Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari


Bot.Me: A  Revolutionary Partnership



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

Bot.Me: A 
Revolutionary Partnership
deb nomlangan ilmiy izlanishda so’rov o’tkazilgan 
insonlarning 63% qismi sun’iy intellect bilan jihozlangan mashinalar insoniyatning 
ko’pgina muammolarini hal qilib berishiga ishonishlarini bildirganlar. An’anaviy 
ta’limdagi yana bir muammo – har bir talabaning har xil tezlik bilan bilim olishidir. 
Kimlardir bir marta o’qiganda barcha materialni tushunib olishsa, boshqa talabalarning 
berilgan o’quv materialini o’zlashtirib olishlari uchun ancha vaqt kerak bo’ladi. 
O’qituvchining esa talabalarni guruxlarga bo’lib, ularning o’zlashtirish darajalariga mos 
ravishda o’qitishni tashkil qilish uchun imkoniyati yo’q. Matematika bo’yicha ta’limning 
online platformasi bo’lgan 
Third Space Learning
da 
o’qituvchining talabalar bilan 
muloqotini tahlil qilgan holda sun’iy intellect algoritmlari asosida ta’lim jarayonini 


227 
personalizatsiya qilish, ya’ni, talabalarga moslashtirishga haralat qilingan. “
Men o’z 
raqamli yordamchimni qanday sifatda ko’raman?
” degan savolga olingan javoblarni 
quida ko’rishimiz mumkin: 
Kambag’al oilalardan chiqqan yoshlar repetitorlarda o’qish yoki 
universitetga kirish haqida orzu ham qila olmaydilar. Masalan, 2008 yilda Lotin 
Amerikasida 4 dan 17 yoshgacha bo’lgan bolalardan 23 millioni ta’lim olish 
imkoniyatiga ega bo’lmagan. Maktabga bora olmagan bolalarning soni esa 40% 
dan oshgan (
World Economic Forum
ma’lumotlaridan
). Shuning uchun ham
sun’iy intellect asosida ishlaydigan raqamli tekin standart o’qituvchilar paydo 
bo’lishi bu muammolarni hal qilib berishi mumkin. Bu nafaqat chet tillarni 
o’rganishda, balki boshqa fanlarni o’rganishda ham qo’l keladi. Juda ham qimmat 
bo’lmagan planshet sotib olib, unga sun’iy intellektli raqamli o’qituvchini yuklab 
olgan holda barcha tabaqaga mansub insonlar ta’limni davom ettirishlari mumkin. 
Bir necha o’n yillardan so’ng, insonlarga oily ma’lumot olish huddi o’qish-
yozishni bilganday oddiy bir hol bo’lib qolishi mumkin. 
Melinda
va 
Bill Geyts
ning 
ta’limni rivojlantirish bo’yicha 
REND
fondi mutaxassislari ta’kidlashicha, 
individuallashtirilgan ta’lim berish jarayoni o’quvchilarga fanlarni chuqur 
o’zlashtirish imkonini beradi. Har bir o’quvchiga individual yondoshuv nafaqat 
o’quv materialini tez o’zlashtirsh, balki fanni sevib qolish imkoniyatini ham 


228 
beradi. Haqiqatan ham eng yaxshi o’qituvchilar har bir o’quvchiga alohida 
yondoshuv bilan ishlaydilar. Yaxshi pedagog dars berishdan tashqari, 
o’quvchilarni ruxlantiradi va fanga qiziqish uyg’otadi. Ammo xozirgi paytdagi 
maktab va universitetlarda har bir o’quvchiga alohida ahamiyat berishning hech 
ham iloji yo’q, chunki sinflarda 25-35 tadan o’quvchi-talaba o’qiydi. Agarda 
hozirgi kunda universitetlarda va maktablarda individual o’qitish joriy qilinsa, 
ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilar soning bir necha marta ko’proq bo’lishi talab 
qilinadi. Buning esa moliyaviy va tashkiliy jihatdan imkoni yo’q, albatta. Xuddi 
shuning uchun ham o’qituvchilarning va o’quvchilarning raqamli elektron 
yordamchilar hamda chat-botlardan foydalanishi muammoning bir qadar darajada 
yechilishiga olib keladi. Ammo sun’iy intellect bilan jihozlangan personallashgan 
raqamli o’qituvchilar individual ta’lim muammosini muvaffaqiyatli hal qilib 
berishlari mumkin. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish