Onomastika. Qadimgi turkiy tilning leksik qatlamiga xos so‘zlardan yana bir gruppasi onomastikadir. Onomastika ham tilning lug‘at sostavini boyitishda muhim rolь o‘ynaydi. Onomastika qadimgi turkiylarning dunyoqarashi, e’tiqodini bilishda ham muhim vositadir.
Qadimgi turkiylar quyidagi an’anaga ko‘ra shaxslarga nom qo‘yganlar:
O‘zlari uchun muqaddas hisoblangan hayvonlarga nisbatan berish bilan: Bori, Bars (Kn).
Shaxslarning ma’lum bir sifat xususiyatlari nom qo‘yishga asos bo‘ladi. Bunda nomlarning semantikasi ostida shu belgi yotadi: Kultigin (kul-kuchli demakdir) (Kt.), To‘nyuquq (to‘ngich javqar), Bilga hoqon (Bilga – dono demakdir).
Gidrotoponimlar. Qadimgi turkiy tilning lug‘at sostavida gidrotoponimlarni bildiradigan leksemalar ham anchagina. Bunday gidrotoponimlarga Irtish (Kt.), Selenge (Kt), Yinju Oguz (Kt) Qarakul (Ung), Altïnkol (Bx), Yashïl og‘uz (Kt), Yartïkol (Ung), Balqashkol (Tun), Kәzlikol, (Ung) va boshqa shunga o‘xshashlarni ko‘rsatish mumukin. Ularni leksik-semantik tomondan quyidagicha gruppalashtirish mumkin:
VI-XIV asrlarda daryo nomiga oguz so‘zi qo‘shib ishlatilgan. Maslan: Taluy og‘uz, Yashïl og‘uz, Kәmә og‘uz, Tog‘la og‘uz, Erkun og‘uz, Yar oguz, Artïs oguz va boshqalar.
Ko‘l nomiga kөl hamda qod so‘zlarini qo‘shib ishlatganlar. Masalan: Yarg‘un kөl, Altïr kөl, Kәzlük kөl, Sәlәngә qodï.
Zoonimlar. Qadimgi turkiy til leksik qatlamida zoonimlar ham o‘z ifodasini topgan. Bu davrdagi zoonimlarni leksik-semantik tomondan quyidagicha gruppalashtirsh mumkin.
Hayvon tushunchasini bildiradigan zoonimlar: adïg‘ (ayïq) (Ung), bichin (maymun) (Kt), at (Kt), bөri (Kt), buqa (Kt),, tabïshqan (To‘n).
Qarindoshlik tushunchasini bildiradigan terminlar. Qadimgi turkiy til lug‘at sostavida boshqa so‘zlar bilan qatorda qavm-qarindoshlik terminlari ham o‘z ifodasini topgandir.
Yozma obidalar tilida uchraydigan yaqinlik yoki qavm-qarindoshlik tushunchasini bildiradigan so‘z-terminlar ham ma’lum bir sharoitda paydo bo‘lgan. Bu so‘z-terminlar qanchalik turg‘un bo‘lmasin, davrlar o‘tishi bilan rivojlanadi, o‘zgaradi va adabiy formaga siljiydi. Aniqrog‘i, oila, nikoh formalarining yangi shakllari paydo bo‘lishi bilan bu so‘z-terminlarining doirsi ham o‘zgaradi. Qadimdan aktiv ishlatilib kelgan bu sohaga oid so‘z-terminlar arxaiklashib qolishi va uning o‘rnida boshqa qardosh bo‘lmagan tillardan o‘zlashgan so‘zlar ishlatilishi mumkin. Qadimdan ishlatilib kelgan so‘z esa passiv leksikadan o‘rin ola boshlaydi.
Yozma obidalar tilida qan (Kt), og (Kt), sïңïl (Kt), apa (Oyo), og‘ul (Kt), ag‘a (Qb), ini (Kt), choluq (Kt), ər (Kt), qatun (To‘n), әkә(Kt), ingun (qarindosh), yigün, (jiyan yoki nabira), achi (amaki), apa (bobo) (Kt) va boshqa shunga o‘xshash qavm-qarindoshlik tushunchasini bildiradigan so‘z-terminlar uchraydi. Ularni leksik-semantik tomondan quyidagicha gruppalashtirish mumkin:
1.Qon-qarindoshlik terminlari.
2. Nikohdan keyin yaqinlikni bildiradigan terminlar.
Qon-qarindoshlik terminlari. Bu kabi terminlarga qan, achi, ini, yigun, apa, urï, og‘ul, sïңïl va boshqa shunga o‘xshashlarni ko‘rsatish mumkin.
Qan termini VI-X asr yozma obidalarida ata, qan va ede kabi formalarda ishlatilgan bo‘lsa, X-XI asrda ham xudi shunday ishlatilgan. Ammo XI-XIV asrlarda aba shaklidadir. Ata termini farzandli, bola-chaqali er kishilar. Ota so‘zi semantk jihatdan har xil ma’nolarda ham ishlatiladi.
Өg termini ham har xil ko‘rinishlarda bo‘lgan. VI-X asrlarda eg shaklida, X-XI asrlarda ana va X-XIV asrlarda esa aba, apa, ana shakllarida ham qo‘llanilgan. Ona termini asosan farzandli shaxslarga nisbatan aytilgan, ona so‘zi keyingi davrlarda har xil semantik xususiyatiga ega bo‘la boshlagan.
Әchi termini. Bu VI-XI asr yozma obidalar tilida, echi shaklida ishlatilgan bo‘lsa, X-XIV asrlarda esa aka formasi ham ishlatila boshlagan.
Ini termini. Bu termin akasiga nisbatan yosh jihatdan kichik bo‘lganiga nisbatan ishlatilgan. Bu terminning qarindosh ma’nosi keyinchalik kelib chiqqan.
Urï termini o‘g‘li ma’nosida ishlatilgan, og‘ïl esa bola ma’nosidadir, VI-X asrlarda urï og‘ul, X-XI asrlarda esa og‘lan. Bu termin ham keyinchalik har xil ma’nolarda ishlatila boshlagan.
Qïz termini ayol jinsiga mansublikni ifodalaydi. Urxun yodnomalarida qïz og‘ïl, ya’ni qiz bola ma’nosidadir. X-XIV asrlarda esa bu so‘zning ma’nosi kengaydi.
Sïңïl termini. Bu termin X asrgacha va undan keyin yaratilgan yozma obidalarda ham sïnïl, sïңïl kabi fonetik ko‘rinishlarda uchraydi. Bu termin oilada akalaridan keyin tug‘ilgan qizga nisbatan ishlatilgan.
Yigun termini aka yoki opalarning farzandlariga nisbatan qo‘llanadigan termindir.
Apa termini. Bu termin VI-X asrlarda oilada yoshi katta bo‘lgan (asli bobo demakdir.) shaxsga nisbatan ham ishlatilgan Uyning aba kabi ko‘rinishi ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |