Gumanitar fanlar” fakulteti “milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi


Ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga



Download 149,43 Kb.
bet16/18
Sana13.03.2023
Hajmi149,43 Kb.
#918730
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 5440527823661966169

Ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra jinoyat ma’lum bir darajada ijtimoiy xavfli bo‘lgan boshqa huquqbuzarliklardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq zarar yetkazishi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy xavflilik darajasi – jinoyat va huquqbuzarlik bir xil bo‘lib qolganida (ularni ajratish imkoni bo‘lmaganida) jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqlovchi asosiy mezon hisoblanadi. Aynan ijtimoiy xavflilik barcha huquqbuzarliklarning moddiy-ijtimoiy tarkibi va belgisi hisoblanadi. Masalan, yo‘l harakati qoidalarini buzish ham jinoyat (Jinoyat kodeksi, 266-modda), ham ma’muriy huquqbuzarlik (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, 125, 128-moddalar) hisoblanadi.
Qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilovchi subyektiv holatlar –aybning shakli, motivi va maqsadi hisoblanadi.
Ijtimoiy xavflilik xususiyati – tajovo‘z obyektini belgilab berib, jinoiy huquqbuzarliklar sirasiga kiruvchi qilmishlarni aniqlash imkonini beradi.
Ijtimoiy munosabatlar tizimiga asoslangan kishilik jamiyatiga jinoiy qilmishlar bilan birga boshqa huquqbuzarliklar ham zarar yetkazadi. Shuning uchun jinoyatlar, shuningdek, boshqa huquqbuzarliklar ham ijtimoiy xavfli hisoblanadi, lekin ular natijasida yetkazilgan zararning miqdori har xil bo‘lishi mumkin. Shu sababdan ham ijtimoiy xavflilik faqat jinoyatga taalluqli belgi emas.
Demak, jinoyatlar boshqa huquqbuzarliklardan ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati bilan farq qilib, jinoyat tufayli boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan ko‘proq zarar yetkaziladi (ayb g‘ayriijtimoiy, motivizatsiya o‘zgarmas, sodir etish usuli esa o‘ta shafqatsizlik bilan amalga oshiriladi). Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarlikdan farqlashda ijtimoiy xavflilikning asosiy elementi shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga yetkazilgan zararning miqdori hisoblanadi. Masalan, harbiy sohadagi huquqbuzarliklarni jinoyatlardan ajratish qiyin bo‘lib, bunda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasining dispozitsiyasida jinoyatlarning sodir etilgan vaqt, joy va vaziyat asosiy mezon sifatida ko‘rsatiladi. Masalan, harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan bir kecha-kunduzdan o‘n kecha-kunduzgacha tashlab ketilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 287-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi, agar bunday muddat bir kecha-kunduzgacha bo‘lsa, u intizomiy huquqbuzarlik hisoblanadi.
Qonunda jinoyatlarni huquqbuzarliklardan farqlovchi subyektiv belgilar: aybning shakli, maqsad va motivining o‘zgarmasligi kabi holatlari belgilab qo‘yilgan. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat bo‘lsa, (Jinoyat kodeksi, 109-modda), ehtiyotsizlik orqasida badanga yengil shikast yetkazish fuqaroviy huquqbuzarlik hisoblanadi (Fuqarolik kodeksi, 1003-, 1004-moddalar).
Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqlovchi yana bir belgi – ularning huquqqa xiloflilik xususiyati hisoblanadi.
Jinoyatlar uchun javobgarlik ham jinoyat qonuni bilan tartibga solinadi. Bu uni boshqa huquqbuzarliklardan farqlaydi. Boshqa huquqbuzarliklar sodir etilganida, o‘sha huquq sohasiga tegishli normalar, ya’ni qonunlar emas, balki qonun osti normativ hujjatlardagi qoidalar ham buziladi. Faqat jinoyat sodir etilganida sudlanganlikni vujudga keltiruvchi jinoiy jazoni qo‘llash mumkin, boshqa huquqbuzarliklarning huquqiy sanksiyalari esa hech qachon “sudlanganlik”ni keltirib chiqarmaydi. Bundan tashqari, jinoiy jazo davlatning majburlov choralarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Barcha qilmishlar ham huquqbuzarlik deb tan olinmaydi. Qonun chiqaruvchi bu borada shaxs, jamiyat va davlat uchun ko‘proq xavfli bo‘lgan xatti-harakatlarni huquqbuzarlik sifatida baholanadi. Shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish uchun javobgarlik Jinoyat kodeksida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi. Qilmish jinoyat qonunida huquqqa xilof deb e’lon qilinganidan boshlab jinoyatga aylanadi, davlat esa o‘z navbatida bunday qilmishlarga qarshi jinoyat huquqiy vositalar bilan kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Demak, jinoyatlar faqat jinoyat qonuni bilan taqiqlanadi va jazo qo‘llash tahdidini keltirib chiqaradi. Shuningdek, boshqa huquqbuzarliklar (ma’muriy, intizomiy, fuqaroviy) uchun belgilangan sanksiyalar jinoyat qonuni sanksiyalari kabi og‘ir emas. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, fuqarolarga solinadigan jarima miqdori eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oshmasligi kerak, Jinoyat kodeksida esa jarima eng kam ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorida belgilangan.
Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqlashning moddiy mezoni huquqbuzarlik oqibatida yuzaga kelgan zarar hajmi hisoblanadi.
Jinoyatlar hamma vaqt ham boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan jamiyatga ko‘proq zarar yetkazadi, jinoyatchilarning aybi xavfliroq, motivi o‘zgarmas, qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ni sodir etish usuli esa qo‘polroq, ya’ni xavfliroq hisoblanadi.Jinoiy oqibatlarni belgilashda qonun chiqaruvchi tomonidan har xil atama va tushunchalar ishlatilgan. Masalan, Jinoyat kodeksining “sog‘liqqa qarshi jinoyatlar” bobida – “ziyon”, “hayot va sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar” bobida – “shikast”, “boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” bobida esa – “ko‘p miqdorda zarar, jiddiy ziyon” kabilar.
Zarar murakkab xususiyatga ega bo‘lgan holatlarda, masalan, odil sudlovga qarshi, davlat va ekologiya xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyatlarda “og‘ir oqibatlar” atamasi bilan izohlanadi. Boshqa huquq sohalarida esa bunday atama va so‘zlarni uchratish qiyin yoki ular mavjud emas. Aynan yetkazilgan zararga qarab huquqbuzarlik jinoyat deb topilishi mumkin. Bunday zarar bo‘lmaganida shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos mavjud bo‘lmaydi.
Sodir etilgan jinoyatlarning yarmidan ko‘pida yetkazilgan moddiy zarar moliyaviy va jismoniy zarar miqdori bilan o‘lchanadi. Ayrim hollarda zararning miqdori Jinoyat kodeksi normalarida aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 175, 180-182, 185, 205-209-moddalarida sodir etilgan qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun ko‘p miqdorda yoki jiddiy zarar yetkazilishi talab qilinadi.Obyekti bir xil bo‘lgan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarning har ikkisida ham – shaxs, ularning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk obyekti hisoblanadi, ularning bir-biridan farqini ko‘rsatuvchi asosiy belgi “yetkazilgan zarar” miqdori hisoblanadi.Fuqaroviy huquqbuzarlik jarima va zararni qoplash ko‘rinishidagi jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlangan, shaxsiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar bilan bog‘liq mulkiy munosabatlarning buzilishidir. Jinoyatlarni fuqaroviy huquqbuzarliklardan turli shakldagi mulkka yetkazilgan zarar bilan bog‘liq mulkka qarshi va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar ajratib turadi.Jinoyatlarni huquqbuzarliklardan farqlashga misol sifatida oila-nikoh munosabatlari sohasida ota-onalar va bolalarning majburiyatlarini keltirish mumkin. Oila kodeksiga ko‘ra ota-onalar o‘zlarining voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz voyaga yetgan, ammo yordamga muhtoj farzandlarini boqishga majbur. Mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlar ham o‘zlarining mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Bunday majburiyatlarning buzilishi Jinoyat kodeksi 122, 123-moddalarida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.Mansabdor shaxs tomonidan o‘z mansab vakolatidan foydalangan holda sodir etilgan g‘ayriqonuniy qilmish shaxsning huquq va manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, bunday qilmish jinoyat deb, agar bunday oqibat mavjud bo‘lmasa, unda bunday qilmish intizomiy huquqbuzarlik deb hisoblanadi.
O‘zboshimchalik shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, jinoyat deb (Jinoyat kodeksi, 229-modda), bunday oqibat mavjud bo‘lmasa, ma’muriy huquqbuzarlik deb (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-moddasi) topiladi.Soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ancha miqdorda sodir etilsa, jinoyat (Jinoyat kodeksi, 184-modda), ancha miqdordan kam bo‘lgan miqdorda sodir etilsa, soliqqa oid huquqbuzarlik hisoblanadi.

Download 149,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish