‘l  va  sahro  yerlarida  asosiy  mashg‘uloti 
chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular o‘z 
yerlarini turli qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy - ittifoq tuzadilar. 
Qadimgi  rim  va  yunon  tarixchilarining  yozishlaricha,  saklar  uch  ijtimoiy 
guruhga  bo‘lingan.  Ularning  ko‘pchilik  qismi  sakatigraxauda,  ya'ni  o‘tkir  uchli 
kigiz  qalpoq kiyib  yuruvchi  saklar  deb  atalgan. Ular  hozirgi  Toshkent viloyati va 
Janubiy Qozog‘iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh sakatiaydarayya,  ya'ni 
daryoning  narigi  tomonida  yashovchi  saklar  deb  atalgan.  Ular  Orol  dengizi 
bo‘ylarida,  Sirdaryoning  quyi  oqimida          yashaganlar.  Pomirning  tog’li 
tumanlarida va Forg’onada saka-xaumovarka deb ataluvchi saklar yashaganlar. 
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yuqorida ko‘rsatilgan o‘lkalarda yashovchi 
aholi  ilk  davlat  uyushmalarini  tashkil  etganlar.  Bu  davlat  uyushmalari  o‘zining 
ma'lum  hududi,  chegaralariga  ega  bo‘lib,  iqtisodiy-geografik  makon-katta  bir 
viloyat  sifatida  shakllanib  borgan.  Bu  davrlarda  Xorazm,  Baqtriya,  Marqyona, 
So‘g‘diyona,  Farg‘ona  kabi  viloyatlar  mavjud  edi.  Ahmoniylar  bosqiniga  qadar 
o‘lkaning  asosiy  qismini  birlashtirib  turuvchi  siyosiy  markaz  shimolda  Xorazm, 
janubda Baqtriya hisoblangan.  
"Katta Xorazm" davlat uyushmasi ittifoqi hududi hozirgi Xorazm yerlari bilan 
chegaralanib  qolmay,  balki  uning  atroflari-hozirgi  Qoraqalpoqiston,  Marv  hamda 
Amudaryoning  quyi  oqimigacha  bo‘lgan  yerlarni  o‘z  ichiga  olgan.  Yunon 
tarixchisi  Gerodot  ma'lumotiga ko‘ra  qadimda  Oqs  (Amudaryo)  bo‘ylab  360  dan 
ziyod  sun'iy  kanallar,  suv  inshootlari  mavjud  bo‘lgan.  Dehqonchilikda  dukkakli 
ekinlar,  meva-sabzavot  yetishtirishga  e'tibor  ko‘p  bo‘lgan.  Paxtachilik  rivoj  topa 
boshlagan.  Qal'aliqir,  Ko‘zaliqir,  Janbosqal'a  kabi shaharlar  barpo  etilgan.  Paxsa, 
xom  qisht  ishlatiladi,  binolarning  tashqi  va  ichki  ko‘rinishlari  ko‘rkamlashadi. 
Davlatni  mustahkamlash  maqsadida  poytaxt  va  boshqa  shaharlar  qalin  va 
mustahkam    mudofaa  devorlari  bilan  o‘ralgan  edi.  Ichki  va  tashqi  savdo-sotiq 
yuksak darajada rivojlandi hunarmandchilik sohalari, tog’-kon ishlari rivoj topadi. 
Chorvachilikda  ot,  tuya,  qo‘y-echkilar  boqishga  e'tibor  kuchayadi.  Tabiiyki,  bu 
jarayonda  dastlabki  davlat  tizimining  uyushtiruvchilik  o‘rni  o‘sib  borgan. 
"Avesto"da ta'kidlanishicha, Xorazmning qadimiy sulolasi Siyovushiylar bo‘lgan.  


18 
 
Xorazm  davlati    miloddan  av.  VI  asrgacha    o‘z  mustaqilligini  saqlab  qola 
olgan. Xorazmning mustaqil davlat sifatida  saqlanib  qolishiga   uning mukammal    
harbiy   bazasi sabab bo‘lgan. Harbiy qism mustahkam  otliq va piyoda askarlardan 
iborat  bo‘lib,  yaxshi      qurollangan  va  qattiq  intizomga  rioya  qilgan  edilar. 
Markaziy  Osiyodagi  yana  bir  qadimgi  davlat  uyushmasi  -  Baqtriya  edi.  Bu 
davlatning  hozirgi  Surxondaryo,  qisman  Qashqadaryo  viloyatlari,  janubiy 
Tojikiston  va  shimoliy  Afg‘oniston  hududlarida  joylashganligi  ma'lum.  Uning 
poytaxti  Baqtro  (hozirgi  Balx)  shahri,  podshohlaridan  biri  Oqslart  ismli  shaxs 
bo‘lgan. Gerodot Baqtriyani Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga oladi. 
Qadimgi  Baqtriya  tabiiy  boyliklari  tufayli  Xitoy,  Hindiston,  Misr,  Bobilga  qadar 
mashxur  bo‘lgan.  Masalan,  Badaxshon  lojuvardi  (lazuriti)  boshqa  yurtlarda  ham  
qadrlangan. 
"Avesto"da  Baqtriya  eng  go‘zal  o‘lkalardan  biri  sifatida  ta'riflanadi.  Unga 
qarashli Vaxsh vodiysi unumdor bo‘lib, dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan. 
Hunarmandchilik ayniqsa zargarlik keng rivojlangan edi.  
Eronda  saroy  tabibi  bo‘lib  ishlagan  yunon  tarixchisi  Ktesiyning  yozishicha, 
Baqtriya miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda qudratli davlat bo‘lgan. Bu davlat bir 
qancha mahalliy hokimliklarni birlashtirgan harbiy demokratiya tipidagi davlat edi. 
Baqtriya hukmdorlari oltin va kumush tangalar zarb etganlar. 
"Baqtriya"  nomi Esxilning eramizgacha bo‘lgan 472  -yili sahnaga qo‘yilgan 
"Forslar"  tragediyasida  ham  uchraydi.  Ko‘plab  mualliflar  baqtriyaliklarga  "ko‘p 
sonli",  "jangavor"  va  "botir"  xalq  sifatida  tavsif  beradilar.  Mamlakatda 
mustahkamligi  sababli  “zabt  etib  bo‘lmaydigan”  ko‘plab  joylar,  shu  jumladan, 
poytaxt Baqtr (Balx) bor edi, deb hisoblaganlar.  
So‘g‘diyona  hokimligi  ham  qadimgilardandir.  Uning  hududlari  hozirgi 
O‘zbekistonning  Samarqand,  Navoiy,  Buxoro  va  Qashqadaryo  viloyatlari, 
Tojikistonning Panjikent, O‘ratepa va Xo‘jand yerlarini o‘z ichiga olgan. Hokimlik 
poytaxti  Maroqanda  (Samarqand)  bo‘lgan.  Aholi  dehqonchilik,  chorvachilik, 
hunarmandchilik bilan band bo‘lgan. Shaharsozlik kengayib borgan. Eng qadimgi 
shahar    Afrosiyob  taxminan  2750-2800  yil  muqaddam  tashkil  topgan.  So‘g‘d  tili 
o‘sha  paytlardayoq  jahon  savdo  tili  darajasiga  ko‘tarilgan.  Bu  davlat  qo‘shni 
mamlakatlar bilan savdo-sotiq, tijorat ishlarini yo‘lga qo‘ygan. 
Ilk  davlatchilik  asoslarining  vujudga  kelishida  shahar    madaniyatining  o‘rni 
kattadir.  2750-2760  yil  avval  Maroqanda  shahar    qiyofasini  olaboshladi.  So‘ng 
Xiva, Buxoro, Termiz, Xazorasp, Kesh, Quva kabi shaharlar paydo bo‘ldi.  
Osiyoda shahar  madaniyati, davlatchilik va ilk sinfiy jamiyat so‘nggi  bronza 
davrida,  eramizgacha bo‘lgan II yillikning ikkinchi yarmida  shakllana boshlagan. 
Bunga  Jarqo‘tonni  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Miloddan  oldingi  1  ming 
yillikning  birinchi  choragida  esa  Baqtriya,  So‘g‘d,  Xorazm  tarixiy-madaniy 
viloyatlari shakllandi, boshqaruv usullari asta-sekin takomillashib bordi. 
Mil. av. VI asr boshlarida vujudga kelib kuchayib borgan ahmoniylar davlati 
atrofidagi  bir  qancha  hududlarni  bosib  oladi  va  bu  sulola  Eronda  yirik  saltanat 
barpo  etadi.  So‘ng  ular  545  yildan  boshlab  O‘rta  Osiyoga  bir  necha  bor  harbiy 
yurishlar  qiladi,  lekin  massagetlarning  qarshiligiga  duch  keladi.  Ahmoniylar 
podshosi Kir II ning qo‘shinlari Markaziy Osiyoga qilgan ikkinchi yurishida ham  


19 
 
mahalliy  aholining  qattiq  qarshiligiga  uchraydilar.  Mil.  av.  530  yilda  Kir  II 
massagetlar  ustiga  yangi  yurish  qilganda  bosqinchilarga  qarshi  kurashga  malika 
To‘maris  boshchilik  qiladi.  Bu  janglarda  ahmoniylar  katta  talofot  ko‘radi,  Kir  II 
esa o‘ldiriladi.  
Miloddan  avvalgi  522  -  yilda  Eronda  hokimiyat  tepasiga  kelgan  Doro  I  ga 
qarshi Marqiyonada keng xalq ommasi Frada boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘taradi. 
Ammo  u  shafqatsizlik  bilan  bostiriladi.  Bunday  harakatlar  keyingi  davrlarda  ham  
davom  etib,  mil.av  519-518  yillarda  Doro  I  Markaziy  Osiyodagi  sak  qabilalari 
ustiga  yurish  qiladi.  Bu  janglarda  mahalliy  aholining  ko‘pchiligi  o‘ldirilib,  bir 
qismi asir olinadi. Saklarning bosqinchilarga qarshi kurashida otboqar -Shiroq kabi 
mardonavor vatanparvarlar jonbozlik qiladilar. 
 Xullas, uzoq yillar davomidagi ahmoniylarning O‘rta  Osiyo hududiga harbiy 
yurishlari  natijasida  bu  o‘lka  katta  Eron  imperiyasi  tarkibiga  qo‘shib  olindi. 
Ahmoniylar  yurtimizda  deyarli  200  yil  mobaynida  hukmronlik  qildilar.  O‘sha 
paytlarda  O‘rta  Osiyo  to‘rt  satraplikka  (viloyatga)  bo‘lindi  -  Eron  amaldorlari 
boshliq  etib  tayinlandi.  Mahalliy  aholi  ahmoniylarga  katta  miqdorda  kumush 
hisobidan  soliq  to‘lar  edi.  Shuningdek,  soliq  sifatida  qimmatbaho  toshlar, 
chorvachilik  va  dehqonchilik  mahsulotlari  ham  Eron      podsholariga        "sovg‘a" 
etilar edi. 
Mil.av. IV asrda qadimgi dunyo tarixida bir qancha siyosiy o‘zgarishlar bo‘lib 
o‘tdi.  Bu  davrda    makedoniyaliklar  ahmoniylarga  qaqshatg’ich  zarba  beradi. 
Mil.av. 336 yilda Makedoniya taxtiga Filippning o‘g‘li 20 yoshli Iskandar o‘tirdi 
va dunyoni zabt etishni davom ettirdi. Natijada mil.av. 329 yilning bahorida uning 
qo‘shinlari  Amudaryo  bo‘ylariga  yetib  keldi  va  O‘rta  Osiyoni  istilo  etishga 
kirishdi.  Amudaryodan  suzib  o‘tgan  yunon-makedon  qo‘shinlari  dastlab  Navtaka 
viloyatiga,  so‘ng  So‘g‘diyonaning  poytaxti  Maroqanda  shahriga  yo‘l  oladilar. 
Lekin  bu  yerda  bosqinchilarning  harbiy  yurishlari  og‘ir  kechdi.  So‘g‘dlar  o‘z 
yerlarining  ozodligi  va  mustaqilligini  mardonavor  himoya  qildilar.  Bu  yunon-
makedon qo‘shinlariga qarshi kurashning birinchi bosqichi edi.  
Baqtriya  va  So‘g‘diyonaning  barcha  joylarida  Iskandarga  qarshi  xalq 
qo‘zg‘olonlari  ko‘tariladi.  Miloddan  avvalgi  329  yilning  ko‘zida  boshlangan  bu 
qo‘zg‘olonlarga  mahalliy  sarkardalardan  bo‘lgan  Spitamen  boshchilik  qildi. 
Samarqandda  Iskandar  qoldirib  ketgan  harbiy  garnizonni  qirib  tashlab,  shaharni 
egalladi.  
Natijada  Iskandar  Zarafshon  aholisidan  qattiq  o‘ch  olish  niyatida  o‘z 
qo‘shinlari  zarbasini  tinch  aholiga  qaratdi.  So‘g’diyona,  Baqtriya  o‘lkasida 
ko‘tarilgan  qo‘zg‘olonlar  yunon-makedon  zulmidan  ozod  bo‘lishga  qaratilgan 
bo‘lib Iskandarning "varvarlarni" osonlikcha bosib olmoqchi bo‘lganini chippakka 
chiqardi.  Lekin  harbiy  kuch-qudrat  jihatidan  Iskandar  qo‘shini  ustun  edi.  Uzoq 
vaqt  shafqatsiz  davom  etgan  janglarda  yunonlar  g‘alaba  qozondi.  Spitamenning 
halokati  bilan  yunon-makedon  bosqinchilariga  qarshi  ozodlik  harakati  to‘xtab 
qolmadi.  Harakatning  ikkinchi  bosqichi  yakunlandi,  xolos.  Bosqinchilar  uchun 
So‘g‘diyonadagi ahvol xavfli bo‘lib qolaverdi. Ularga qarshi harakatning uchinchi 
bosqichida  qo‘zg‘olonchilar  mahalliy  zodagonlar  boshchiligida  tog’  qal'alarida 
kurashni  davom  ettirdilar.  Yunon  askarlari  anchagina  toliqqan  charchagan  edi. 


20 
 
Bundan    epchillik  bilan  foydalangan  "Qadimiy  Xorazm"  podshoh  Farasman 
vaziyatga  qarab  murosa  qiluvni  afzal  ko‘rdi.  Iskandar  Zulqarnayn  Baqtriya 
So‘g‘diyonani zabt etganda Farasman o‘z qo‘shiniga bosh bo‘lib sovg‘a-salomlar 
bilan  Iskandar  huzuriga    borib,  unga  Xorazmni  zabt  etmaslikni  iltimos  qiladi  va 
oqibatda  diplomatik  usullarni      ishlatganligi  tufayli  Xorazm    o‘z  mustaqilligini 
saqlab qoladi. 
Nihoyat, Iskandar So‘g‘diyona va Baqtriya aholisining qarshiligini kuch bilan 
yenga  ololmasligiga  ishongandan  so‘ng  mil.  av.  328  yildan  boshlab  turli  yo‘llar 
bilan  ularga  yaqinlashishga,  munosabatlariga  iliqlik  kiritishga  harakat  qiladi. 
Natijada, u zardushtiylik dinini qabul qildi, mahalliy zodagonlar Oqslart, Sisimitr, 
Xorien  qabilarning  mulklarini  ham    qaytarib  berdi,  ular  bilan  qarindoshchilik 
aloqalarini o‘rnatdi. Mahalliy zodagonlarning deyarli barchasi asta-sekin Iskandar 
hokimiyatini  tan  olib,  uning  xizmatiga  o‘tdilar.  Mil.av.  327  yilning  oxirlarida 
qo‘zg‘olonlar  bostirilib,  O‘rta  Osiyo  Iskandar  hukmronligi  ostida  qoldi.  Shunday 
qilib,  So‘g‘diylarning  yunon-makedon  bosqinchilariga  qarshi  uch  yil  davomida 
olib  borgan  kurashi  tugadi.  Iskandar  qo‘shinlariga  qarshi  kurash  olib  borar  ekan, 
mintaqa xalqlari mislsiz jasorat ko‘rsatdi. Ular o‘z davrining yuksak harbiy san'ati 
va  madaniyatiga  ega  ekanliklarini  namoyish  etdilar.  Yunon  qo‘shinlari  bunday 
qattiq qarshilikka hech  qayerda uchramagan edilar. 
O‘rta Osiyo xalqlari ahmoniylar zulmidan qutulib, yunon-makedon asoratiga 
duchor bo‘ldi. Bu zulmdan qutulish uchun So‘g‘diyonaga 150 yil, Baqtriyaga 180 
yil lozim bo‘ldi.  
So‘nggi  yillarda  topilgan  ko‘plab  arxeologik  yodgorliklar  Amudaryoning 
o‘ng  va  so‘l  qirg‘og‘i  aholisining  qadim  madaniyatga  ega  ekanligidan    dalolat  
beradi. Bosqinchilik yurishlaridan keyin Markaziy Osiyo aholisi ahmoniylar ta'siri 
ostida  bo‘lgan  davlatlar  bilan    o‘zaro  munosabatda  bo‘lganlar.  Yunon-makedon 
yurishlari natijasida esa mintaqamizga yunon (ellin) madaniyati  kirib keldi.  
Mavzuga  yakun  yasar  ekanmiz,  umumiy      xulosa      qilib    shuni  ta'kidlash 
joizki,  qadim  o‘lkamiz  da  mil.av.  ikki  ming  yillikning  oxirlarida  sug’arma 
dehqonchilik, ixtisoslashgan hunarmandchilik, metallurgiya, shaharlar, jamiyatning 
tabaqalanishi, davlatchilik, xususan, "voha  davlatchiligi", "shahar  davlatlar" kabi 
ilk    sivilizasiya  belgilari  paydo  bo‘ladi  va  rivojlanadi.  Bunga  Xorazm,  Baqtriya, 
So‘g‘diyona  davlat  tuzilmalari,  -  ularning  uyushtiruvchilik  faoliyati  ishonchli 
dalildir.  Shu  bilan  birga,  mintaqamiz  xalqi  ajnabiy  bosqinchilarga  qarshi  uzoq 
yillar  davomida  kurash  olib  bordi  va  bu  jarayonda  davlatchiligimiz  takomillasha 
bordi.  
Tarixiy  tahlil  shuni  ko‘rsatadiki,  davlatchilik  jamiyatning  ichida  o‘z  ichki 
qonuniyatlari asosida paydo bo‘ladi, rivojlanadi. Ya’ni davlat tuzilmasi tashqaridan 
tayyor  holda  ko‘chirilmaydi,  ma'lum  jamiyat  bag‘rida  tug‘iladi.  O‘zbek 
davlatchiligi  taraqqiyoti  ham    bundan  mustasno  emas.  U  miloddan  av.  II  ming 
yillik o‘rtalaridan hozirgacha bo‘lgan uzluksiz taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. 
 
Ulkan  saltanatga  asos  solgan  Aleksandr  Makedonskiy  miloddan  avvalgi  323 
yilda vafot etadi. Uning vafotidan keyin bepoyon davlat uch qismga: Makedoniya, 
Misr  va  Suriyaga  bo‘linib  ketadi.  Bu  davlatlar    Aleksandrning  eng  yaqin 


21 
 
safdoshlari tomonidan boshqariladi. Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan keyin, 
miloddan avvalgi 312 yilda lashkarboshilardan biri Salavk Bobil davlati hukmdori 
bo‘ladi.  Salavkiylar  davlati  tarkibiga  Mesopotamiya,  Eron,  Parfiya,  Natriya, 
So‘g‘diyona davlatlari kirgan edi.  
Salavkiylar davlatida  boshqarish tizimi uch bo‘g’indan: satraplar, eparxlar va 
giparxlardan  -  iborat  bo‘lgan.  Shu  bois  Salavk  Markaziy  Osiyo  yerlarini 
satrapliklarga  bo‘lib  boshqarar  edi.  Ularga  o‘ziga  yaqin  kishilardan  satraplar 
tayinlardi. 
Salavk    I  mil.av.    293  -  yilda  o‘g‘li    Antioxni  sharqiy  viloyatlar:      Parfiya, 
Baqtriya,  So‘g‘diyona  hukmdori  qilib  tayinlaydi.  Bu  hududlar  harbiy-strategik  va 
iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgani sabab, savdo yo‘llari bo‘ylab shahar va boshqa 
manzilgohlar qurdirgan edi.  
Antiox I davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar-kumush, mis draxm va   
tetradraxmlar  (pul  birligi)  zarb  qilingan.  Urushlar  tufayli  izdan  chiqqan  turmush 
So‘g‘diyona,  Baqtriyada  tiklana  boshladi  va  savdo-sotiq,  dehqonchilik, 
hunarmandchilik    rivojlana  boshladi.  Bu  davrda  Baqtriya  madaniyatida  yunon 
madaniyatining ta'siri birmuncha kuchaydi.  
Hududga yunon yozuvi, yunon og‘irlik o‘lchov birliklari, pul munosabatlari, 
hunarmandchilik va ellin san'ati kirib keladi.  Moddiy  va badiiy  madaniyat, savdo 
va  shahar  sozlik  yangicha  yo‘nalishda  rivojlana  boshlaydi.  O‘z    navbatida, 
yunonlar    mahalliy  madaniyat  va  an'analarni  qo‘llay  boshlaganlar.  Natijada, 
aralash  madaniyatning-yunon  va  mahalliy    sharq  madaniyatininig  tashkil  topish   
jarayoni yuzaga keldi. 
Antiox  I  ning  g‘arbga  qilgan  harbiy  yurishlari  natijasida  sharqiy  viloyatlar 
ma'lum  darajada  uning  e'tiboridan  chetda  qoldi.  Bundan  foydalangan  sharqiy 
viloyatlar mustaqil siyosat yurita boshlaydilar. Natijada mil.av. 250 yillarga  kelib, 
O‘rta  Osiyoda  salavkiylar  davlatidan  ikkita-Parfiya,  keyin  esa  Yunon-Baqtriya 
davlatlari  ajralib  chiqadi.  Yunon-Baqtriya  davlati  salavkiylar  sulolasidan  bo‘lgan 
Diodot  davrida  tashkil  topadi.  Bu  davlat  Baqtriya  hududida  bo‘lib  poytaxti 
shimoliy  Afg‘onistondagi  Baqtro  (Balx)  shahri  bo‘lgan,  yunonlar  boshqargan. 
Hukmdorlardan  Yevtidem,  Demetriy,  Evkratid  davrlarida  Hindistonning  shimoli-
harbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi katta yerlar bosib olinadi.  
Yunon-Baqtriya  davlatida  hokimiyat  podshoh  tomonidan  boshqarilgan  edi. 
Davlat  bir  necha  viloyatlarga  bo‘lingan.  Viloyat  hokimlari  esa  podshohga 
bo‘ysungan.  Yunon-Baqtriya  podshohligi  davrida  O‘rta  Osiyoda  dehqonchilik, 
hunarmandchilik  va  shaharsozlik  rivojlanganini,  madaniy  hayot  o‘sganligini 
arxeologik  topilmalardan  bilish  mumkin.  Yunon-Baqtriya  davlatida  tangalar 
hukmdor  tasviri  bilan  zarb  qilingan.  Termiz,  Taxti-Sangin,  Denov,  Hampirtepa 
Afrosiyobdan  topilgan  yodgorliklar  bu  davlatning  ijtimoiy  madaniy  hayotda 
ellinlar madaniyatining sezilarli ta'siri bo‘lganligidan  darak beradi.  
Osiyoning  tub  joy  aholisi  o‘zlarining  qadimiy  madaniyatlari,  an'analariga 
sodiq qoldilar. Shu bilan  ular ellin  madaniyatining afzal tomonlarini qabul qiladi.  
Yunon-Baqtriya  podshohligi  davrida    deyarli  barcha  viloyatlarda  iqtisod  va 
madaniyat    yuksaladi.  


22 
 
Mil  av.  II  asrning  o‘rtalariga  kelib  Yunon-Baqtriya  davlati  o‘z  qudratini 
yo‘qota boshlaydi. II asrning uchinchi choragiga kelib bu davlat Sharqiy Turkiston 
orqali kirib kelgan Yue-chje qabilalari hujumi natijasida inqirozga uchraydi. 
II 
Mil. av. III asr  oxiri- mil.av. II asrda  Farg‘ona Dovonda, So‘g‘dda  alohida  
shahar  -davlatlar  shakllanadi.  Ayni  shu  davrda  Qang‘  davlati  qaror  topishi  yuz 
bergan. Bu davlatlarning har biri o‘z tangalarini zarb etgan.  
Tadqiqotchi olimlarning fikriga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida davlatchilik V-IV 
asrlarda  paydo  bo‘lgan.  Mil.  av.  II-I  asrlarga  oid  Xitoy  manbalrida  qadimgi 
Farg‘ona keng, boy va ko‘p aholili, 70 dan ortiq katta va kichik shaharlari bor deb 
tilga  olinadi.  "Polona"  bu  Farg‘onaning  xitoycha  talaffuz  etilishidir.  Xitoy 
manbalariga ko‘ra mil.av. II asrda Farg‘onada 300 yaqin aholi  yashagan. Vohada  
shaharlar  ko‘p  bo‘lib,  poytaxti  Ershi  shahri  (hozirgi  Marhamat)  bo‘lgan.  Dovon 
qishloq  xo‘jaligi  yuksak  darajada  rivojlangan  mamlakat  edi.  Dehqonchilik  bilan 
shug‘ullanuvchi  o‘troq  aholi  bilan  bir  qatorda,  Farg‘onaning  cho‘l  va  dasht 
hududlarida  ko‘chmanchi    chorvador      aholi  ham  yashagan.  Manbalarda  bu 
ko‘chmanchilarning  ot  ustida  turib  hamon  otishga  mohir  ekanliklari  haqida  qayd 
etiladi. O‘sha davrda Dovon davlati o‘zining "afsonaviy" va "samoviy" otlari bilan 
shuxrat    qozongan.  Dovon  arg‘umoqlari  mamlakatdan  tashqarida  ham  xususan, 
Xitoyda  qadrlangan.  Dovonliklar  usta  savdogar  hisoblanganlar  va  foyda  ustida 
raqobatlashganlar.  Mil.av.  II  asrning  oxirlarida  Xitoy  imperatorlari    Dovonni   
bosib olishga bir necha bor harakat qiladilar. Ammo Xitoy qo‘shinlari istexkomga 
aylantirilgan  Dovon  qal'alarini  sindirishga  ojizlik  qiladilar.  Shuningdek,  qo‘shni 
davlatlar  tomonidan  qo‘llab-quvvatlangan  dovonliklar  xitoyliklar  ta'siriga 
tushmasdan o‘z mustaqilliklarini saqlab qola oladilar.  
Qadimgi Farg‘ona davlati ancha adolatli va demokratik jamiyat hisoblangan. 
Podshoh  davlat  ishlarini  Oqsoqollar  kengashiga  suyangan  holda  yuritgan. 
Oqsoqollar  kengashi  doimiy  bo‘lib,  unda  davlatning  eng  muhim  masalalari 
muxohama  qilingan.  U  o‘ziga  xos  qonun  chiqaruvchi  organ  vazifasini  bajargan. 
Mamlakat hududlari shaharlar va vohalarga bo‘lingan holda boshqarilgan. Har bir 
shahar, vohaning o‘z  hukmdori bo‘lgan. 
Ichki  tartibni  saqlash,    mamlakatni    tashqi  dushmanlardan  himoya  qilish 
uchun  Dovonda  asosan  piyoda  askarlar  va  suvoriylardan  iborat  bo‘lgan  60  ming 
kishilik  qo‘shin  mavjud  bo‘lgan.  Jangchilar  zarur  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan 
o‘zlarini  o‘zlari  ta'minlaganlar.  Dovon  o‘zining  butun  tarixi  davomida  yirik 
imperiyalar  va  kuchli  davlatlar  ta'siri  ostiga  tushmasdan  o‘z  siyosiy  erkinligini 
saqlab kelgan. 
Qang‘  davlati  mil.av.  III  asrning  boshlarida  Yunon-makedon  hukmronligiga 
qarshi  kurashlar  va  ichki  nizolari  keskinlashuvi  natijasida    paydo  bo‘lgan.  Bu 
davlat  hududi  dastlab    Sirdaryoning    o‘rta  oqimidagi  yerlar  (Toshkent    vohasi 
hamda    unga    tutash      tog‘  va  cho‘l  zonalari)dan  iborat  edi.  Mil.av.  II  asrning 
boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib, sharqda Farg‘ona 
vodiysi  shimoliy  -  sharqda  Yue-chje  qabilalari  bilan,  shimoli  –  g‘arbda  Sarisuv 
daryosi, g‘arbda Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas 
vodiysini  va  qisman  Chu  daryosining  quyi  oqimidagi  hudud  Qang‘  davlatining 


23 
 
asosiy  yerlari  hisoblangan.  Bu  davlat  iqtisodiy  va  madaniy  jihatdan  ancha 
rivojlangan  edi.  Davlatning  taqshi  siyosati  qo‘shni  mamlakatlar  bilan  savdo-sotiq 
aloqalarini  o‘rnatish,  keskinlashgan  vaziyatning  oldini  olish  va  o‘z  hududida 
osoyishtalik o‘rnatishga qaratilgan edi. Shu bilan birga payti kelganda kuchsizlanib 
qolgan qabilalarga, viloyatlarga hujum qilib ularni qaram qilishga harakat qilgan.  
Qang‘ davlatining asosiy aholisi o‘troq va yarim o‘troq bo‘lib uning hududida 
ko‘chmanchi  chorvadorlar ham    yashar  edi.  O‘troq  aholi  asosan  vodiyda  yashab, 
dehqonchilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Sun'iy 
sug‘orish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.  
Chorva  mollarining  ko‘pchiligi  qisman  ko‘chmanchi  va  yarim  o‘troq  holda 
yashovchi aholi ixtiyorida bo‘lgan. Qang‘ podshohlari, ya'ni xoqonlari va ularning 
xonadoniga  yaqin  kishilar  boy  chorvadorlardan  bo‘lgan.  Qang‘  hukmdorlarining 
markaziy  shaharlari  ikkita  bo‘lib,  yozni  ’trorda,  qishlovni  Qang‘dizda  (uning 
harobalari Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazar   edilar. 
Qang‘liklarda  ko‘plab  qal'a  va  ko‘rganlar  bo‘lib,  ular  dushman  qamal  iga 
bardosh beradigan qilib qurilgan. Ularda hunarmandchilikning turli sohalari yaxshi 
rivojlangan.  Qang‘  harobasidan,  hoshtepa  va  Toshkent  vohasi  boshqa 
tepaqo‘rg‘onlardan    topilgan  arxeologik  ashyolar  Qang‘    davlati  madaniyatining  
namunasi   hisoblanadi. 
 Manbalarda  Qang‘  hukmdorlarining  nomlari  tilga  olinmaydi,  odatda  ular 
o‘zlarining ismlari bilan birga urug‘ nomini ham qo‘llaganlar va "Qang‘ xonadoni 
hukmdori xoqon" deb ataganlar. Qang‘lilar uchun "xalq qo‘shin" tushunchasi xos 
bo‘lib,   bunda har bir erkak-oila boshlig‘i ayni paytda safda turishga tayyor askar 
hisoblangan.  Shu  bois  Qang‘  davlati  qo‘shinlarining  soni  ulardagi  oilalar  soniga 
teng  bo‘lgan.  Davlatda  saylangan  hukmdorlarning  hokimiyati  oqsoqollar 
Kengashiga tayangan va ularning huquqlari kengash tomonidan cheklab qo‘yilgan. 
Harbiy  yo‘lboshchilik  hukmdorning  vazifasi  hisoblangan.  Shuningdek,  qo‘shni 
davlatlar  diplomatik  muzokaralar  olib  borish  vakolatiga  ega  bo‘lgan.  U  diniy 
marosimlarni  ado  etishda  ham    bosh-qosh  bo‘lgan.  Aholi  asosan  quyosh  xudosi 
Mitraga va boshqa ilohlarga topingan.  
Qang‘ davlati o‘ziga boshqa qabilalarning qo‘shib olinishi hisobiga o‘ziga xos 
konfederativ podshohlik tashkil qilib, mustahkam langan. Har bir qabila boshlig‘i 
harbiy  yo‘lboshchi sanalib, o‘z bayroq turlari va urug‘ gerblariga ega bo‘lganlar. 
Urush sharoitida xoqon bayrog‘i ostida jang qilganlar. Qabila-urug‘ boshliqlariga 
viloyat va tuman boshliqlari bo‘ysungan. Mil.av. III asrda paydo bo‘lgan bu davlat 
mil. III asriga kelib parchalanib ketdi. 
Miloddan  avvalgi  IV-II  asrlarda  qadimgi  Xorazm  mustaqil  davlat  bo‘lib, 
Iskandar,  Salavkiylar  va  Yunon-Baqtriya  davlatlari  tarkibiga  kirmagan.  Bu  hol 
Xorazmda  o‘ziga  xos  mahalliy  davlatchilik  tizimi  rivojiga  muhim  omil  bo‘ldi. 
Davlat  tipi  -  podshohlik  bo‘lib,  boshqarish  shakli  mutloq  monarxiya,  ya'ni 
yakkahokimlik  edi.  Milodiy  I  asrdan  boshlab  Xorazmda  Afrigidlar  sulolasi 
hokimlik  tepasiga  kelgan  va  700-800  yil  davomida  hukmronlik  qilgan.  Bu 
davrlarda  podshohlikda  markazlashtirilgan  tartibda  tanga  zarb  qilingan  va 
hokimiyat sulolaviy tarzda meros bo‘lib qolgan.  


24 
 
Zarb  qilingan tanga  pullarda  Artov, Artamux, Vazamir kabi Xorazmshohlar   
ismlari uchraydi.  
Arxeologik tadqiqotlar natijasida Xorazm hududlaridan ko‘plab yodgorliklar 
topilgan.  Jonbosqal’a,  Qo‘yqirilganqal'a,  Tuproqqal'a  shular  jumlasidandir.  Bu 
shaharlar    atrofi  mudofaa  devorlari  bilan  o‘rab  olingan.  Devorlarda  shinaklar  va   
minoralar mavjud bo‘lgan. Ko‘xna shaharlarning asosiy inshooti ulkan qal'a bo‘lib, 
Xorazm  hukmdorlarining  qarorgohi  bo‘lgan.  Tuproqqal'ada  ikki  qavatli  binolar 
bo‘lib,  ulardan  turli  maqsadlarda  foydalanilgan.  Tashqari  xonadonlarda  maxsus 
qabulxonalar, ya'ni "shohlar koshonasi" ham bo‘lgan. Qabulxonaning devorlari va 
supalari  turli  tasvirlar  bilan  bezalgan.  Shuningdek,  bu  qal'ada  yozuv  namunalari 
ham topilgan.  
Xorazmda  dehqonchilik  va  hunarmandchilik  yuqori  darajada  rivojlangan. 
Shaharlar muhim savdo yo‘llarida joylashgan. 
III 
Kushon podshohligi. Spitamen qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng 
mil.av. IV asr oxirlarida asli O‘rta Osiyoda yashagan massaget-tohar qabilalarining 
katta  bir  qismi  Sharqiy  Turkistondan  to  Mug‘iliston  chegaralarigacha  bo‘lgan 
hududlarga ko‘chib o‘tganlar. Ana shu qabilalar tarixi bilan bog‘liq  mil.av. IV asr 
oxirlari  va  milodning  V  asriga  oid  ma'lumotlar  Xitoy  manbalaridan  olinganligi 
sababli  qabila,  urug‘,  shaxslar,  joy  va  shahar    nomlari  xitoycha  nomlar  bilan 
berilgan.  O‘rta  Osiyodan  Sharqqa  tomon  ko‘chib  o‘tgan  massaget-toharlar  Xitoy 
manbalarida  yue-chjelar  nomi  bilan  atalganlar.  Xitoyning  shimolidagi  katta 
hududlarda xunn qabilalari yashagan. Taqdir taqozosiga ko‘ra,  xunnlar bilan yue-
chjelar  o‘rtasida  ziddiyatlar  kuchayadi.  Natijada,  xunnlar  mil.av.  176  yili  yue-
chjelarni  g‘arbga  siqqib  chiqaradi.  Farg‘ona  (Dovon)  podshohligi  hududlariga 
chekingan  yue-chje  qabilalari  bu  yerda  shahar    va  qishloqlar  barpo  qiladilar. 
Hozirgi  Namangan  viloyati  Kushon  qishlog‘i  va  Kosonsoy  tumani  shular 
jumlasidandir. Ular mil.av. 140-130 yillarda Yunon-Baqtriyani ham o‘zlariga tobe 
qiladilar  va  "Katta  Yue-chje  davlat  uyushmasiga  asos  soladilar.  Bu  davlat 
uyushmasiga  beshta  hokimlik:  Guyshuan,  Xyumi,  Shaunmi,  Xise  va  Dumilar 
bo‘ysunar edi. 
Bulardan  biri  Guyshuan  (Kushon)  hokimligi  ancha  kuchayib,  boshqa 
hokimliklarni  birlashtiradi  va  Guyshuan  hokimi  Kujula  Kadfiz  o‘zini  yagona 
hokim  deb  e'lon  qiladi.  Natijada,  yangi  davlat-  Kushon  davlati  paydo  bo‘ladi  va 
hozirgi  Surxondaryo  viloyatining  Shurchi  tumanidagi  Dalvarzintepada  joylashgan 
manzilgoh bu davlatning poytaxti bo‘lib qoladi. Kujula Kadfiz davlat chegaralarini  
kengaytirib,   qudratini oshiradi. Parfiya, hozirgi Afg‘oniston hududi va Kashmirni 
egallaydi.  Kujula  vafotidan  keyin  uning  o‘g‘li  Vima  taxtga  chiqadi  va 
Hindistonning markaziy viloyatlarini o‘z davlati tarkibiga  qo‘shib oladi.  
Vima  Kadfiz  30  yil  hukmronlik  qilgan.  Undan  so‘ng  Kanishka  mamlakatni 
boshqaradi  va  u  Hindistonning  janubiy  hududlarini  zabt  etadi.  Natijada,  Kushon 
davlati  katta  saltanatga  aylanib,  Xitoydagi    Xan    davlati  hamda  Rim  imperayasi 
bilan  raqobatlashish  darajasiga  ko‘tariladi.  Kushonda  davlat  tipi  konfederativ 
podshohlik bo‘lib, boshqaruv shakli monarxiya edi. Viloyatlar va shaharlar davlat  
tepasida  turuvchi  oliy    hukmdor  noiblari    tomonidan    boshqarilgan.  Ular  oliy  


25 
 
hukmdorga  so‘zsiz itoat  etib,  doimiy  ravishda davlat xazinasiga o‘lponlar    to‘lab  
turganlar. 
Kushonlar  davlatida  zarb  etilgan  kumush,  oltin  tangalarning  bir  tomonida 
Budda  xudolari,  zardushtiylar  xudolari  Anaxita,  Mitra  rasmlari  uchrasa,  ikkinchi 
tomonida  esa  "shoh",  "shohlar  shohi"  atamasini  ko‘ramiz.  Buyuk  ipak  yo‘li 
tarmoqlarida joylashgan Kushon podshohligi gullab yashnadi. Ko‘pdan-ko‘p yangi 
shaharlar  bunyod  etildi.  Bu  davrda  ko‘plab  sug‘orish  inshootlari  qurilib,  yangi 
yerlar  o‘zlashtirildi.  Shaharlar  qurilishida  aniq  binokorlik  qoidalari  amalga 
oshirilgan.  Shaharlar  to‘g‘ri  burchakli    bo‘lib,  qalin  devorlar  bilan    o‘ralgan. 
Shahar    tuzilishiga  ko‘ra,  u  bir  necha  qismlarga  bo‘lingan:  hokim  saroyi  (qal'a), 
hunarmandchilik  ustaxonalari,  guzarlar,  alohida  ibodatxonalar  joylashgan  qismi, 
savdo maydoni va  boshqalar tartibli ravishda joylashgan edi. 
Kushon podshohligi iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo va 
hunarmandchilik tashkil qilgan. Ular yuqori darajada rivojlangan.  
Hindiston,  Xitoy  va  Rim  saltanati  bilan  savdo  va  elchilik  munosabatlari 
o‘rnatilgan  edi.  Savdo  munosabatlarining  rivojlanishida  Buyuk  ipak  yo‘lining 
ahamiyati  katta  bo‘lgan.  Termizdan  Rim  tangalari  xazinasi,    o‘rta    yer  dengizi 
atrofi hududlarida esa kushon tangalari topilgan. 
Kanishka  davrida  Hindistondan  tarqalgan  Budda  dini  davlat  diniga  aylandi. 
Oromiy  va  yunon  yozuvlari  bilan  birga  kushon  yozuvi  ham    mavjud  bo‘lgan. 
Kushon  saltanati  davrida  me'morchilik  va  tasviriy  san'at  yuksak  darajada 
rivojlangan  edi.  Buni  o‘lkamiz  ning  Ayritom,  Ko‘xna  Termiz,    Qoratepa  budda 
ibodatxonalari  Fayoztepa,  Xolchayon,  Dalvarzintepa  va  boshqa  joylardan  qazib 
olingan  arxeologik  topilmalardan  ko‘rishimiz  mumkin.  Muxtaram    o‘quvchi,  
talabalarimiz  yurtimizdagi O‘zbekiston  davlat tarix muzeyi, O‘zbekiston amaliy 
san'ati  muzeyi  va  boshqa    muzeylardagi  tarixiy  eksponatlarni  ko‘rish    jarayonida  
bunga o‘zi ham amin bo‘ladi. Kushon davri shaharlari  harobalarini va  qabrlarini 
o‘rganish    o‘lka  xalqlarning  urf-odatlari,  diniy  qarashlari  to‘g‘risida  qimmatli 
ma'lumotlar  beradi.  Xususan,  Dalvarzintepa  ashyolari  kushonlarning  diniy 
e'tiqodlari    buddizm  bilan  zardushtiylik  bo‘lganini  ko‘rsatadi.  Ayniqsa,  yapon 
olimlari  bilan  Darvarzintepada,  fransuz    arxeologlari  bilan  Afrosiyobda    olib  
borilgan tadqiqotlar talabalarimizga    muhim   ma'lumotlar   beradi. 
Kushon  saltanati  inqirozi  Xuvishka  podshohligi  davridan  boshlanadi.  Bu 
jarayon  Erondagi  Sosoniylar  davlatining  tarix  sahnasiga  chiquviga  asosiy  omil 
bo‘ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (milodiy 242-243 yillar) va 
Shopur  II  ning  (mil,  309-379  yillar)  Kushonlarga  bergan  zarbalari  hal  qiluvchi 
o‘rin tutdi. IV asrga kelib Kushon podshohligi asosiy hududlaridan mahrum bo‘ldi. 
Kushonlarning  ayrim  mulklari  faqat  Shimoliy  Hindistonda  ma'lum  vaqtgacha 
saqlanib qoldi. 
IV 
Buyuk  ipak  yo‘li.    Buyuk    ipak  yo‘li    miloddan  avvalgi  I  ming  yillikning 
ikkinchi yarmidan to milodiy XV asrgacha  Xitoy,  Hindiston, O‘rta Osiyo, Eron, 
Yaqin Sharq hamda O‘rta dengiz mamlakatlarini g‘arb bilan tutashtiruvchi savdo-
sotiq  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarining  rivojlanishida  asosiy  vosita  bo‘lgan. 
Nemis  sharqshunos  olimi      Ferdinand  fon  Rixtgofen  1877  yilda  Xitoy  nomli 


26 
 
asarida bu karvon yo‘llar  tarmog‘ini avvallari  ular orqali  asosan ipak  va  shoyi 
tashilgani uchun "ipak yo‘li"  deb atadi. Keyinchalik "Buyuk ipak yo‘li" atamasini 
ko‘pchnlik  tadqiqotchi  va  olimlar  ishlatadigan  bo‘ldilar.  Lekin  miloddan  burungi 
bir  necha  asrlar  qimmatbaho  toshlar  tashiladigan  "Lojuvard  yo‘l"  Badaxshonni 
Eron, Mesopatamiya, Suriya Misr kabi  davlatlar bilan bog‘langan. "Nefrit yo‘li" 
esa Turkistonni Sharqiy Xitoy bilan bog‘langan.    
Miloddan  avvalgi  II  asr  oxiridan  boshlab  O‘rta  Osiyo  bilan  Xitoy  o‘rtasida 
muntazam  diplomatik  va  savdo  munosabatlari  amalga  oshirila  boshlangan.  Xitoy 
hukmdorlari  o‘z  elchilarini  katta  sovg‘a-salomlar  bilan  nafaqat  O‘rta  Osiyoga, 
balki  Buyuk  ipak  yo‘li  orqali  Eron  Mesopotamiya  va  Kichik  Osiyo  davlatlariga 
ham  yuborganlar. Buyuk   ipak yo‘lida yangi-yangi  shaharlar, karvonsaroylar va 
savdo  nuqtalari        bunyod  etildi.  O‘rta  Osiyo  hududlari  o‘zining  geografik 
joylashgan  mavqeiga  ko‘ra  Buyuk  ipak  yo‘li  taraqqiyotida  munosib  o‘rin 
egallagan.  Chunki,  savdogarlar  Sharqiy  Turkiston,  Xorazm,  Buxoro,  Naxshab, 
Termiz, Samarqand kabi shaharlarda o‘z mollarini sotib  bu hududlardan  o‘zlariga 
kerakli  bo‘lgan  buyumlarni  harid qilib   qaytar   edilar. 
Buyuk  ipak  yo‘li  12  ming  km  uzunlikda  bo‘lgan.  U  Sariq  dengiz  sohilidan 
boshlanib,  Sharqiy  Turkiston,  Markaziy  Osiyo,  Eron,  Mesopotamiya  orqali  O‘rta 
er  dengizi  sohillarigacha  borgan.  Ikkinchi  yo‘nalish  Markaziy  Osiyo    orqali 
Hindistonga    olib  borgan.  Bu  yo‘lda  qator  qadimiy  shaharlar  joylashgan:  Sian, 
Dunxuan,  Yorkent,  Samarqand,  Buxoro,  Termiz,  Marv  va  boshqalar.  Markaziy 
Osiyo  kumushiga  ehtiyoj  sezgan  mamlakatlarga  boradigan  "Kumush  yo‘li"  ham 
bo‘lgan. Bu yo‘l Xazar xoqonligi va Bulg‘or davlati orqali Kiev, Rusi va Yevropa 
mamlakatlariga borgan. U Buyuk ipak yo‘lning shimoliy tarmog‘i  hisoblanib,  VI 
asrdan  boshlab ishga tushgan.  
Farg‘ona vodiysida ipak yo‘li ikki tarmoqqa bo‘lingan. Birinchisi O‘zgandan 
Axsi, qamchiq davoni orqali (yozda) Iloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi 
janubiy tarmoq bo‘lib, o‘zgandan O‘sh, Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, 
Samarqand,  Buxoroga  o‘tgan.  Asosiy  karvon  yo‘llaridan  tashqari  ichki  savdo 
yo‘llari ham bo‘lgan. Biri Axsidan Koson orqali Chust vohasiga o‘tgan. Yana biri 
Pop,  Zarkent  orqali  konchilar  qarorgohlari  va  yaylovlariga  borgan.  Qurama  va 
Oloy  tog‘lari  qazilma  boyliklari  va  Zarafshon  daryosi  boyliklari  tufayli  bu    yo‘l 
tarmog‘i "Oltin yo‘l" deb  atalgan. 
Bu  yo‘l  XV-XVI asrlarga kelib o‘zining dastlabki mavqeini yo‘qota bordi. 
Chunki  bu  davrlarda  dengiz  yo‘li  kashf  etildi,  savdo  kemalari  orqali  turli  yurtlar 
bilan  bordi-keldi  qilinadigan  bo‘ldi.  Keyingi  asrlarda  o‘zaro  iqtisodiy  va  o‘zga 
munosabatlar  birmuncha  osonlashdi,  yangidan-yangi  transport  vositalari  kashf 
etildi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


27 
 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish