Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»


-Мавзу: XI-XII asrlar adabiy tili. Adabiy tilning tayanch dialekti masalasi



Download 9,49 Mb.
bet249/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

6-Мавзу: XI-XII asrlar adabiy tili. Adabiy tilning tayanch dialekti masalasi

Eski o‘zbek adabiy tili. Eski o‘zbek adabiy tili terminining qo‘llanish sabablari, bu davrda yaratilgan badiiy,tarixiy asarlarga qisqacha tavsif, eski o‘zbek adabiy tilining xronologik doirasi, uning tayanch dialekti haqidagi munozaralar tahlili. Eski o‘zbek tilida fors-tojik va arab tili unsurlarining XIV-XVI asrlarda yanada ko‘payib ketishi, uning ijtimoiy-madaniy sharoiti, adabiyotdagi forsiy til an'anasining taraqqiy etishi, turkiy tildagi badiiy adabiyotning va shu bilan adabiy tilning taraqqiyotiga salbiy ta'sir etganligi.


d(dz) dialekti taraqqiyoti. “D” lashishning yodgorliklarda qo‘llanilishi , “d” (dz)lashgan dialektning adabiy til an'anasi bo‘lganligi va XIV asr boshlariga kelib bu an'ananing o‘zgarishi va “y”lashgan dialekt adabiy tilning tayanch dialektiga aylanishi.
Adabiy-tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, eski turkiy adabiy til o‘z davriga nisbatan ancha rivojlangan, aniq bir qolipgp tushirilgan til edi. U juda katta lug‘at boyligiga, ancha taraqqiy etgan so‘z yasalishi va grammatik qurilishga, xilma-xil uslubiy vositalar tizimiga ega edi. Muayyan voqyea-hodisalar ham, murakkab mavhum tushunchalar, turli ruhiy kechinmalar ham bu tilda ancha sodda, aniq va jonli tarzda ifoda etilar edi. Eski turkiy adabiy tilning boyligi, uning turli uslublari va xilma-xil ixcham tasviriy vositalarining ma'lum qolipga tushishi shunday tarixiy shart-sharoit bilan bog‘langan ediki, u dastlabki davrlardan boshlab qandaydir birgina turkiy til yoki sheva bilangina chegaralanmagan edi. Balki ma'lum shevalar negizida shakllanganligiga qaramay, o‘z tarkibi jihatdan ham, qo‘llanish darajasi va doirasi tomonidan ham barcha turkiy qabila va urug‘larning umumiy tili sifatida xizmat qilar edi. Eski turkiy adabiy til o‘sha davrdagi ko‘pgina turkiy til va shevalarga juda yaqin bo‘lganligi sababli nihoyatda katta hududda keng tarqalgan edi, shu hududda yashyagan xalqlarning o‘zaro aloqa vositasi xizmatini o‘tardi.
Jonli so‘zlashuv tilidan ma'lum darajada farq qilishiga qaramay, eski turkiy adabiy til hamma joyda birday ishlatilganidan bir qator turkiy tillarning rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatardi. O‘z navbatida o‘sha davrdagi jonli so‘zlashuv tillari ham unga sezilarli ta'sir qilardi. Keyinroq esa eski turkiy adabiy til ko‘pgina umumxalq turkiy elat adabiy tillarining tashkil topishida asos bo‘lib xizmat qiladi, asta-sekin shu tillar tarkibigi singib ketadi. Shu bilan birga eski turkiy adabiy tilga o‘sha davrlarda ancha rivojlangan, ma'lum adabiy-badiiy an'analarga ega bo‘lgan fors-tojik tilining ta'siri ham sezilarla darajada edi. Ayniqsa, eski turkiy adabiy tilning lug‘atiga, badiiy tasvir usullari hamda uslubiy vositalarini ishlab chiqishda fors-tojik tilining ta'siri samarali bo‘lgan.
Shuni eslatish kerakki, eski turkiy adabiy tilda qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan ko‘pgina leksik-fonetik hodisalar, grammatik shakllarda o‘zgarish yuz beradi. Qadimgi turkiy tilda 8 ta unli bo‘lsa, eski turkiy adabiy tilda 9 ta unli tovush qo‘llangan. Til oldi va til orqa qator undoshlarida shakliy yaqinlashish, o‘xshashlik hodisasi yuz bergan va tovush birikuvlari uyg‘unligi hosil bo‘lgan. Boshqa tillardan so‘z qabul qilish qadimgi turkiy til uchun hos bo‘lmasa-da, eski turkiy tilda arab va fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar keng qo‘llangan. Grammatik jihatdan qadimgi turkiy tilga xos –sar, -ser affiksli shart fe'li –їgma, -igme, -duq, -duk, -g‘lї, -gli, -tachї, -tachi affiksli sifatdosh shakllari iste'moldan tushib qoladi. Shart fe'lining –sa (-se) affiksi, chiqish kelishigining –din qo‘shimchasi, -g‘an affiksli sifatdoshning ishlatilishi kabilar esa me'yor holiga keladi. 65
Shu davrlarda o‘zbek xalqi orasidan yetishib chiqqan yozuvchi va shoirlar o‘z asarlarini eski o‘zbek adabiy tilida yozish bilin birga o‘sha vaqtda o‘zbeklar so‘zlashgan tildan ia'lum darajada farq qilgan tilni, ya'ni, adabiy tilni ham rivojlantirdilar, uni aniq bir me'yorga keltirdilar. Bu jihatdan ham eski turkiy adabiy til eng yaxshi namuna bo‘lib xizmat qildi. Shuning uchun eski o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiy etishida eski turkiy adabiy tilning ta'siri va ahamiyati nihoyatda katta bo‘ldi. Bu ta'sirni eski o‘zbek adabiy tilining hamma sohalarida aniq ko‘rish mumkin. Bu, avvalo, tilning lug‘ati uchun xos hodisadir. Eski turkiy til borliqdagi turli-tuman predmet, belgi, voqyea-hodisalarni, mavhum tushunchalarni aniq, ravshan ifoda etuvchi katta so‘z boyligiga ega edi. Bu so‘zlarning asosiy ko‘pchiligi esa o‘zbek adabiy tili, shuningdek, boshqa turkiy tillar uchun umumiy, bir xilda tushunilar va qo‘llanar edi. Jumladan, aniq tushunchalarni ifodalovchi avchi, ayїq (ayiq), arslon, erkak, etuk(etik), boshoq, o‘choq, bayroq, o‘rdak, lochin, o‘g‘ul, sїchg‘an (sichqon) kabi so‘zlar bilan birga muayyan va mavhum predmet belgi, xususiyat va holat anglatuvchi bezak, bayram, kunduz, tamg‘a, enak (engak), tilak, boqish, semiz, ulug‘, ekin, egrilik, tiriklik, tuproq, mangu singari juda ko‘p so‘zlar eski o‘zbek adabiy tiliga ham aynan qabul qilinadi va keng qo‘llanadi.
Eski turkiy adabiy tilning eski o‘zbek adabiy tiliga, shuningdek, boshqa turkiy tillarga ta'siri ularning munosabati faqat lug‘at sohasi bilangina cheklanmaydi. Bu ta'sirning eng muhim tomoni shundan iboratki, eski turkiy adabiy til negizida eski o‘zbek adabiy tilining fonetika va grammatika sohasidagi o‘z qoidalari va shakllari tizimi tashkil topdi. Shuni qayd qilish kerakki, eski turkiy tildagi bu qoida va shakllar aynan o‘zicha qanday bo‘lsa shundayligicha eski o‘zbek adabiy tiliga qabul qilinmaydi, balki uning negizida undan boshqacharoq eski o‘zbek tilining o‘ziga xos bo‘lgan qoida shakllari tizimi tashkil topadi.
Demak, eski turkiy tilda mavjud bo‘lgan qoidadlar eski o‘zbek adabiy tilida yanya ham puxtaroq, ixchamroq takomillashgan bo‘ladi.



Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish