Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet135/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Hozirgi zamon fe’li. –ur, -ür, -ar, -ər, -yur, -yür, -їr, -ir kabi affikslar va shaxs-son affikslarini qo’shish orqali hosil bo’ladi:



Birlik

Ko’plik

1 shaxs

Barurman

Barurmїz

2 shaxs

Barursan

Barursїz

3 shaxs

barur

Barur

Bu fe’l formasi ish-harakatning davom etishini, qanday vaqtda sodir bo’layotganini ifodalaydi: saqїnurman, məngləyürmən.


Kelasi zamon fe’li. Qadimgi turkiy tilda kelasi zamon fe’lini hosil qilish uchun fe’l o’zagiga –g’u, gü -qu, -kü, -dachї, -dəchi, -tachї, -təchi affikslari va shaxs-son affikslari qo’shiladi. Barg’usї, barg’umїz, barg’uңїz.


Fe’l nisbatlari. Ma’lumki, fe’l nisbatlari ish-harakatning bajaruvchiga bo’lgan munosabatini bildiradi. Bu munosabat fe’l o’zagiga maxsus affikslar qo’shilishi orqali ifodalanadi. Fe’l nisbatlari aniq nisbat, o’zlik nisbat, majhul nisbat, orttirma nisbat va birgalik nisbatlarga bo’linadi. 21
Aniq nisbat. Aniq nisbat maxsus affiksga ega emas. Harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilganligi yoki bajarilmaganligini ko’rsatadi. Masalan: Kөgmən yїshїg’ ash.
O’zlik nisbat va majhul nisbat.–l, -n, -q(-k) o’zlik va majhul nisbat formalari yasaydi. Undosh bilan tugagan negizlarga qo’shilganda oldida bir tor unli paydo bo’ladi va uning sifati o’zakning qalin-ingichkaligi va oxirgi bo’g’indagi unlining lablangan-lablanmaganliga bog’liq:
adїr- (ayir-) – adrїl- (ayril-)
tər- (ter-) - təril- (teril-)
kər- (ko’r-) - kөrül- (namoyon bo’l-)
al- (ol-) – alїn- (Olin-)
өt- (tila-) - өtün- (tilak bildir-)
bas-(bos-) – basїq (bosil-)
bol- (bo’l-) – boluq (bo’lin-)
-n qo’shimchasi sub’ekt harakatni haqiqatda bajarmasdan, bajarayotgandek qilib ko’rsatganda ham ishlatiladi.


Orttirma nisbat. Fe’l o’zak negizlariga –t,-ut, -üt, -їt, -it, -r, Ur, -ür, -їr, -ir, -tur, tür, -dїr, -dir, dur, -dür, -gur, gür kabi affikslarning qo’shilishi bilan hosil bo’ladi. Qadimgi turkiy tilda quyidagi orttirma nisbat qo’shimchalari bor:
1. –z qo’shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida bir tor unli paydo bo’ladi:
tut- (tut-) – tutuz- (tutqiz-)
tuy- (sez-) – tuyuz- (sezdir-)
2. –r qo’shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida asosan tor, ba’zan keng unli paydo bo’ladi:
yash- (yashirin-) – yashur- (yashir-)
өl- (o’l-) - өlür- (o’ldir-)
kət- (ket-) - kətər (ketkiz-)
3. –t qo’shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida bir tor unli paydo bo’ladi:
oqї- (o’qi-) – oqїt- (o’qit-)
küchə- (zo’rla-) - küchət- (zo’rlat-)
səv- (sev-) - səvit (sevdir-)
4. –tür, -tur, dur, -dür qo’shimchasi:
aq- (oq-) – aqtur- (oqiz-)
bin- (min-) – bintur- (mindir)
yə- (e-) - yədür- (edir-)
5. –qur, -kür, -g’ur, -gür qo’shimchasi:
az- (adash-) – azg’ur- (adashtir-)
tir- (yasha-) – tirgür- (yashat-)

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish