Gumanitar fanlar


-mavzu: O’zbek xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana05.01.2021
Hajmi0,86 Mb.
#54834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
tarix

6-mavzu: O’zbek xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. 
Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Jadidchilik. 
 
Reja: 
1.  Chor  Rossiyasinin  g  O‘rta  Osiyoni  bosib  olishi  va  uning  mustamlakachilik 
mohiyati. 
2.  Turkiston  xalqlarining  chorizm  zulmiga  qarshi  ozodlik  kurashlari.  1916-yil 
qozg‘oloni. 
3.  Turkistondagi ma'naviy hayot. Jadidchilik harakati va uning mazmun, mohiyati. 
 
 Uzoq  muddat  davomida  shakllangan,  rivojlangan  Movarounnahrning  uch 
mustaqil,  alohida  davlatlarga  bolinib  ketishi  bir  xalq,  yagona  iqtisodiy  xo‘jalik 
uchun  salbiy  voqea  edi.  Xonliklar  o‘rtasidagi  tinimsiz  ozaro  urushlar  barcha 
mamlakatlar  uchun  birdek  og‘ir  siyosiy  vaziyatni  yuzaga  keltirgandi.  Bu  holat 
o‘lkaga  yangi,  navbatdagi  dushmanning  kirib  kelishi  uchun  yaxshi  omil  edi. 
Markazlashgan rus davlati XVI asrning 50-yillarida tashkil topa boshladi. Dastlab 
oz atrofidagi unga doimo tahdid solib kelgan davlatlarga zarba berdi va bosib ola 
boshladi.  Keyinchalik  o‘z  qoshnilarining  yerlarini  turli sabablar  bilan  bosib  olish 
siyosatini yurgizdi. 
XIX  asrning  30-40-yillarida  jahonning  yirik  kolonial  davlatlari  tomonidan 
bo‘lib  olingan  dunyoni  qayta  bo‘lib  olishga  intilishlari  natijasida  Angliya  va 
Rossiya  Markaziy  Osiyodagi  manfaatlari  toqnashishiga  olib  keldi.  Angliyaning 
asosiy  maqsadi  xonliklarni  bosib  olishga  chog‘lanayotgan  Rossiyaning  rejalarini 
barbod  qilish,  O‘rta  Osiyo  bozorlarini  egallash  edi.  Rossiyaning  O‘rta  Osiyoni 
bosib olishini tezlashtirgan quyidagi omillarni eslaylik: 
1.  Rossiya  yengil  sanoatini  ta'minlab  beruvchi  arzon  xomashyo  bazasining 
O‘rta Osiyoda mavjudligi. 
2.  Qrim  urushi  (1853-1856  yy.)  tufayli  Qora  dengiz  bandargohlarining 
qolidan ketishi va uning ornini O‘rta Osiyoni egallash orqali to‘ldirish. Shu orqali 
janubdagi  muzlamaydigan  dengizlarga  chiqish  va  Turkiston  bu  bosqinchiiik 
yurishlarida platsdarm vazifasini otashi. 
3.  Rossiyaning  Evropa  bozorlari  bilan  raqobat  qila  olmasligi  sababli  ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun O‘rta Osiyo bozorlarini egallash. 
4.  Rossiyada  o’tkazilgan  yer  islohotlari  tufayli  qashshoqlashib  qolgan 
aholini bu yerga ko’chirib keltirish va ularni yer bilan ta'minlash. 
Yuqoridagi  iqtisodiy  va  siyosiy  sabablardan  kelib  chiqib,  Chor  Rossiyasi 
jiddiy  harakatlarni  boshlab  yubordi.  Turkistonning  Rossiya  -  imperaryasi 
tomonidan bosib olinishi to’rt bosqichda ro’y berdi. 
I  bosqich-  1847-1864-yillar  bo‘lib,  bu  davrda  chorizm  armiyasi  1847-yili 
Sirdaryoning  quyi  oqimini  bosib  oldi.  1853-yilda  Qoqon  xonligining  Oqmasjid 
qal'asi bosib olindi va  uning  o’rnida  Perovsk istehkomi  qurildi. 1864  -  yilda  chor 
qo‘shinlari Pishpek va Toqmoqni bosib oldilar. 
II bosqich- 1865-yildan boshlanib, 1868-yilga qadar davom etadi. 1865 yilda 
Toshkent,  1866-yilda  Xojand,  Oratepa,  Jizzax,  1968-yilda  Samarqand  va 
Kattaqorg‘on shaharlari bosib olindi. 


60 
 
III bosqich – 1873-yili fevralidan  to 1879-yil avgust oyigacha davom etadi. 
1873  yili    Xiva,  1876-yil  Namangan  bosib  olindi.  Biroq  Goktepa  qal'asini  qamal 
qilayotganida chor qoshinlari mag‘lubiyatga uchradi. 
IV  bosqich-1880  yil  oxiridan  to  1885-yilga  qadar  davom  etadi.  1881-yilda 
Goktepa  (Ashxobod)  qal'asi  bosib  olindi,  1885-yilda  esa  ingliz  ofitserlari 
qo’mondonlik  qilgan  afg‘on  otryadlari  tor-mor  etildi.  Chorizm  bosqinining  ayrim 
tafsilotlariga  to’xtalamiz.  1859  -  yilda  Aleksandr    II  Qoqon  xonligini  bosib  olish 
tog‘risida  qaror qabul  qildi.  Qoqon  xonligining hali  1853-yildayoq  bosib  olingan 
sobiq  Oqmasjid  qal'asi  bolmish  «Perovskiy  istehkomi»  hujumning  tayanch 
manziliga  aylandi.  Qoqonliklar  qahramonlarcha  mudofaa  qilishiga  qaramasdan, 
Oqsuv, Peshtepa va Chordevor qal'alari ham bosib olindi. 
1864-yil  iyun  oyida  Turkiston,  oktyabrda  esa  Chimkent  shaharlari  bosib 
olindi.  1864-yil  oktabrda  general  Chernyayev  Toshkent  shahrini  egallash 
maqsadida  hujum  boshladi.  Toshkent  aholisiga  yordamga  lashkarboshi  Mulla 
Alimqul  Qoqondan  yetib  keldi  va  shahar  mudofaasini  tashkil  etishga  kirishdi. 
Shahar  mudofaachilari  bu  hujumni  qaytardi  va  chor  qoshinlari  Chimkentga 
chekinishga  majbur  bo‘ldi.  Bu  og‘ir  mag‘lubiyat  chorizmni  to’xtatib  qololmadi. 
1865  yilning  bahoridan  general  Chernyayev  Toshkentga  qarshi  yangi  hujum 
harakatlarini boshlab yubordi. 
Chernyayev 1865-yil 7 mayida Toshkentga yaqinlashib keladi. Jang dahshatli 
tus olib, ikki tomondan ko‘p qurbonlar va yaradorlar boladi. Jangda Mulla Alimqul 
og‘ir yarador bo‘lib, Toshkentda vafot etadi. Chernyayevning buyrug‘i bilan uylar 
yondirildi,  egalari  otib  tashlandi,  bir  o‘rta  ham  yoshu  qariga  shafqat  qilinmadi. 
1865  yil  iyun  oyida  Toshkent  taslim  bo‘ldi.  Orenburg  general-gubernatorligi 
tarkibida  Turkiston  viloyati  tuzildi,  uning  harbiy  gubernatori  etib  M.  Chernyayev 
tayinlandi. 
Chernyayev  1866-yil  yanvarida  Jizzaxga  hujum  qiladi  va  mag‘lubiyatga 
uchraydi, oqibatda Chernyayev Sankt-Peterburgga chaqirib olinadi, orniga general 
D.Romanovskiy  tayinlandi.  U  Sibir  va  Orenburgdan  yordam  olib  Buxoro 
amirligiga  qarshi  yurish  boshladi.  1866  -  yil  may  oyida  bo‘lgan  jangda  amir 
Muzaffar qo‘shinlari yengildi. Romanovskiy Xojandni egalladi. 1866-yil avgustda 
Orenburgdan  general-gubernator  Krijanovskiy  Toshkentga  keldi  va  Romanovskiy 
bilan  birgalikda  Buxoro  amirini  tobe  qilish  harakatini  boshlashdi.  Katta  qo’shin 
tortib  1866-yil  oktabrda  O’ratepa  viloyati,  Zomin  qal'asini  bosib  oldi,  so‘ng 
Jizzaxni egalladi. 
Podsho Aleksandr II 1867-yil 14-iyulda Turkiston general-gubernatorligi va 
Turkiston  harbiy  okrugini  tuzish  tog‘risida  Farmon  berdi.  General-gubernator  va 
okrug  qo’mondoni  etib  general-ad'yutant  Fon  Kaufman  tayinlandi.  Unga  keng 
vakolat  berilib  harbiy-ma'muriy,  moliyaviy-iqtisodiy,  fuqarolik  ishlarini  mustaqil 
hal qilish huquqlari berilgan edi, shu boisdan u «Yarim podshoh» deb atalardi. Bu 
tadbir  Chor  Rossiyasining  O‘rta  Osiyoni  bosib  olish  yolidagi  harakatida  yangi 
bosqich bo‘ldi. 
1868-yil  Buxoro  amiri  qo‘shinlari  bilan  chorizm  qo‘shinlari  o‘rtasida 
Choponota  tepaligida  jang  bo‘ldi.  Bu  hujumga  Turkiston  general-gubernatori 
Kaufmanning shaxsan ozi boshchilik qildi va Samarqand egallandi. Amir Muzaffar 


61 
 
1868-yilda  Fon  Kaufman  bilan  sulh  tuzishga  majbur  bo‘ldi  va  Rossiya 
imperatorining  vassaliga,  ya'ni  xorijiy  mamlakatlar  bilan  mustaqil  aloqalar  qila 
olmaydigan  qaram  davlatga  aylantirildi.  Sulhga  binoan  Xojand,  Oratepa,  Jizzax, 
Samarqand,  Kattaqorg‘on  Rossiya  imperiyasi  tarkibiga  kiritildi,  amir  500  ming 
som tovon tolash majburiyatini oldi. 
Fon Kaufman 1873-yil bahorida Xiva xonligiga yurish boshladi. Amudaryo 
boylarida qirg‘inbarot janglar bo‘1di. 1873-yil Kaufman otryadlari Amudaryodan 
otib  Xazoraspni  egalladi,  Qong‘irot  va  Xo‘jayii  shaharlari,  Mang‘it  qal'asi  zabt 
etildi, talandi. Istilochi qoshinlar Xivani zabt etadi. 1873-yil 12-avgustda Kaufman 
bilan  Rahimxon  uchrashuvi  bo‘ldi  va  Gandimiyon  shartnomasi  imzolandi. 
Shartnomaga muvofiq, Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi, Amudaryo 
quyi  oqimining  ong  tomonidagi  yerlar  Rossiya  imperiyasi  tarkibiga  kiritildi, 
xonlikka  2  million  200  ming  som  tovon  tolash  yuklatildi,  Rossiya  savdo-
sanoatchilari Xiva xonligida boj va majburiyatlarni bajarishdan ozod etildi.  
Kaufman  Xiva  xonligi  taqdirini  hal  qilgach,  Qoqon  xonligini  tugatishga 
kirishdi.  Turkiston  general-gubernatori  K.P.Kaufman  Qoqon  xonligidan  bosib 
olingan  yerlarni  Rossiya  tarkibiga  kiritilganligini  rasmiy  qonunlashtirib  olish 
maqsadida polkovnik Shaufusni Xudoyorxon huzuriga yubordi va xon 1868-yil uni 
qabul  qilib,  shartnomaga  muhr  bosdi.  Unga  kora,  rus  savdogarlariga  katta 
imtiyozlar  berildi.  Xonlik  tashqi  olamdan  uzib  tashlandi  va  Rossiyaning  siyosiy 
qaramligiga tushib qoldi. Qoqon xonligi bosib olinishiga qarshi katta g‘alayon yuz 
berdi.  Bu  qozg‘olon 1873-1876-yillarda bo‘lib  otib,  unga  Abdurahmon  oftobachi 
va  Po‘latxon  rahbarlik  qilgan.  Podsho  armiyasining toplari  bilan  yakson  qilingan 
xalq harakati qonga botirildi. Birgina Andijonning topga tutilishi natijasida yigirma 
mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. Qoqon xonligi tugatilib, uning o‘rnida Farg‘ona 
viloyati  tuzildi  va  Turkiston  general-gubernatorligiga  qo‘shib  olindi.  Viloyatga 
general Skobelev gubernator etib tayinlandi. Qoqon xonligining aholisi uch million 
som  tovon  tolashga  majbur  qilindi.  Chor  Rossiyasi  O‘rta  Osiyoda 
mustamlakachilik  siyosatini  olib  bordi.  Milliy  davlatchilik  tugatildi.  O‘lkada 
mutlaq  hokimiyat  general-gubernator  qo‘lida  to’plandi.  General-gubernatorlik 
kengashi va to‘rt bolimdan iborat mahkama tuzildi. 
Turkiston  general-gubernatorligi  tarkibida  XIX  asr  oxirlariga  kelib  besh 
viloyat  tashkil  etildi.  Sirdaryo,  Farg‘ona,  Samarqand,  Ettisuv,  Kaspiyorti 
viloyatlarini  shaxsan  imperatorning  o’zi  tayinlagan  harbiy  gubernatorlar 
boshqarardi.  General-gubernator  ayni  bir  vaqtda  podshoh  noibi,  harbiy  okrug 
qoshinlari  qomondoni,  bosh  mirshab,  bosh  prokuror  bo‘lgan  .  U  Buxoro  amiri 
faoliyatini  Rossiya  imperator  agentligi  orqali,  Xiva  xonini  esa  Amudaryo  bolimi 
boshlig‘i orqali nazorat qilib turgan. Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga, 
viloyatlar  uyezdlarga,  uyezdlar  esa  volostlarga,  volostlar  uchastkalarga, 
uchastkalar esa oqsoqollar boshqaradigan hududlarga bolingan. 
Mustamlakachilar  Toshkent  shahrini  Turkiston  general-gubernatorligining 
ma'muriy markazi etib tanlashdi. Bosqinchilar Toshkentning sharqiy qismidan joy 
tanlab,  tanlangan  joydagi  mahalliy  aholini  ko‘chirib,  Rossiyadan  kelganlar 
yashaydigan  uylar,  kochalar,  oromgohlar  qurdilar.  Shaharning  bu  qismi  yangi 
shahar  deb  ataldi  (shaharni  hokim  boshqargan).  Eski  shaharning,  ya'ni  mahalliy 


62 
 
aholi  yashaydigan  qism  aholisining  rus  mustamlakachilari  yashaydigan  shahar 
qismiga  otishi  ta'qiqlangan  edi.  Rus  mustamlakachiligining  Turkistondagi  asosiy 
tayanch  ma'muriy  va  majbur  qiluvchi  tashkiloti  politsiya  idorasi  bo‘lib,  u  katta 
vakolatlarga ega edi. 
Mustamlakachilik  ma'muriyatining  muhim  huquqiy  bog‘ini  sud  organlari 
hisoblangan. Sudlar ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lib, ular sudlar va xalq sudlari deb 
atalgan.  Ularning  birinchisi  sof  mustamlakachilik  shaklida  bolsa,  xalq  sudlari 
shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi. 
Rossiya  imperiyasining  1886-yilgi  «Nizom»i  o‘lkaga  rus  aholisini  ko’chirib 
keltirish  yoli  bilan  o‘lkani  ruslashtirish  harakatini  qonunan  mustahkamlab,  unga 
siyosiy tus berdi. Ko’chib keluvchi har bir oilaga 10 tanobdan kam bo‘lmagan yer 
ajratish  belgilandi.  Imperiyaning  qora  tuproqli  markaziy  hududlaridan  yer 
taqchilligidan  qutulish  siyosati  oqibatida  mustamlaka  Turkistonda  boyish  uchun 
rus mujiklari ko‘plab kela boshladi. 15 yil davomida (1875-1890 yy.) Turkistonga 
1300 oila kochib kelib joylashdi.  
Turkiston  aholisining  5  foizini  tashkil  etuvchi  rus  mustamlakachilari  qoliga 
hosildor  yerlarning  60  foizi  berib  qoyilgan  edi.  Turkistonni  paxta  xomashyosi 
yetishtiradigan  bazaga  aylantirish  Rossiya  agrar  siyosatining  bosh  maqsadi  deb 
belgilandi.  Rossiya  Turkistonni  qisqa  muddatda  o‘z  sanoati  uchun  xomashyo 
manbaiga  aylantirdi.  1885-1915-  yillar  davomida  paxta  maydoni  13  barobarga 
osdi.  O‘lka  Rossiyaning  asosiy  paxta  bazasiga  aylandi.  Rus  toqimachilik  sanoati 
Turkiston  paxtachiligining  rivoji  tufayli  jahon  bozorida  mustahkam    marrani 
egalladi. 1900 yilda Turkiston paxtasi rus sanoati ehtiyojining 25% ni tashkil qilib, 
bu  raqam  yil  sayin  oshib  bordi  va  1913-yilga  kelib  50%  ga  oshdi.  Xonliklar 
davrida  davlat  mulki  hisoblangan  katta  yer  maydonlari  Rossiya  davlat  xazinasiga 
tegishli  deb  e'lon  qilindi.  Vaqf  mulklari  ham  asta-sekin  davlat  ixtiyoriga  olindi. 
Chor  ma'muriyati  Turkistonni  Rossiyaning  bir  qismiga  aylantirish,  uning  janubiy 
chegaralarida  harbiy  istehkomlar  qurish,  boyliklarni  va  yetishtirilayotgan 
xomashyoni tashib ketish maqsadida temir yo’l qurilishini boshlab yubordi. 1880-
1889  yillarda  Krasnovodsk,  Ashxabod,  Marv,  Chorjoy,  Buxoro,  Samarqand, 
Toshkent, Qoqon, Andijon shaharlarini bog‘lovchi O‘rta Osiyo temir yo‘li qurildi. 
Rossiya  imperiyasi  Turkiston  xalqini  ma'naviy-madaniy  jihatdan  tutqunlikka 
solish,  uzoqqa  moljallangan  manfaatiga  boysundirish  siyosatini  yuritdi.  Uning 
mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, 
xalqning  ma'naviy,  madaniy,  tarixiy  merosini  yoq  qilish,  ruslashtirishdan  iborat 
edi. 
1884-yilda  Toshkentda  dastlabki  «rus-tuzem  maktabi»  ochildi.  Shunday 
maktablarda  rus  va  o‘zbek  muallimlari  dars  mashg‘ulotlarini  otadigan  bo‘ldi. 
Maqsad o‘zbek yoshlariga rus tilini orgatish va rus turmush tarzini singdirish edi.  
Chor  mustamlakachilari  o‘lkaning  yer  osti  va  yer  usti  boyliklarini  ko‘proq 
ozlashtirish  maqsadida  Turkistonning  tabiiy  va  geografik  dunyosini  tekshirishga 
alohida  e'tibor  berdilar.  1867-yilda  Toshkentda  meteorologik  stansiya  ochildi.  U 
o‘lka  iqlimini  o’rganish  bilan  shug‘ullandi.  1870-  yilda  Toshkentda  kutubxona 
tashkil  qilindi.  1874-yilda  observatoriya  ochildi.  1870-yil  O‘rta  Osiyo  olimlari 
jamiyati tuzildi. 


63 
 
II 
Rossiya  Turkistonni  o‘z  mustamlakasiga  aylantirgach,  uning  siyosiy, 
iqtisodiy, ma'naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Chorizmning mustamlakachilik 
zulmiga qarshi xalqning noroziligi oshib bordi, isyon va qo’zg‘olonlar ko’tarishga 
sabab  bo‘ldi.  1880-1883  yillarda  Ho‘jand,  Oratepa,  Namangan,  O‘sh  va  Chustda 
ko‘tarilgan qo’zg‘olonlar bunga misol bola oladi. Manbalarda 1885-1892 yillarda 
Farg‘ona  viloyatida  xalqning  205  marta  siyosiy  chiqishlari  qayd  etilgan. 
Qo’zg‘olonlarning  harakatlantiruvchi  kuchi  dehqonlar,  shahar  hunarmand-
kosiblari,  kambag‘allar  bo‘ldi.  Bu  harakatlarda  vatanparvar  ruhoniylar,  milliy 
g‘ururini yoqotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar. 
1892-yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rus mustamlakachilarini 
talvasaga solgan va tarixga «Vabo isyoni» yoki «Toshotar voqeasi» sifatida kirgan 
qo’zg‘olon  bo‘ldi.  lyun  oyida  Toshkentda  vabo  tarqaldi.  Shahar  ma'muriyati 
shoshilinch  choralar  ko’rdi.  Mustamlaka  ma'muriyati  tibbiyot  nuqtai  nazaridan 
tog‘ri  bo‘lgan    tadbirlar  haqida  aholi  o‘rtasida  tushuntirish  ishlari  olib  bormadi, 
musulmonchilik  odatlari,  marosim,  qonun-qoidalarini  hisobga  olmadi.  Va'da 
qilingan  4  ta  yangi  qabriston  o‘rniga  faqat  bittasi  ochildi.  Shaharning  taniqli 
kishilaridan  hisoblanmish  Aziziyor  Eshon,  Abdulqosim  xoja,    bozor  oqsoqoli 
Ziyomuhammad  boshchiligidagi  mingga  yaqin  kishi  shahar  boshlig‘i  polkovnik 
S.R  Putinsev  va  eski  shahar  oqsoqoli  Muhammad  Yoqub  to’qnash  kelishdi. 
Qamchisini oynatib kelgan oqsoqol xalqning so‘zlarini, arz-dodini tinglash o‘rniga 
unga  dag‘dag‘a  qila  boshladi.  Mashhur  «Toshotar»  voqeasi  boshlanib  ketdi. 
Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochib  yashirindi. Polkovnik Putintsev 
esa  ozining  sodiq  qulini  panohiga  olib.,  xalqni  tinchitishga  urindi.  Xalq  undan 
oqsoqolni  berishni  talab  qildi.  Putintsev  ham  muzokara  orniga  kuch  ishlatishni 
afzal korib, to’pponchasini g‘ilofdan chiqarib dag‘dag‘aga otdi. Sabr kosasi tolgan 
olomon, uzoq oylab o‘tirmay, hokimga hujum boshladi. Qurollangan soldatlar etib 
kelgach, xalq ayamay o’qqa tutildi. Natijada ko‘p kishi halok bo‘ldi va yaralandi. 
Qo‘lga olingan 60 kishi turli muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindi. 
Turkistonda  kotarilgan  ozodlik  harakatining  yana  biri  1898-yilgi  Andijon 
qozg‘olonidir.  Qozg‘olonga  Andijon  yaqinidagi  Mingtepa  qishlog‘ida  yashovchi 
Muhammad  Ali  Eshon  boshchilik  qildi.  Qozg‘olonchilar  Andijondagi 
mustamlakachilarning  harbiy  gornizoniga  bostirib  kiradi  va  kazarmaning 
piramidalarida 30 ga yaqin turli miltiqni olja qilib olib, birinchi qatordagi soldatlar 
ustiga  tashlanishadi.  Ularga  ichkaridagi  soldatlar  qarshilik  korsatadilar.  Harbiy 
qoshinlar  shaharni  o‘rab  olib,  qo‘zg‘olonni  harbiy  kuch  bilan  shafqatsizlarcha 
bostiradi.  Mustamlakachilar  Muhammad  Ali  Eshonni  tutish  uchun  Mingtepaga 
bostirib  kirdilar,  uch  soatcha  otishma  va  tintuv  o‘tkazdilar.  Nihoyat,  Eshon 
Arslonbob  yaqinidagi  Toshko‘prikda qo‘lga  tushirildi.  Eshon va  uning  muridlari, 
tanish-bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatag‘on uyushtirildi. Dukchi 
Eshon  osib  o‘ldirildi,  uning  45  nafar  yordamchilari  qatl  etildi,  208  kishi  Sibirga 
surgun qilindi. Dukchi Eshon qozg‘oloni izsiz ketmadi. Butun Farg‘ona vodiysida 
mustamlakachilarga  qarshi  harakat  davom  etdi.  Yakkatut,  Namangan,  Beshariq, 
Marg‘ilon va boshqa tuman, qishloqlarda bosqinchilarga qarshi harakatlar bo‘ldi.  


64 
 
Rossiya  imperatori  Nikolay  II  1916-yil  25-iyunda  Turkiston,  Sibir  va 
Kavkazdagi  19  yoshdan  43  yoshgacha  bo‘lgan    erkaklarni  front  orqasidagi 
xizmatlar  uchun  safarbar  qilish  tog‘risida  farmon  chiqardi.  Turkiston  general-
gubernatoriga  zudlik  bilan  farmonni  amalga  oshirish  buyurilib,  Sirdaryo  viloyati 
zimmasiga  87  ming,  Samarqandga  38  ming,  Farg‘ona  zimmasiga  50  ming  kishi 
yuborish majburiyati yuklandi. O‘lkada safarbar qilinuvchilarning ro‘yhatlari tuzila 
boshlandi.  Xalq  bu  tadbirga  «mardikorlikka»  olish  deb  nom  berdi.  Mahalliy 
ma'muriyat  mardikorlikka  chaqirishni  boylik  orttirish  vositasiga  aylantirdi. 
Boylarning  o‘g‘illari  pul  bilan  qutulib  qolar,  kambag‘al  oilalar  esa  yolg‘iz 
og‘ildan, boquvchisidan ayrilar edi. Bu hol xalqning kuchli noroziligiga olib keldi. 
Iyul oyida Xojand shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unga dehqonlar, 
mardikorlar,  chorakorlar,  ayollar-jami  3000  dan  ortiq  kishi  qatnashib,  namoyish 
«Mardikor  bermaymiz!»  shiori  ostida  o‘tdi.  Politsiya  namoyishni  bostirishga 
kirishdi,  ular  ustiga  tosh  yog‘ildi.  Harbiy  qismdan  soldatlar  etib  kelib 
politsiyachilar  bilan  birgalikda  namoyishni  bostirdi.  Samarqand  uezdining  Urgut 
qishlog‘ida  g‘azabga  kelgan  2000  kishilik  dehqonlar  olomoni  volost 
boshqaruvining  mahkamasi  oldiga  toplandi.  Mahkama  xodimlari  kaltaklandi. 
O‘sha  kuni  Samarqand  uezdining  Siyob,  Mahalla,  Ho‘ja  Ahror  va  Angor 
volostlarida ham namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 
11-iyulda  Toshkentda  hunarmandlar,  ishchilar,  shahar  kambag‘allari  va 
shahar  atrofidagi  dehqonlar  Beshyog‘ochdagi  politsiya  boshqarmasi  tomon  yo‘l 
oldilar.  Namoyishchilar  «bolalarimizni  bergandan  kora  ozimiz  olganimiz 
yaxshiroq,  podshoh  o‘  lib  ketsin»  deya  maydonni  larzaga  keltirib  qichqirdilar. 
Mahalliy  aholi  faollaridan  Yolchi  Ibrohimov  (konchi),  G‘ulom  Kamolov  (g‘isht 
teruvchi),  ishchi  ayol  Zuhrabibi  Musayeva  va  boshqalar  xalqni  podshoh 
hukumatiga qarshi qat'iy kurash boshlashga da'vat etdilar. Tez orada jazo qo’shini 
yetib  keldi.  Natijada  ular  5  kishini  otib  oldirishdi,  15  kishi  yarador  bo‘ldi. 
Noroziliklar  Farg‘ona  vodiysida  tobora  kuchaya  boshladi.  G‘alayonlar  Qoqon 
shahri,  Kattaqorg‘on,  Rishton  qishloqlarida  ham  bo‘lib  otdi.  Ularning  barchasi 
ayovsiz  bostirildi.  9  iyul  kuni  Andijon  jome  masjidida  podshoh  farmoni  o’qib 
eshittirildi.  Aholi  yashin  tezligida  maydonni  to’ldirdi.  Xalq  safarbarlikni  bekor 
qilishni  talab  etdi.  Politsiya  va  kazaklarga  hujum  boshlandi.  Jazolovchilar 
qo’zg‘olonchilarga o‘t ochib 3 kishini oldirib, 12 kishini yarador qildilar. 
1916-yildagi  qozg‘olonning  eng  kuchli  nuqtasi  Jizzaxda  bo‘ldi.  Shahar 
aholisi  13  iyul  kuni  safarbarlikka  chaqirilganlar  royxatini  talab  qilib  oqsoqol  va 
mingboshi mahkamasiga to’plandilar. Oqsoqolni o‘ldirib, mingboshi mahkamasini 
vayron  qildilar,  ro’yxatni  topib  olib  yondirib  tashladilar.  Iyul  oyiga  kelib  butun 
Turkiston  o‘lkasida  harbiy  holat  e'lon  qilindi.  Jazo  otryadlari  va  mustamlakachi 
ma'murlarga  juda  katta  huquq  berildi.  Qo’zg‘olonchilar  safi  kengayib  bordi.  18 
iyul kuni Nazirxo‘ja Eshon boshchiligida yangi shahar tomon yurdilar. Jazo otryadi 
bilan  qozg‘olonchilar  o‘rtasida  bo‘lgan    to’qnashuvda  ikkala  tomondan  ham 
qurbonlar  bo‘ldi.  Turkiston  general-gubernatori  Jizzax  qo’zg‘olonini  bostirish 
uchun polkovnik Ivanov boshchiligida oltita topi bor 13 ta rota askar, 300 kishilik 
kazak  otryadi  va  3  rota  sapyorlarni  safarbar  etdi.  Jazo  I  otryadi  qozg‘olonni 
shafqatsizlarcha  bostirdi.  Omon  qolgan  Jizzax  aholisi  jazirama  cho‘lga  haydaldi. 


65 
 
Jizzax ishi bo‘yicha 1000 dan ortiq kishi hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib, turli 
muddatlarga  qamaldi.  1916  -  yilgi  qo’zg‘olon  butun  Turkistonga  yoyildi, 
dehqonlar  va  kambag‘allar  qozg‘olonni  harakatga  keltiruvchi  asosiy  kuch  bo‘ldi. 
Qo’zg‘olon  bostirilgan  bo‘lsa-da,  mustamlakachilar  ham  anchagina  kuchlaridan 
ajraldilar. Shuning uchun ham, A.F Kerenskiy «Urush frontlariga yangi bir front-
Turkiston  fronti  qo‘shildi»,  -deb  vaziyatga  jiddiy  baho  bergan  edi.  1916-yil 
qo’zg‘oloni  o‘lkadagi  Chor  Rossiya  mustamlakachilik  tizimining  tagi  bosh 
zaminda  ekanligi  va  uning  ustunlari  qimirlay  boshlaganini  hamda  Turkiston 
xalqlarining vatanparvarligi, g‘ururi so’nmasligini ko’rsatdi.  
 
III 
Sharq  bilan  G‘arbni  taqqoslab,  xususan  Rossiya  tasarrufiga  olingan 
musulmonlarning  jahon  taraqqiyotidan  uzilib  qolayotganini  qrim-tatar  farzandi 
Ismoil Gaspirali birinchi bo‘lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo‘q qilish, 
ma'naviyat-ma'rifat  orqali  taraqqiy  topgan  mamlakatlar  darajasiga  ko‘tarilish 
harakatini  boshlab  berdi.  Ismoil  Gaspirali  maorifni  isloh  qilish,  maktablarda 
dunyoviy  fanlarni  o’qitish  masalasini  ko‘tardi.  U  1884-yiida  Qrimdagi 
Bog‘chasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. 
"Jadid"  arabcha  so‘z  bo‘lib,  "yangi"  degan  ma'noni  bildiradi.  Ismoilbek 
g‘oyalarini  qabul  qilgan  yangilik  tarafdorlari  "jadidlar",  uning  g‘oyalari  esa 
jadidchilik  nomini  oldi.  Ismoilbek  Gaspirali  darslik  yaratdi,  ozining  "Tarjimon" 
(1883-1914 yy.) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida targ‘ib 
qildi.  Bu  gazeta  Turkiston  o’lkasi  shaharlarida,  shuningdek  Buxoro  amirligi  va 
Xiva xonligida ham tarqala boshladi. 
1892-yilda Ismoil Gaspirali Turkistonga tashrifi ham jadidchilik g‘oyalarining 
keyingi  rivojiga  ta'sir  ko’rsatdi.  U  chor  ma'murlari  hukmdorlari  va  Buxoro  amiri 
Abdulaxadxon  qabulida  bo‘ldi.  U  Buxoro  amirini  qiyinchilik  bilan  amirlik 
poytaxtida  yangi  usul  maktabi  ochishga  ko’ndirishga  erishdi.  Bu  maktabga 
"Muzaffariya" nomi berildi. 1899-yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901-yilda 
Qoqonda  Salohiddin  domla,  Toshkentda  Munavvarqori  Abdurashidxonov  va 
Samarqandda  Abduqodir  Shakuriylar  birinchi  bo‘lib  jadid  maktablari  ochdilar. 
1903-yilga  kelib  birgina  Turkiston  o‘lkasida  100  dan  ziyod  boshlang‘ich  jadid 
usuli  maktablari  ochilgan  edi.  Turkiston  jadidlariga  Mahmudxo‘ja  Bexbudiy, 
Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa 
o’nlab  milliy  ziyolilar  rahnamolik  qildilar.  Jadidchilik  harakatining  yirik 
namoyandalari  jadid  maktablari  uchun  darsliklar  ham  yaratganlar.  Xususan, 
Saidrasul  Aziziyning  "Ustozi  avval"  (1903),  Munavvarqorining  "Adibi  avval" 
(1907),  Abdulla  Avloniyning  "Birinchi  muallim",  "Ikkinchi  muallim"  (1912) 
darsliklari  alohida  e'tiborga  molikdir.  Jadidlar  yoshlarni  chet  ellarga  oqishga 
yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg‘or vakillari jadidlarning bu 
harakatini  ma'qullab  tegishli  mablag‘  bilan  ko’maklashdilar.  Ko‘pgina  umidli 
yoshlar  Germaniya,  Misr,  Turkiya  va  Rossiyaning  markaziy  shaharlariga  oqishga 
yuborildi. 1910-yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va boshqalar "Bolalar tarbiyasi" 
xayriya  jamiyatini  tashkil  etib,  1911-yilda  15  ta,  1912-yilda  30  ta  talabani 
Turkiyaga  oqishga  jonatdi.  Jadidchilik  Turkistonda  madaniy-ma'rifiy  harakat 


66 
 
sifatida  rivojlandi  va  asosiy  maqsadi  milliy  hayotni  zamonaviylashtirishga 
qaratildi. Bu jumladan quyidagilarni anglatar edi: 
-xalq ta'limini isloh qilish; 
-adabiyotni rivojlantirish; 
-zamonaviy matbuotni yaratish; 
-islom aqidaparastligi va mutaassibiikni rad etish
-zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish
-tarix fanini rivojlantirish va o‘zbek xalqining yangi tarixini yozish. 
Jadidlar  e’tiqodli,  izchil  va  chinakam  musulmonlar  bo‘lib,  hech  mahal 
Turkistonda  islom  dini  arkonlarini  taftish  qilishni  istamaganlar.  Jadidlar  islomni 
har xil sohtaliklardan tozalab, haqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlarni 
egallash  yoli  bilan  jamiyatda  uning  ta'sirini  mustahkamlashga erishmoqchi  edilar. 
Jadidlarga mutaassib ruhoniylar qarshilik ko’rsatdilar. Ular jadidlarni padarkushlar, 
maktablari haqida esa «bu xil maktabda o‘quvchi-talabalar birinchi yili gazeta oqiy 
boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarni 
taxtdan  ag‘darib  turmaga  tiqib  qoyishadi»,  -der  edilar.  Aholini  tarbiyalash, 
mafkurasini  belgilashda  Jadidlar  tarix  va  o‘z  milliy  qadriyatlarini  ishlab  chiqish 
masalalariga katta e'tibor berishgan. 
Jadidlarning  xalqaro  aloqalari  keng  qamrovli  bo‘lgan.  Ular  Rossiya, 
Turkiya,  Misr  va  boshqa  mamlakatlardagi  jadidchilik  oqimlari  dasturlaridan 
xabardor  bo‘lganlar.  Shu  bilan  birga,  jadidlar  milliy  teatrga  asos  soldilar. 
Munavvar  qori  rahnamoligida  1913-yilda  musulmon  drama  san'ati  havaskorlari 
jamiyati  -  «Turon»  truppasi  tuzildi. 1914-yil  27-fevralda  Toshkentdagi  «Kolizey» 
teatr  binosida  o‘zbek  milliy  teatrining  1-rasmiy  ochilish  marosimi  bo‘ldi.  O‘sha 
kuni  sahnada  M.Behbudiyning  «Padarkush»  pyesasi  namoyish  etildi.  Milliy  teatr 
sar.  odamlarga  millatda  mavjud  bo‘lgan  qusurlar  va  ijobiy  tomonlarni 
tushuntiruvchi oyna bo‘lib xizmat qildi. 
Abduqodir Shukuriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar 
qori  va  boshqalar  kuch-g‘ayratlarini  o‘z  islohotchilik  g‘oyalarini  aholi  orasida 
targ‘ib  etishga  qaratishdi.  Qattiq  qo’l  senzuraga  qaramasdan,  ular  o‘z  gazeta  va 
jurnallarini  nashr  eta  boshlashdi.  Turkistonda  1906-1908-yillarda  jadidlarning 
«Taraqqiy»,  «Shuxrat»,  «Xurshid»,  1913-1917-yjllarda  «Sadoi  Turkiston», 
«Samarqand», «Oyina», «Turon», «Buxoroi Sharif», «Sadoi Farg‘ona» va boshqa 
gazetalari bosmadan chiqa boshladi. 
Mustamlakachi  ma'murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini ko’rdilar. 
Ular ustidan nazorat o‘rnatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarni buzib 
tashlar,  kitob  dokonlari,  qiroatxonalarni  yopib  tashlar  edi.  Mustamlakachilarning 
jadidlarga  nisbatan  qo‘llagan  zoravonlik  choralari  ularni  ma'naviy-ma'rifiy 
islohotdan  siyosiy  qarshilik  korsatish  darajasiga  kotarilishga  olib  keldi.  Jadidlar 
boy tarixiy merosida milliy g‘oya va milliy mafkura alohida orin tutadi. Jadidchilik 
faqat madaniy hodisa bo‘lib qolmasdan, u, avvalo, siyosiy hodisa ham edi. Milliy 
taraqqiyparvarlar  o‘z  faoliyatida  davlat  va  uning  qurilishidan  tortib,  jamiyat  va 
uning ma'naviy hayotigacha bo‘lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan Jadidchilik 
madaniy-ma'rifiy,  milliy, ijtimoiy-siyosiy  harakat  edi.  U  osib  mustamlakachilarga 


67 
 
qarshi  kotarilgan  milliy-ozodlik  harakatining  mafkurasiga  aylandi.  Xulosa  qilib 
aytganda,  XIX  asrdagi  parokandalik,  uch  xonlikdagi  ozaro  notinchlik  va 
mahalliychilik  yurtimizni  jahongir  davlatlar  iskanjasiga  soldi. Bosqinchilar  uchun 
qulay  zamin  yaratdi.  Natijada,  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  Rossiya  imperiyasi 
Turkiston  xalqlarini  asoratga  soldi.  U  o‘lkani  siyosiy-hududiy  jihatdan  zabt 
etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqni ma'naviy-ruhiy boysundirishga 
erishdi.  
Rossiya imperiyasi o‘lkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi 
va Xiva xonligidan iborat uch qismga bo‘lib, tub aholi birligi va siyosiy qudratini 
sindirish  yolida  barcha  vositalardan  foydalandi.  Mustamlakachilar  Turkiston 
xalqlari  turmushida  nimaiki  ularning  istiqboliga  to‘g‘anoq  bo‘lsa,  ularni  ozodlik 
uchun  kurashdan  chalg‘itsa,  hammasini  qo‘llab-quvvatlagan  holda,  istiqlolga 
xizmat qiluvchi barcha intilishlarning payini qirqdilar. 
Rossiya  mustamlakachilarining  og‘ir  asorati  sharoitida  ham  xalqimiz 
o‘zligini, milliy qadriyatlarini, ma'naviyatini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush 
tarzini saqlab qola oldi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


68 
 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish