Chandler, Jeyms Keynlarning asarlari mashhur bo‘ldi. 1949-yilda
Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan U.Folkner, XX asrning birinchi
yarmida ijod qilgan AQShning eng yirik yozuvchilaridan biri edi.
50-yillar adabiyotida Jerom Selinjerning “Javdardagi tik jarlik us-
tida” romani alohida o‘ringa ega. 1951-yili chop etilgan bu asar, ay-
niqsa yoshlar o‘rtasida mashhur bo‘ldi. Kitoblarda ilgari ta’qiqlangan
mavzular ko‘tarib chiqila boshlandi (taniqli shoira Elizabet Bishop,
yozuvchi Trumen Kapote). 50-yillar AQSh dramaturgiyasida Artur
Miller va Tennessi Uilyamslarning pyesalari ajralib turgan bo‘lsa,
60-yillarda Edvard Olbining pyesalari (“Zooparkdagi hodisa”, “Bes-
si Smitning o‘limi”, “Kim Virjiniya Vulfdan qo‘rqadi?”, “Barchasi
bog‘da”) teatr sahnalaridan tushmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |