Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet115/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

O‘zlashma qatlam
Qardosh bo‘lmagan tillardan o‘zlashgan so‘zlar haqida gap borar ekan, bunda sug‘d, arab, hind, xitoy va grek tilidan o‘tgan leksik elementlarni nazarda tutamiz.
Hozirgi O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va Sibirda, hatto Evropada yashagan qadimgi turkiy xalqlar o‘zlariga yaqin bo‘lgan fors-tojik, arab, hind, xitoy va grek xalqlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan. Ana shu aloqa turkiy til leksik qatlamining boyishiga ta’sir qilgan.
O‘rganilayotgan davr tilida fors-tojik, arab, hind, xitoy va grek tillaridan o‘zlashgan so‘zlarni uchratish mumkin.
O‘zlashma qatlam yozma obidalar tilida birday emas. Yozma obidalarda fors va arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan xitoycha so‘zlar, xitoycha so‘zlarga nisbatan hind tilidan o‘zlashgan so‘zlar, hind tilidan o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan grek tilidan o‘tgan so‘zlar kamroqdir.
Fors-tojik tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Tarixdan ma’lumki, turkiy xalqlar qadim zamonlardan beri sug‘d yoki fors tilida gaplashuvchi xalqlar bilan bir hududda yashaganlar. O‘zaro aloqalar natijasida O‘rta Osiyoning ayrim joylarida yashovchi xalqlarda ikki tillik paydo bo‘ladi. 10
VI-XI asrlarda yaratilgan yozma obidalar tili kuzatilganda so‘g‘d (fors-tojik) tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pligini ko‘rish mumkin.
Kultigin bitiktoshida әkә, әchә (aka) (qon-qarindoshlik), sog‘d, tәzik (etnonim), Baz (onomastika) kabi so‘zlar uchraydi, xolos.
Xitoy tilidan o‘zlashgan so‘zlar, asosan, VI-XI asrlar yozma obidalarida, xususan, uyg‘ur yozuvidagi obidalarda, qisman «Qutadg‘u bilig» va Kultigin bitiktoshida uchraydi. Ular qo‘idagicha:
Etnonimlar: Chin (Qb), Tabg‘ach (To‘n). Chin va Tabg‘ach ayni paytda toponim vazifasida ham qo‘llangan.
Onomastika: Isyi Likәn (Kt), Chana sәңun (Kt), Tinsi (osmon) (Kb).
Mansab, unvon va harbiy boshliq tushunchalarini bildiradigan terminlar: Qünsәnün (To‘n) (harbiy boshliq), chïqan (unvon), tutuq (Kt).
Bulardan tashqari, su (muvaffaqiyatli) (Oyo), quv (guldon) (Oyo), choq (yirik) (Oyo), suju (yuz) (chegara) va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar ham uchraydi.
Qadimgi turkiy tilda kam bo‘lsa-da, hind tilidan o‘zlashgan so‘zlar ham uchraydi. Bunday so‘zlar ko‘proq uyg‘ur yozuvidagi obidalarda, qisman Kultigin bitiktoshida uchraydi. Bular quyidagicha:
Toponimlar: Estun (Oyo).
Jism nomlari: vәsir (olmos) (Oyo).
Savdo ishlari bilan shug‘ullanuvchilar nomi: sart (Qb).
Sanani bildiradigan so‘zlar: aram (Oyo).

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish