.2. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni tushunish, uning tub mohiyatini
o’rganishdan, ya’ni oxirgi mahsulotda (
yoki ko’rsatiladigan hizmatda
) aks etgan
bilim yoki innovatsiyalarning mohiyatini tushunishdan boshlanadi. Zamonaviy
nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga oshiriladigan, amaliyotda
qo’llaniladigan yangi yoki mukammallashtirlgan texnologik jarayon natijasida
amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi yoki mukammallashtirilgan
mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli xil ko’rsatgichlardan
foydalangan holda, iqtisodiy nazariya turli ko’rinishlardagi ”innovatsiya” larning
quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u innovatsiyalarning ishlatilishi va
miqyosini, qahday ko’rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish
chegaralari bo’yicha tavsiflaydi. Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi
bo’yicha raqamli innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin:
Iqtisodiy innovatsiyalar
– yangi iqtisodiy mexanizmlar, bozor
tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va almashtirish usullari;
198
Ishlab chiqarish-texnologik innovatsiyalar
– ishlab chiqarishda yangi
texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanishga yo’naltirilgan;
Ekologik innovatsiyalar
– tashqi muhitning ifloslanishini kamaytiradigan,
xavfli chiqindilarni tozalaydigan, chiqindilarni qayta ishlaydigan va
shunga o’xshashlar;
Tashkiliy-boshqaruv turidagi innovatsiyalar
– ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq tashkiliy-boshqaruv
usullaridan foydalanish;
Siyosiy innovatsiyalar
– siyosat sohasida, siyosiy faoliyat turlarida, ichki
va tashqi faoliyatda, halqaro munosabatlarda yangi g’oyalarni amalga
oshirish;
Huquqiy innovatsiyalar
- yangi ijtimoiy-siyosiy huquqlar kiritish, yangi
qonunlar ishlab chiqish, norma va normativlar yaratish va boshqalar;
Ma’naviy muhitdagi innovatsiyalar
– ma’naviy faoliyat bilan bog’liq
yangi paradigmalar, gipotezalar, kontseptsiyalar yoki fanda yangi
nazariyalar yaratish, ta’limda yangi usullardan foydalanish, yangi faoliyat
turlarini topish, madaniyatda yangi san’at yo’nalishlari va stillarini
yaratish.
Amalga oshirilish usuli bo’yicha quyidagi raqamli innovatsiyalar turlarini
ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
Moddiy materialda aks ettirilgan innovatsiyalar
(
hard
) – bularga misol
sifatida yangi mahsulotlar, mashinalar, uskunalar va jihozlarni ko’rsatish
mumkin;
Moddiy materialda aks ettirilmagan innovatsiyalar
(
soft
) – bularga misol
sifatida yangi samarador ta’lim usullarini, kompyuter dasturlarini,
tashkiliy va boshqaruv bo’yicha o’zgarishlarni, fan tizimidagi
paradigmalarning o’zgartirilishi yoki boshqasiga almashinuvini
ko’rsatish mumkin.
199
Yangilik darajasi bo’yicha raqamli innovatsiyalarni nimanidir yangilash,
qandaydir yangilik kiritish yoki nimanidir mukammallashtirish kabi turlarga
bo’lish mumkin. Bunda raqamli innovatsion yangilik kiritish deganda, qandaydir
yangilikning (
yangi kontseptsiya, g’oya, texnik yechim va boshqalar
) birinchi
marta (
jahon miqyosida, mamlakat miqyosida yoki viloyat miqyosida kabilar
)
ishlatilishiga tushuniladi. Ammo uning ijtimoiy va iqtisodiy afzalligi ham o’sha
miqyosda tan olingan bolishi lozim. Raqamli yangilik kiritishni boshqacha
sharoitlarga moslashtirish, yangilash tariqasida tushuniladi. Demak, yangilash
ushbu tashkilot uchungina innovatsiya, ammo u tashqi dunyo uchun yangilik
bo’lmasligi ham mumkin. Nihoyat, mukammallashtirish deganda originalni
joylardagi
konkret
shart-sharoitlarga
biroz o’zgarishlar kiritgan holda
moslashtirishga tushuniladi. Demak, bu amal bir mamlakat yoki tashkilot
uchungina raqamli innovatsiya hisoblanishi mumkin holos.
Raqamli iqtisodiyotdagi yangiliklarning tarqalish chegaralariga bog’liq
ravishda raqamli innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadilar:
Dunyo miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
Mamlakat miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
Regional yoki viloyatlar miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
Alohida firma, tashkilot yoki shahar doirasida amalga oshiriladigan
raqamli innovatsiyalar.
Ijtimoiy yo’nalishdagi raqamli innovatsiylar ham quyidagi asosiy turlarga
mansub bo’lishlari mumkin:
Iqtisodiy
– raqamli olamdagi yangi moddiy yoki ma’naviy taqdirlashlar
turlari, ko’rsatgichlar, mehnatga haq to’lashning progressiv tizimlari va
boshqalar;
Tashkiliy-boshqaruv
– yangi raqamli tashkiliy tuzilmalar, mehnatni tashkil
qilish usullarini raqamlashtirish va boshqalar;
Huquqiy
– mehnat yoki xo’jalik yuritish bilan bog’liq qonunlardagi
o’zgarishlarni raqamli ko’rinishda amalga oshirish;
200
Pedagogik
– raqamli vositalarni qollagan holdagi yangi innovatsion-interfaol
o’qitish, ta’lim berish yoki tarbiya qilish usullari.
Raqamli innovatsion iqtisodiyotning zamonaviy sharoitlarida yangiliklar,
bilim va informatsiyaning bunchalik ko’p turlarda namoyon bo’lishi
innovatsiyalarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqtisodiyotning XX-XXI
asrlardagi evolyutsiyasi ishlab chiqarish sohasidagi yangi bilim va
informatsiyaning ma’nosi va mohiyatini ham tubdan o’zgartirib yubordi. Ushbu
evolyutsiya natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan (
raqamliinnovatsion davr
2000-chi yildan so’nggi davr hisoblanadi
):
Do'stlaringiz bilan baham: |