AQSh adabiyotida novella janri XIX asrdagi mavqeyini yo‘qotdi.
Uning o‘rnini realistik roman egalladi. Shu bilan birga, bir qator yo-
zuvchilar faqat novella janrida ijod qildi. Shunday yozuvchilardan
biri O.Genri (Uilyam Sidni Porter) edi. U Amerika adabiyotida “hap-
py end”ning asoschisi bo‘ldi va novella janrining yangi yo‘nalishini
belgilab berdi.
1900-yili T.Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” romani nashrdan
chiqdi. Yozuvchining bu yillarda yaratilgan boshqa romanlari kabi
ushbu asar ham naturalizm ta’sirida edi. “Yo‘qotilgan avlod” yozu-
vchilari (E.Xeminguey, F.S.Fitsjerald, G.Stayn, J.Steynbek) yaqin
bo‘lgan naturalizm bilan bir vaqtda Amerikaga Ovrupa modernizmi
ham kirib keldi, bu yo‘nalishning vakillari qatoriga Tomas Eliotni
kiritish mumkin. U Birinchi jahon urushi davrida adabiyotda yangi
Do'stlaringiz bilan baham: |