Tayanch tushunchalar
Sart – so’zining lug’aviy ma’nosi «o’troq» demakdir. M.Qoshg’ariy asarida «savdogar» ma’nosida ham qo’llagan. «Sart» so’zi O’rta Osiyoda o’troq yashovchi aholisiga nisbatan ham qo’llangan.66
Turk- atamasi M.Qoshg’ariyning asarida keng ma’noda barcha turkiy qavmlarga nisbatan ishlatilgan bo’lsa, Alisher Navoiy hozirda o’zbek deb ataluvchi xalqni turk, tilini turkiy deb atagan.
Qarluq tili gruppasi – o’zbek tili uyg’ur tili bilan birgalikda qarluq tili gruppasiga kiradi. Qarluq tili tarixiy jihatdan O’rta Osiyo gruppasiga, ayniqsa, g’arbiy xun shaxobchasiga kirgan tillar bilan oiladoshdir.
Ilk davr o’zbek tili - Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan ikki madaniy jihatdan rivojlangan xalq: sharkda uyg’ur va g’arbda turk-eron madaniyati bo’lib, bu madaniyat o’sha davr tiliga ham kuchli ta’sir qildi. Natijada sharkda qarluq, chigil, uyg’ur dialekti asosida sharqiy adabiy til rivojlandi. Movarounnahr va Xorazmda esa o’g’uz-qipchoq dialekti asosida g’arbiy adabiy til vujudga keldi.
6-ilova
Savol va topshiriqlar:
O’zbek xalqi va tilining nomlanish tarixini gapirib bering.
X.Doniyorovning o’zbek so’zining kelib chiqishi va qo’llanishi haqidagi maqolasini topish va konspektlashtirish.
O’zbek adabiy tilini davrlashtirish xaqida gapirib bering.
O’zbek adabiy tilini davrlashtirishda olimlarning tasniflari va tamoyillari nimalardan iborat?
Eski o’zbek tilining tayanch dialekti deganda nima tushunasiz?
Eski o’ebek tilida fors-tojik va arab tili unsurlarining yanada kuchayib ketishiga sabab nima?
O’zbek adabiy tili va eski turkiy adabiy til.
Eski turkiy adabiy tilning tayanch dialekti masalasi.
Eski turkiy adabiy tilning muhim fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari.
Turkiy tillar tarixini o’rganishda «Devonu lug’atit turk asarining» ahamiyati.
«Qutadg’u bilig», «Hibatul haqqoyiq», «Tafsir» asarlarining til xususiyatlari.
«Qisasi Rabg’uziy», «Qissai YUsuf», obidalarining til xususiyatlari.
7-ilova
Mustaqil ish uchun topshiriq
O’tilganlarni takrorlash. YOzma yodgorliklar tilini tahlil qilishga tayyorlanish. YOzma yodgorliklar tili bo’yicha izlanishlar olib borgan olimlarning tadqiqot ishlari ro’yxatini tuzish.
5-ilova
Mavzu bo’yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etiladi. Slayd namoyish qilinadi
IV. Uyga vazifa:
O’tilganlarni takrorlash. YOzma yodgorliklar tilini tahlil qilishga tayyorlanish. YOdnomalar tili bo’yicha izlanishlar olib borgan olimlarning tadqiqotlari bilan tanishish.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.
Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.
Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Qozoqboyev M. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent, 2008.
Ashirboyev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2002.
Tursunov U., O‘rinboev B., Aliev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. - Toshkent, 1995.
Do'stlaringiz bilan baham: |