Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»


Fe’lning bo’lishli va bo’lishsizlik shakli



Download 9,49 Mb.
bet298/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Fe’lning bo’lishli va bo’lishsizlik shakli. Qadimgi turkiy tilda fe’llar bo’lishli va bo’lishsiz formada bo’ladi.
Bo’lishli formada hech qanday qo’shimcha qo’shilmaydi: өlurti, sülədi/Kt/. Bo’lishsiz formasi esa fe’llarga –ma, -mə affiksini qo’shish yoki ərmas yoki yoq so’zlari yordamida ifodalanadi:
Qїlїnmaduq ərinch /Kt/, qatun yoq bolmїsh ərti /To’n/.


Tuslanish. Qadimgi turkiy tilda ham fe’llar shaxs-sonda tuslanadi. Ammo shaxs–son formalari hozirgidan farq qiladi.



  1. To’liq tuslovchilar:

Birlik

Ko’plik

I shaxs – mәn, bən

I shaxs - biz, bizlәr

II shaxs – sәn

II shaxs– siz

III shaxs –

III shaxs –

Shaxs-son affikslarining mazkur formalari -mїsh,- mish, -b ( -ub,-üb, -ib, -їb), - a, -ə,- r(-ar, -әr,- ur,- ür), -tachi, -təchi, -dachї, dachi kabi zamon formalarini olgan fe’llarga qo’shiladi: baramїshman, turabїz, turarsiz, qaltachї biz /To’n/, qamїltachї ol, yaylayur turermen /Kb/ kabi.



  1. Qisqargan formalari quyidagicha:

Birlik

Ko’plik

I shaxs – m

I shaxs - mїz, - miz, -muz, muz, -maz, -məz

II shaxs – ң

II shaxs– ңїz/lar/, ңiz/lər

III shaxs –

III shaxs –

Shaxs-son affiksining qisqargan formalari –dї, -di, -tї, -ti affiksi bilan tugagan fe’llarga qo’shiladi: sanchdїm, kөrüңiz. Masalan, kəlurtum /En/, bartum/Un/, basdїmїz /Kt/, suңushtumuz /Ung/.


Fe’l mayllari.



Aniqlik mayli. Aniqlik mayli maxsus qo’shimchaga ega emasligi bilan yuqoridagi mayl turlaridan farq qiladi. Fe’lning o’tgan, hozirgi va kelasi zamon formalari aniqlik maylida bo’ladi. Fe’llarda zamon esa –ur, -ür, ar, -ər, yur, -yür, -g’alїr, -gəlir, dachї, -dəchi, -g’ay, -gəy, -g’u, -gü, -g’uluq, -gülük, -tur, -tür, -duq, -dük, -tїg’, -tig, -әrti, -mїsh, -mish, -mush ərti, -tuchi ərmish va boshqalar orqali hosil bo’ladi va aniqlik maylida bo’ladi. Masalan: agdїmїz, olurtїmїz va h.
Buyruq-istak mayli. Qadimgi turkiy tilda fe’lning buyruq mayli formasi fe’lga –g’їl, -gil, -qїl, -kil, -їң, -iң (lar) kabi qushimchalarni qo’shish bilan hosil bo’ladi. Qatїg’lang’їl, qїlg’їl. Türk bəglər budun bunї əshidiң! Aңar kөrü biliң! (Kt.)
-zun, -su, -sü affiksining qo’shilishi bilan III shaxs buyruq fe’li hosil bo’ladi: barzun, әrmazun, yitməzun, yarlaqazu (T).
Buyruq va istak formalari. Buyruq formasining ikkinchi shaxs birligi fe’lning bo’lishli va bo’lishsiz negizi bilan bir xildir, ko’pligi esa birlik shakliga –n qo’shimchasini qo’shish Bilan yasaydi: ay (ayt), əsid (eshit), barїn (boring (iz), olurung (o’tiring (iz), əmgətməng (qiynamang)(iz).
Buyruqning –qїl, -kil; -g’їl, -gil formasi ham bor: bilgil (bilgin), kəlgil (kelgin), baqqїl (qaragin), qachg’їl (qochgin).
Buyruq formasining uchinchi shaxsi –zun, -zün qo’shimchasi bilan yasaladi: barzun (borsin), barmazun (bormasin), yitməzün (yo’qolmasin)
Fe’l o’zagiga –ayїn, -əyin, -yїn, -yin, -alїm, -əlim, -lim, -lїm, -zun, -zün, -sun, -sün affikslarining qo’shilishi orqali fe’lning istak mayli hosil bo’ladi. Masalan: Türk budun yoq bolmazun! (BQ) Bunday fe’l formalari istak, iltimos, xohish va boshqa shunga o’xshash ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: ayїn, yog’latayїn, adїrїlmayїn, Өləlim, süləlim, basїnalїm, bәgәlim (T).75
Istak formasining birinchi shaxs birligi –(a) yїn, -(ə) yin, ko’pligi –alїm, -əlim qo’shimchasi bilan yasaladi.
Bol- (bo’l-) – bolayїn (bo’lay)
tilə- (tila-) - tiləyin (tilay)
bolma- (bo’lma-) – bolmalїm (bo’lmaylik)
өtün- (o’tin) - өtünəlim (o’tinaylik)
N lik lahjada bu qo’shimchalardagi ї va i o’rnida a va ə kelishi mumkin.


Shart mayli. Qadimgi turkiy tilda fe’l –sa (r), -sə(r), -za(r), -zə(r) affikslarining qo’shilishi orqali fe’lning shart mayli formasi hosil bo’ladi. Masalan: ərsər, qazg’an masїr, їsar, basmasar va boshqa shu kabilar. Fe’lning shart mayli formasi ish-harakatning bajarilishidagi shartni bildiradi.






Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish