Gumanitar fanlar” fakulteti “milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi



Download 149,43 Kb.
bet14/18
Sana13.03.2023
Hajmi149,43 Kb.
#918730
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 5440527823661966169

Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish ja’zosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Agar qonunda ozodlikdan mahrum qilishning eng oz qismi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun tayinlansa, eng ko‘p qismi og‘ir jinoyatlar guruhiga kiruvchi jinoyatlar uchun nazarda tutilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 118-moddasi (nomusga tegish) sanksiyasida ozodlikdan mahrum qilishning muddati uch yildan yetti yilgacha berilgan. Demak, eng yuqori qismi yetti yil bo‘lganligi uchun bu jinoyat og‘ir jinoyatlar guruhiga kiradi.
Og‘ir jinoyatlar guruhiga – qasddan badanga og‘ir shikast yetka-zish (104-moddaning 2-qismi), nomusga tegish (118-moddaning 1,2-qismlari), voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish (127-moddaning 3-qismi), odamlardan foydalanish uchun ularni yollash (135-moddaning 2-qismi), odam o‘g‘irlash (137-moddaning 2-qismi), urushni targ‘ib qilish ( 150-modda), yollanish (154-modda), milliy, irqiy yoki diniy adovat qo‘zg‘atish (156-moddaning 2-qismi), davlat sirini oshkor qilish (162-moddaning 2-qismi), bosqinchilik (164-moddaning 1,2-qismlari) kabi jinoyatlarni kiritish mumkin.5
O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim ja’zosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Bunday jinoyatlar guruhiga - qasddan odam o‘ldirish (JK, 97-modda), jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning 3,4-qismlari), agressiya (151-mod-da), urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda), genotsid (153-modda), terrorizm (155-modda 2,3-qismlar), davlatga xoinlik qilish (157-modda), josuslik (160-modda), qo‘poruvchilik (161-modda) kabi jinoyatlar kiradi.
Jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra, tasniflash nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Masalan, shaxs tomonidan u yoki bu toifadagi jinoyatlarning sodir etilishi “ozodlikdan mahrum qilish” (JK, 50-modda), “shartli hukm qilish” (72-modda), “jinoiy javobgarlikdan ozod qilish” (64-68-moddalar), “jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish” (74-modda) kabi holatlarning qo‘llanishi singari jinoyat huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Jinoyatlarni obyektiga ko‘ra tasniflash masalasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi jinoyatlarni maxsus (turdosh) obyektiga qarab guruhlarga ajratish va maxsus obyektning ahamiyatiga qarab joylash-tirilishini belgilaydi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi jinoyatning maxsus (turdosh) obyektiga ko‘ra bo‘lim va boblarga ajratilgan. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining birinchi bo‘limida “shaxsga qarshi jinoyatlar”, ikkinchi bo‘limida “tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar”, uchinchi bo‘limida “iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar”, to‘rtinchi bo‘limida “ekologiya sohasidagi jinoyatlar” va shu kabi jinoyatlar bo‘limlarga ajratib joylashtirilgan. Bunda bevosita obyekti bir-biriga o‘xshash jinoyatlar bitta bo‘limga kiritilib, ana shu bo‘lim yoki bobdagi jinoyatlarning barchasi uchun umumiy bo‘lgan obyekt maxsus (turdosh) obyekt deb yuritiladi.
Jinoyatlarni tasniflash Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi jinoyatlar uchun nazarda tutilgan sanksiyalarning turlari va hajmi (og‘irlik darajasi) bilan bog‘liq bo‘ladi.6
Jinoyatlarni tasniflash, avvalambor, jinoyat qonunini qo‘llashda ahamiyatga ega. Ayniqsa, jinoyat-huquqiy institutlar va normalarni joy-joyiga qo‘yish, shuningdek, jinoyat sodir etish bosqichlari, ishtirokchilik, xavfli va o‘ta xavfli retsidiv jinoyat kabilarni e’tiborga olishda jinoyatlarni tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 34-moddasi 3-qismiga ko‘ra: “Besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish ja’zosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, ya’ni:
a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish ja’zosi tayinlangan shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin keyinligidan qat’i nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi o‘ta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi. Demak, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topishga asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, tamom bo‘lmagan jinoyatlar ularning qasddan sodir etilishidan, ya’ni og‘irligidan darak beradi. Masalan, Jinoyat kodeksi 25-moddasi 2-qismiga ko‘ra, qasddan sodir etiladigan jinoyatlar boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi.
Shuningdek, jinoyatlarni tasniflash jazo tayinlash amaliyotida ham muhim o‘ringa ega. Masalan, Jinoyat kodeksi 50-moddasi 5-qismiga ko‘ra: “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan-larga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
c) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
d) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. Avf etilib, o‘lim ja’zosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.”
Jinoyat kodeksi 51-moddasi 1-qismiga ko‘ra, otib o‘ldirish tari-qasidagi o‘lim ja’zosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning 2-qismi), terrorizm (155-moddaning 3-qismi) uchun belgilanadi.
Jinoyat kodeksi 73-moddasi 3-qismiga ko‘ra: Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini;
c) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki ja’zosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Demak, jinoyatlarni tasniflash jazo tayinlashning birinchi va asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. Sud amaliyotida jinoyatlarning tasnifi jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, ular uchun odilona jazo tayinlash, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish kabi masalalarni hal qilishda bosh mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, jinoyatlarni tasniflashning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
birinchidan, jinoyatlarni tasniflash jinoyat huquqiy institut va normalarni joy-joyiga qo‘yish; shuningdek, jinoyat sodir etish bosqichlari, ishtirokchilik, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ra-vishda ozod qilish, o‘ta xavfli retsidiv jinoyatlar, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish kabi jinoyat huquqiy institutlarni to‘g‘ri qo‘llashga ta’sir etadi;
ikkinchidan, u yoki bu toifadagi jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan ma’lum bir jinoyat huquqiy oqibat vujudga keladi (Masalan, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va shu kabi boshqa oqibatlar)[14].
Huquqbuzarliklar turli-tuman bo‘lib, asosan qaysi huquq sohasi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning buzilganligiga bog‘liqdir.Huquqbuzarlikning jinoiy, ma’muriy, intizomiy, fuqaroviy, mehnat, oila, xo‘jalik, yer, suv, ekologiya, havo va boshqa turlari mavjud. Ushbu huquqbuzarliklarning bir-biridan farqlovchi belgilari qanday? degan savol tug‘iladi. Huquqbuzarlik keng doiradagi qilmishlar uchun bir turkumdagiga tegishli bo‘lgan tushuncha hisoblanadi.
Jinoyat bu – o‘zining maxsus belgilariga ega bo‘lgan huquqbu-zarlikdir. Lekin ko‘pchilik kriminalist olimlar va amaliyotchilar “Jinoyat o‘zining muhim jihatlari, xususiyatlari va belgilariga ega, boshqa huquqbuzarliklar bunday tarkibiy elementlarga ega bo‘lsa ham jinoyat ulardan farq qiladi, chunki jinoyat boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan shaxs, jamiyat va davlat (manfaatlari)ga ko‘proq xavf tug‘diradi”[15],-deb ta’kidlaydilar.
Jinoyat ijtimoiy xavflilik darajasining yuqori ekanligi bilan boshqa huquqbuzarliklardan farq qiladi.
Jinoyat huquqida jinoyatlarni tavsiflashda ularning obyektiv va subyektiv belgilari e’tiborga olinadi. Bunday belgilar boshqa huquq sohalari (ma’muriy, fuqarolik, mehnat va h.k)da ham mavjud. Bunday huquqbuzarliklarni bir-biridan farqash, ularni chegarasini belgilash uchun formal belgilar bo‘lishi shart va bunday belgilar shaxsning jinoyat, ma’muriy, fuqarolik yoki intizomiy huquqbuzarliklardan qay birini sodir etganligini aniqlab olishga yordam beradi.
Huquqbuzarliklarni farqlash bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilangan qonun mavjud bo‘lganida oson bo‘ladi. Aynan huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan qonunlarga asoslanib nazariy va amaliy jihatdan huquqbuzarliklarni bir-biridan farqlovchi belgilar ishlab chiqilgan.7
Jinoyat va boshqa huquqbuzarlik o‘rtasidagi farqlar quyidagi belgilar:
a) huquqbuzarlikning obyekti;
b) ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati;
c) huquqqa xiloflilik shakli;
d) yetkazilgan zararning miqdoriga asoslanadi.
Lekin ko‘pchilik olimlar o‘rtasida “yetkazilgan zarar huquqbuzarliklarni farqlovchi belgi hisoblanmaydi, chunki u qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi tarkibiga kiradi”[16] degan bahsli fikrlar ham mavjud.

Download 149,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish