diyatli va murakkabdir. Dunyodagi eng yosh adabiyotlardani biri
bo‘lgan AQSh adabiyotining tarixi 400 yildan oshmaydi.Ushbu ho-
lat bu adabiyotni o‘ziga xos tarzda rivojlanishiga ta’sirini o‘tkazdi.
Ovrupa adabiyotiga nisbatan XIX asrda ancha ortda qolish va XX
asrda jadal sur’atda rivojlanish, romantizm maktabining kech rivoj
topishi va realizmning jadal rivojlanishi Amerika adabiyotigagina
xos xususiyatlardir
XX asrning birinchi yarmida AQSh adabiyotida katta umumlash-
malarga intilish kuchaydi, buni T.Drayzerning “Amerika fojeasi”
romani misolida kuzatish mumkin. Tanqidiy realizm yo‘nalishida
G.Spenser falsafiy qarashlarining ta’siri sezilarli ekanligi ko‘zga
tashlandi. Spenser evolyusionizmining ta’siri T.Drayzerning “Istak
trilogiyasi” va J.Londonning bir qancha asarlarida o‘z aksini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |