Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari


-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDA KICHIK BIZNES VA



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

5-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDA KICHIK BIZNES VA 
TADBIRKORLIKNING RIVOJLANISHI 
5
.1. Kichik biznes va tadbirkorlikdagi raqamli innovatsiyalar
 
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotga o’tish kontsetsiyasi industrial 
davrdan information-texnologik davrining ishlab chiqarish usuliga o’tish bilan 
bog’liqdir. Ushbu kontseptsiyaning paydo bo’lishiga asosiy sabab - industrial 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va jabhalarini qamrab olgan hamda uning 
miqyosi, dinamikasi va ichki mohiyatini batamom o’zgartirib yuborgan yangi 
raqamli information texnologiyalar paradigmasidir. Ilmiy izlanishlarning 
ko’rsatishicha, industrial iqtisodiyotning information iqtisodiyot bilan almashinishi 
agrardan industrial iqtisodiyotga o’tishga aynan ekvivalant emas, chunki yangi 
paradigma doirasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ilm-fan sohalaridagi puxta 
bilimlar talab qiladigan komp’yuter texnologiyalari, raqobatbardosh va 
o’zgaruvchan sharoitlarga tezda moslasha oladigan information tarmoqlar sifatida 
aniqlanadilar. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot tuzilmasining bunday sifat 
o’zgarishlari xozirgi kunda global o’zgarish tariqasida ko’rilib, bunda “moddiy” 
iqtisodiyotdan “intellectual” iqtisodiyotga yoki “
bilimlarga asoslangan iqtisodiyot
– 
knowledge-bazed economy
” ga o’tish sifatida tushuniladi. Postindustrial 
iqtisodiyotga kirib kelayotgan bunday yangiliklarning mohiyatini tushunish 
information texnologiyalarning ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida butunlay 
yangi bilimlar hosil qilib, yangi ko’rinishdagi faoliyat turlarini yaratishini talab 
qiladi. Keyingi yillarda jahon iqtisodiy adabiyotida keng tarqalgan “
Bilimlarga 
asoslangan raqamli iqtisodiyot
” yoki “
Intellectual iqtisodiyot
” tushunchasi ilmiy 
bilimlar majmuasi va ular (
bilimlar, texnologiyalar, chizmalar, usullar va 


193 
boshqalar
) yozilgan moddiy ma’lumot tashuvchilar (
disketlar, fleshkalar, internet 
resurslari va boshqalar
) moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi va 
iqtisodiy o’sishning asosiy manba’i bo’lib qolishini anglatadi. Xuddi shu tufayli 
ilmiy-amaliy, ishbilarmon va professional davralarda raqamli iqtisodiyot 
rivojlanishi nuqtai-nazaridan bilimlar, ma’lumotlar, yangiliklar va ilmiy-texnologik 
innovatsiyalar har tomonlama chuqur o’rganila boshlandi. Yangi ixtirolar, ilmiy-
texnik ma’lumotlar va innovatsiyalar esa O’zbekiston iqtisodiyoti asosiy 
sektorlarining raqamli iqtisodiyot nuqtai-nazardan qayta tuzilishi va rivojlanishini 
aniqlab bera boshladi. Ammo xozirgi davrda iqtisodiyotning juda ko’p sohalari 
ilm, fan va texnikaning yutuqlaridan keng miqyosda foydalanmaganliklari tufayli, 
ma’lum ma’noda depressiv holatga tushib qolganlar. Bu xolat quyidagi bir qancha 
ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan bog’liqdir. Avvalo, bilimlarga asoslangan 
raqamli iqtisodiyotning huquqiy ta’minoti mamlakatimizda yaratilgan emas. 
Xozirga qadar innovatsion ilmiy-texnik izlanish jarajonlarini normal amalga 
oshirish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq qilish uchun zaruriy bo’lgan 
to’liq normativ-huquqiy baza mavjud emas. Masalan, mamlakat miqyosida raqamli 
iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lgan texnologik innovatsiyalar va ularni 
rivojlantirishning barcha nozik jihatlarini hisobga olgan holdagi asosiy qonun 
xujjatlari ishlab chiqilmagan. Raqamli iqtisodiyotga ilmiy-amaliy bilimlarni 
investitsiya qilish uchun “
respublikada eng yaxshi imkoniyatlar yaratish
” masalasi 
huquqiy jihatdan hozircha to’liq ishlab chiqilmagan. Bu ishlar davlat boshqaruv 
bo’g’ini mutasaddilarining innovatsiyalar va ilm-fan-texnikani rivojlantirmasdan 
turib, keskin rivojlanish mumkin emasligini ko’rib, bilib va tushunib turgan holida 
ham amalga oshirilmayotganlari ta’assufga loyiqdir. Shuning uchun ham, keyingi 
yillarda halq farovonligi va mamlakatning dunyo bozoridagi o’rnini aniqlab 
beradigan ilg’or texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim tizimi va boshqa an’anaviy 
tarmoqlarda raqamli innovatsion yumushlarni amalga oshira oladigan yuqori 
malakali kadrlarning yetishmasli holati kuzatilayapti. Ammo shunga qaramasdan, 
iqtisodiy fanga va bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning jarayonlari va 
qoidalari haqida tushuncha beradigan “
raqamliinformation 
iqtisodiyot
”, 


194 

bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot
”, “
raqamli innovatsion iqtisodiyot
” va 

raqamli intellectual iqtisodiyot
” tushunchalariga ozmi-ko’pmi ta’rif berilib, ular 
bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar bajarilgan /6-9/. Lekin bu ilmiy-amaliy izlanishlar 
chalaroq, sayozroq, fragmentar, tizimlashtirilmagan va bir tomonlamalilik bilan 
tafsiflanadi. Shuning uchun ham o’quv qo’llanmaning ushbu bo’limida bilimlarga 
asoslangan raqamli iqtisodiytning ilmiy-metodologik asoslari, uslubiyati, uning 
infratuzilmasi va funktsiyalari imkon doirasida ko’rib chiqiladi. Undan tashqari, 
raqamli innovatsion iqtisodiyotning asosi bo’lgan bilimlar iqtisodiyotining raqamli 
information iqtisodiyotga aylanish jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan asosiy 
tushunchalar, amaliyot uchun zarur bo’lgan bilimlarni yaratish faoliyati bilan 
bog’liq masalalar ham bir qadar ko’rib chiqiladi. Eng avvalo, bilim va 
ma’lumotlarning zamonaviy raqamli iqtisodiyot rivojlanishidagi o’rni o’rganiladi, 
so’ngra bilim va ma’lumot yaratadigan tizim va uning tuzilishi hamda funktsiyalari 
ko’rib chiqiladi. Raqamli iqtisodiyot uchun hizmat qiladigan bilimlarga asoslangan 
tizimning kuchli va kuchsiz tomonlari o’rganilib, uning infratuzilmasi tadqiq 
qilinadi. Umuman aytganda, bilimlarga asoslangan raqamli innovatsion iqtisodiyot 
jarayonlarining asosiy tushunchalarini o’rganish sxematik tarzda quyidagi ketma-
ketlikda amalga oshirilishi mumkin: 
Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarish infratuzilmasini o’rganilganda unda 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki hizmatlarda qanday bilimlar aks etishi va bu 
bilimlarning pirovard natijalari qanday bo’lishiga ahamiyat beriladi. Bu yerda 
asosiy diqqat-e’tibor bevosita bilimlar hosil bo’ladigan va uning shart-sharoitlariga 
bog’liq bo’lgan raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi tushunchasiga qaratiladi. Undan 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish