taqsimlangan reestr (blokcheyn)
- axborotni o’zida jamlagan, muayyan
qoidalarga muvofiq tuzilgan uzluksiz bloklar zanjiridir (bog'langan ro'yxat).
Ko'pincha bunday bloklar zanjiri nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli
xil kompyuterlarda (qurilmalarda) saqlanadi.
vakolatlar markazi
- tuzilmasining asosiy vazifasi qilib ma'lum bir sohadagi
Yangi bilimlarni, tajriba va vakolatlarni izlash va uzatish hamda konsalting,
servis hizmatlar va professional hizmatlarni ko'rsatishdir.
Markaz tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlar sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin:
taqsimlangan
reest
(blokcheyn)
texnologiyasining
imkoniyatlaridan
foydalanish uchun shart-sharoitlarni shakllantirish;
taqsimlangan reestr (blokcheyn) texnologiyasi sohasida milliy kadrlar
salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash;
277
ushbu texnologiyani o'zlashtirish uchun mahalliy ishlab chiquvchilarni
qo'llab-quvvatlash;
davlat boshqaruvi hizmatlarining sifatini yaxshilash, idoralararo ish olib
borish samaradorligini oshirish, boshqa davlat vakolatlari bo’yicha
hizmatlarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruv tizimida blokcheyn
texnologiyalarini joriy etish.
Taqsimlangan reestr texnologiyalari (blokcheyn) bo’yicha vakolatlar
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun normativ-huquqiy va
me'yoriy bazani takomillashtirish;
Davlat boshqaruv tizimida blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun
tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni rivojlantirish;
Davlat boshqaruvi tizimida taqsimlangan reestr texnologiyasini joriy etishga
yagona texnologik yondashuvni ta'minlash;
Blokcheyn sohasidagi bilimlarni boshqarish tizimini hayotga tadbiq qilish;
Blokcheyn texnologiyalariga ixtisoslashgan mahalliy ekspertlar va
kompaniyalar reestrini yuritish;
Taqsimlangan reestr sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini
oshirish;
Aholi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, davlat hizmatchilarining taqsimlangan
reestr texnologiyasi va uning afzalliklari haqidagi xabardorlik darajasiini
oshirish;
Davlat tizimi, xususiy va ijtimoiy sohalarda bloklcheyn texnologiyalardan
foydalanish bo'yicha ilk pilot-loyihalarni amalga oshirish;
Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bo'yicha ilg'or xorij tajribalarini
o'rganish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish uchun xalqaro hamkorlikni
amalga oshirish.
Blokcheyn vakolatlari Markazining asosiy vazifasi va missiyasi ushbu sohadagi
milliy tajriba darajasi va vakolatlarni oshirish hamda O'zbekistonda yuqori
texnologiyali va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishni rag'batlantirish
278
maqsadida taqsimlanadigan reestr texnologiyalari sohasidagi bilimlarni yaratish,
yanglash, saqlash va tarqatishning samarali mexanizmini joriy etishdan iborat.
Ushbu missiyani amalga oshirish uchun Markaz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha
faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirgan:
1.
Jamiyat
hayotining
turli
sohalarida
blokcheyn-texnologiyalarni
muvaffaqiyatli joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu
jumladan:
global tendensiyalarni monitoring qilish, texnologik o'zgarishlarni,
shuningdek blokcheynni qo'llashning Yangi sohalarini, usullarini va
mexanizmlarini aniqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyalari boyicha
xalqaro tajribani organish va uni halq xo'jaligi tarmoqlarida tezkorlik bilan
o’zlashtirish;
O'zbekistonda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish bo'yicha takliflarni
ishlab chiqish maqsadida mamlakatdagi ilmiy-amaliy tashkilotlar bilan
birgalikda amaliy, ilmiy va marketing tadqiqotlarini tashkillashtirish;
blokcheyn va unga aloqador texnologiyalarni, shu jumladan, bulut
texnologiyalari, kriptografiya, kriptoanaliz, aqlli kontraktlar va boshqa bu
bilan bog’liq innovatsion texnologiyalarni potentsial foydalanishni tartibga
soluvchi halqaro normativ-huquqiy bazalarni tahlil qilish va ularni
respublika sharoitlariga mos ravishda takomillashtirish;
mamlakat miqyosidagi blokcheyn loyihalarni samarali ravishda amalga
oshirish uchun tegishli tashkiliy va texnik infratuzilmani rivojlantirish;
blokcheyn-texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq tashabbuslar, milliy
tildagi Yangi adabiyotlar, tadbirlar hamda loyihalarni axborot-analitik va
metodik jihatdan qo'llab-quvvatlash;
Blokcheyn-texnologiyalar bo’yicha oily ta’lim muassasalar va akademik
tashkilotlar,
olimlar
va
professor-o’qituvchilar
bilan hamkorlikni
rivojlantirish;
279
Blokcheyn-texnologiyalarni ommalashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy va
o’zbek tildagi ommabop adabiyotlar yaratish va ularni ommaviy axborot
vositalari yordamida halq ommasiga keng targ’ibot qilish;
Blokcheyn-texnologiyalarni amaliyotga qo’llash bo’yicha moliya-kredit va
bank tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uzviy aloqada bo’lib
ishlash.
2.
Milliy blokcheyn-kompetentsiya va vakolatlarni rivojlantirish, shu
jumladan:
o
taqsimlangan reestr texnologiyasidan samarali foydalanish uchun davlat
tuzilmalarining kadrlar salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash;
o
blokcheyn sohasida milliy ekspertlar guruhini shakllantirish, bu bilan
bog’liq bo’lgan muammolarni muhokama qilish uchun zarur bo’lgan
innovatsion maydonchalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish
hamda amaliyotda blokcheyn texnologiyalarni qo'llashning Yangi
yo'nalishlari va usullarini yaratish;
o
iqtisodiyotning turli sohalariga, tadbirkorlikda va davlat boshqaruviga
yo’naltirilgan
blokcheyn-texnologiyalari
sohasidagi
mutaxassislarni
tayyorlash va malakasini oshirish;
o
tarqatilgan reestr texnologiyalarini joriy etish bilan shug'ullanuvchi milliy
kompaniyalarni va soha mutahassislarini rag'batlantirish hamda qo'llab-
quvvatlash;
o
blokchain texnologiyasi yo’nalishida ilmiy va amaliy izlanish olib boruvchi
oliy o’quv yurtlari, texnoparklar, analitik markazlarI, ilmiy-tadqiqot
markazlari va boshqa milliy akademik va mutaxassislar birlashmalarining
a’zolarini rag’batlantirish maqsadida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish;
o
Taqsimlangan ro’yhat texnologiyasini qo’llash borasida xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishga yo’naltirilgan anjumanlarini tashkillashtirish va o’tkazish, bu
boradagi halqaro tajriba va o'zaro tajriba almashishlarda faol ishtirok etish;
3.
Blokchain innovatsion texnologiyalarini davlat boshqaruv tizimi va milliy
iqtisodiyotga tadbiq etish jarayonini muvofiqlashtirish, shu jumladan:
280
blokchain texnologiyalarini qo’llash va tadbiq etish bo’yicha maslahat
hizmatlarini ko’rsatish, mutaxassislar hulosasini taqdim qilish hamda bu
soha bo’yicha innovatsion fikr va takliflarni berish.
davlat boshqaruvida blokchain texnologiyani qo’llagan holda information-
kommunikatsion sohaga oid optimal yechimlarni yaratish va tadbiq qilishda
yaxlit va bir butun texnologik yondashuvni ta’minlash;
Davlat
idoralari
va
boshqa
tashkilotlarda
taqsimlangan
reestr
texnologiyasiga
asoslangan
umumdavlat
raqamli
platformalarining
ishlatilishining rivojlanishiga ko’maklashish.
blokchain konsepsiyasini ommaga namoyish qilish va uning amalga
oshirilishi mumkinlgini tekshirish maqsadida davlat, hususiy yoki ijtimoiy
sohalarda blokchain ilk loyihalarini amalga oshirish.
Blokcheynni tushunish ushun avvalo pulning asosiy vazifasi nima ekanligini
tushunib olamiz. Pulning asosiy vazifasi insonlar orasidagi savdo jarayonini
osonlashtirishdir:
Agarda pulning jamiyatdagi harakatini tahlil qilsak, juda ham murakkab jarayonlar
ko’z oldimizga keladi:
281
Bunda barcha hisob kitoblar tabiiyki, buxgalteriya orqali amalga oshadi:
Buxgalteriyadagi ma’lumotlar esa konfidentsiyal va ularni boshqarish anchagina
murakkab masaladir. Ushbu vazifani osonlashtirish uchun bir qancha turdagi
vositachilar hizmatidan foydalanish mumkin. Masalan, banklar va ular bilan
bog’liq bo’lgan tashkilotlar. Bu esa hisob ishlarini juda ham murakkablashtirib
yuboradi. Shuning uchun hozirgi paytda blokcheynlardan foydalangan xoldagi
taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. Uni sxematik
ko’rinishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:
282
Bunda buxgalteriya kitoblari tarmoqda joylashtirilib, barcha uchun birday
ko’rinshga ega bo’ladi va hech kim unga egalik qilolmaydigan ko’rinishga keladi.
Natijada biz taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasiga kelamiz. Bunda
buxgalteriya kitoblarining barcha nusxalari bir xil bo’ladi. Barcha tranzaktsiyalar
esa barcha tarmoq ishtirokchilari tarmoq orqali ko’ra oladigan ommaviy xolatga
keladi:
Noto’g’ri tranzaktsiyalarni esa boshqalardan berkitib bo’lmaydi, ular darhol
barchaga oshkor bo’ladi-qo’yadi:
283
Har bir alohida tranzaktsiya esa maynerlar tomonidan tasdiqlanadi va
foydalanuvchilar tomonidan tekshirib turiladi:
Bular hammasi blokcheyn deb atalgan kompyuter tarmog’i vositasida amalga
oshiriladi:
284
Demak, blokcheyn bu bir xil huquqqa ega bo’lgan va tarmoqqa P2P (
Do'stlaringiz bilan baham: |