Google, Facebook, Twitter, Apple,
Microsoft
va shunga o‘xshash kompaniyalarni markazlashgan, demak, adovatli
(dushmanlik ruhidagi) strukturalar deb hisoblashga moyil bo‘lgan bir paytdabaribir
shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, qachonlardir ular ham hech kimga ma’lum
bo‘lmagan startaplar g‘oyalari tufayli radikal kompaniyalarga aylanishlari
mumkin. To‘g‘ri tashkil qilingan yuridik tizim tufayli, kriptovalyutalar asosidagi
bunday startaplar rivojlanishi va foyda olishi mumkin bo‘ladi. Natijada dunyo
ishonch hosil qilinishi oqibatida yaxshi tomonga o‘zgaradi. Agar siyosiy va
huquqiy
tizimlar
innovatsiyalarni
qo‘llab-quvvatlash
va
raqobatni
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lmaganida edi, bunday kompaniyalarda
ularning bozoriga yetakchilikka da’vogarlik qilayotgan media va kommunikatsion
gigantlaridan g‘olib chiqish uchun hech qanday imkoniyat qolmagan bo‘lar edidi.
Agar bitkoinni uning sodiq tarafdorlari o‘zgarishlarning inqilobiy, global
harakatlantiruvchi kuchga aylantirish istagida bo‘lsalar, dastlab, aftidan, uning bir
nechta tadrijiy rivojlanish bosqichidan o‘tishi kutishlariga to’g’ri keladi.
Birinchidan, uning nufuziga
SilkRoad
va
Mt.Gox
saytlari bilan bog‘liq voqea
178
asoratlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ko‘pchilik odamlar butun boshli
g‘oyani boshdan oxirigacha aldov deb hisoblaydilar. Yo‘q deganda, odamlar
kriptovalyutalar bilan operatsiyalar havfsiz ekanlgi va kutilmagan moliyaviy
yo‘qotishlarga olib kelmasligini his qilishlari lozim. Biroq, hozirgi paytda ular
bunga hatto yaqinlashmaganlar ham. 2014 yil o‘rtalarida o‘tkazilgan so‘rovning
ko‘rsatishicha, AQSH fuqarolarining faqat yarmigina bitkoin nima ekanligini
biladi, atigi 3%ga yaqini undan foydalangan, 65%i esa undan foydalanish ehtimoli
pastligini aytgan. Kriptovalyutalarga ishonch hosil qilish uchun, Rikki Rikardo
Lyusiga aytganidek, odamlar unga ishonishni boshlagunga qadar ularga
nimalarnidir tushuntirishiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchidan, agar bitkoin haqiqatda
yetakchi valyutaga aylanganida, u dunyo fuqarolarining katta qismini larzaga
keltiradigan iqtisodiy kuchlarni hosil qila olgan bo‘lar edi. Yangi kriptotangalar
«ishlab topilishi» va ularning umumiy soni 21 millionga yetishi bilan bitkoin
deflyasion valyutaga aylanadi. Bizning global iqtisodiyot hozirgi holatida
inflyasion valyutalarga asoslanadi. Bitkoynchilarshuni to‘g‘ri ko‘rsatishadiki, bu
binoyidek miqdorda jamg‘armaga ega bo‘lgan istalgan kishi uchun vayron
qiladigan samaraga ega bo‘lishi mumkin, chunki bu to‘plangan dollar va evro vaqt
o‘tishi bilan o‘z qiymatini yo‘qotishini anglatadi. Lekin hech bo‘lmaganda
iqtisodiy inqiroz davrida an’anaviy qog‘oz pullar ularning cheklanmagan emissiya
qilish imkoniyati bilan markaziy banklarga ularni foydali bo‘ladigan darajadagi
hajmda chop etishga, shu tariqa kredit uchun yo‘l ochib berish va yangi ish
o‘rinlari yaratishga imkon beradi. Ular bilan taqqoslaganda bitkoin bunday
vaziyatda katta qoshiqdagi kanakunjut yog‘iga aylanadi. Ayrim bitkoin
himoyachilari ta’kidlaydilarki, biz bu dorini qabul qilmaydigan bo‘lardik, chunki
bizni mas’uliyatsiz va hech kimga hisobot bermaydigan markaziy banklar,
shuningdek, faqat o‘z manfaatlari haqida qayg‘uradigan moliyaviy muassasalar
jalb qiladigan barcha moliyaviy inqirozlar to‘xtagan bo‘lardi. Lekin buni
isbotlashning imkoni yo‘q. Kreditga va kuchli monetar nazoratga asoslangan holda
ishlaydigan global iqtisodiyot uchun bunday tizim katta ziyon etkazgan bo‘lar edi,
ayniqsa, u tegishli tayyorgarliksiz joriy qilingan bo‘lsa. Uchinchidan, orada
179
raqobat degan muammo ham bor,
Do'stlaringiz bilan baham: |