23
so’z
Ko’makchi
kabi, singari, sari, sayin, dovur,
uchun,
orqali
-dek, -day,
dayin, -cha
old, oldin, orqa, qarshi, avval,
bo’ylab, ko’ra, qarab, tomon
Bog’lovchi
va, hamda, ammo, lekin, biroq,
chunki, shuning uchun, agar,
go’yo, toki, basharti, garchi, xoh,
dam, yoki, yoxud, yo
-ki, (-kim),
-u, -yu, -da
vaqtida, bir, ba’zan, gоhida
Yuklama
axir, xatto, faqat, ham, naq,
go’yo, go’yoki, atigi
-mi, -ku, -gina, u/yu,
-da, -a, -oq/yoq, -dir
yolg’iz, ba’zan, bir
Jadvaldan ko’rinib
turganidek, yordamchi so’zlar salmog’i mustaqil so’zlar hisobidan ortib
boradi. Yordamchi so’zlarning boyishida yana bir yo’l ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi
turga o’tishidir, aniqr-og’i, “oraliq hodisa” xususiyatiga ega bo’lgan ko’makchi-bog’lovchi,
bog’lovchi-yuklamalarning
mavjudligi.
Masalan,
bilan,
deb,
deya
kabilar
ko’makchi-
bog’lovchilardir. Ushbu ko’makchilarning bog’lovchi vazifasida kelishi
ancha keng tarqalgan
hodisadir.
Ammo
lekin
bu
ishni
paysalga
solish
yaramaydi
gapida
bog’lovchi-
yuklama qo’llanilgan, ya’ni ammo bog’lovchisi kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan.
Bugungi kunda yordamchi so’zlarni har tomonlama o’rganish, ularni lisoniy tahlil qilish
ishlari tilshunosligimizda davom etmoqda.
Ko’makchilar yordamchi so’zlarning bir ko’rinishi sifatida.
Turkiy tillarda (jumladan,
o’zbek tilida ham) ko’makchilar ko’p yillardan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bo’lib
kelmoqda. O’zbek tilidagi ko’makchilarga birinchi bo’lib mukammal ta’rifni A.N.Kononov bergan:
“Ko’makchilar shunday bir gruppa so’zlarki, ular ot bilan yoki ob’ekt
bilan predikat
orasidagi qurol – vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo’nalish, o’xshatish kabi munosabatlarning
yaratilishida xizmat qiladi”. Sh.Shoabdurahmonov ham o’zining “YOrdamchi so’zlar” asarida
ko’makchilarga xuddi shunday ta’rif bergan: “Ko’mak-chilar ob’ektning ob’ektga yoki ob’ektning
predikatga bo’lgan turli grammatik munosabatlarini ko’rsatuvchi yordamchi so’zlardir”.
Darhaqiqat, ko’makchilar orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik ma’nolarini
aniqlash,
to’ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati bilan ko’makchi bog’lovchi va yuklamalardan
farq qiladi. Ko’makchilar ma’no va vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadi.
Shuning uchun ba’zan kelishik shakllaridan anglashilgan ma’no ko’makchi bilan ham ifodalanadi
(
Mashinada keldim - mashina bilan keldim. Ukamga oldim- ukam uchun oldim
kabi). Lekin bular
kelishik affikslariga qaraganda ma’noni aniq, konkret ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: