Nazorat savollari:
1.1.Nutqiy san’atlarning umumiy xususiyatlari va turlari.
1.2.Inversiya.Uning turlari va vazifalari.
1.3.Takror. Uning turlari, uslubiy vazifalari.
1.4. Ritorik so’roq gap ritorik undash va murojatlarning qo’llanishi.
1.5.Matn uyushtirish usuli va nutq san’atlari o’rtasidagi bog’liqlik.
1.6. Badiiy va publitsistik uslubda nutq san’atlarini qo’llanilishi.
2-savol bo’yicha dars maqsadi:
Sintaktik ko’chimlarning matn uyushtirishdagi rolini izohlash, ularning uslubiy qo’llanilishini o’rganish, o’ziga xos vazifalariga baho berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.Shoir va yozuvchilar uslublarida qo’llanilayotgan sintaktik qo’shimchalarning turlariga baho bera oladi.
2.Metafora, metanimiya, sinekdoxa, va vazifadoshlik xaqida tushunchalarini mustaxkamlaydi.
3.O’xshatish, mubolag’a, jonlantirish kabi san’atlarni qaysi uslublarda qo’llanilishini izoxlaydi.
4. Ilmiy va rasmiy uslub uchun asosiy xususiyat emasligini echib beradi.
2- savolning bayoni:
Tildagi ko’pgina so’zlar o’z ma’nosidan boshqa ma’nolarni hatto ba’zan o’z ma’nosiga qarama-qarshi bo’lgan ma’nolarni ifodalash uchun ham qo’llanadi. Bir predmet belgisi boshqa bir predmetga ko’chiriladi, o’xshatiladi.
Adabiy asarning badiiy qiymatini, ifodaliligin, ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning umuman ko’chma ma’noda ishlatilishi ko’chim deyiladi.
Ongimizda qandaydir xususiyatlari bilan, belgilari bilan bir-biriga yaqin bo’lgan ikki predmet yoki hodisani chog’ishtirish, o’xshatish ko’chimga asos qilib olinadi. Ya’ni biror predmet yoki voqea hodisa haqida aniq, yorqin tasavvur hosil qilish uchun unga boshqa biror predmet yoki voqeaning belgisi ko’chiriladi, o’xshatiladi.
Ko’chimlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
1.Metafora(istiora)- grekcha metaphora ( ko’chim, istiora) so’zidan olingan.
Nutqda obrazlilik, emotsiya berish maqsadida narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, so’zlar va iboralarning ko’chma ma’noda ishlatilishi metafora deyiladi. Masalan, kishinig yoshligini g’uncha, yigitlik davrini umrning bahori kabi so’z birikmalari bilan, o’ldi so’zini xazon bo’ldi, so’ldi so’zlari bilan almashtirish mumkin. Chunki bu so’zlar anglatgan ma’nolar o’rtasida qandaydir umumiylik, yaqinlik mavjud.
Metaforani yashirin o’xshatish deyish ham mumkin. Ammo oddiy o’xshatish har doim asosiy ikki a’zodan tashkil topsa ( ya’ni nima qiyos qilinadi, nima bilan qiyos qilinadi, qiyos qilinuvchi va qiyos qilinadigan predmet) metaforada faqat ikkinchi a’zo – o’xshatilgan narsa qoladi, o’xshagan narsa tushirib qoldiriladi va u kontekstda ochiq sezilib turadi, demak, metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a’zo orqali idrok qilinadi:
Metafora tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda va kengaygan.
Sodda metafora birgina so’zdan tashkil topsa, kengaygan metafora ikki yoki undan ortiq so’zdan tuziladi. Masalan, gumbaz (osmon), yiqildim (yomon baho oldim ma’nosida.) kengaygan metafora sanaladi.
Badiiy metafora bilan lingvistik metaforani bir-biridan farqlash kerak. Agar metafora predmetning doimiy nomiga aylanib qolgan bo’lsa, u tilshunoslikning o’rganish ob’ekti bo’ladi Masalan, yoy- asli yomg’ir yoqqandan so’ng osmonda paydo bo’ladigan yarim doira shaklidagi yorug’ chiziq. Uning nomi tarixiy jihatdan ov quroliga ham o’tgan; omon-sifat, omon- ot; kakku taqlidiy so’z, kakku- qush nomi va h. k.
Badiiy metaforaning eng yaxshi namunasini H. Olimjon « Baxtlar vodiysi» she’ridan keltirilgan quyidagi parchada ham ko’rish mumkin:
Ko’m-ko’k vodiylarda
Po’lat izlaridan (temir yo’l-R.Q.)
Kelayotir qora poezd
Uchib,
Qarsillab,
Elektrik tomiridan (elektr simi- R.Q.)
Oqqan qonlardan (elektr toki-R.Q.)
Butun o’lka shimirayotir
Chanqab, harsillab.
2.Metonimiya (ma’joz)- grekcha metonymia so’zidan olingan bo’lib, boshqacha nom berish degan ma’noni bildiradi. Metonimiya (ma’joz) hodisasi ham so’zlarning ko’chma ma’nosi bilan bog’liq. Ammo bu erda asosan biror narsa yoki voqea hodisasining nomi boshqa bir narsa yoki hodisaga ko’chiriladi. Bu predmet yoki voqea hodisa ongimizda bir-biri bilan aloqador tushunchalarni anglatishi bilan o’zaro bog’langan bo’ladi. Metaforada bir-biriga o’xshash predmetlarning belgilari ko’chirilsa, metanimiyada bu ikki predmet tashqi ko’rinishi yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo’lsa ham, ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi (bir-biriga o’xshamagan) predmetlarning belgilari chog’ishtiriladi.
Predmetlarning nomlarini boshqa predmetlarga o’tkazishning bir necha xil ko’rinishlari mavjud:
1.Biror narsa ichidagi predmetning ma’nosi o’sha narsaga (idishga) o’tkaziladi: bir tovoq palov edim deyish o’rniga bir tovoqni tushirdim, deymiz.
2. Muallifning nomi uning asari o’rnida qo’llanadi: Marksni o’qidim, Navoiyni o’qidim kabi. Bu erda Marks, Navoiy asarlarini o’qidim degan ma’no tushuniladi.
Misol:
Fuzuliyni oldim qo’limga, Majnun bo’lib yig’lab qichqirdi
Va Navoiy tushib yo’limga, faryod bilan o’rnidan turdi.
Lemantovni tashlamadim hech, oxir qo’yib oldim Hofizni,
Pushkin menga ko’rsatdi har kech yig’lab turgan bir cherkas qizni.
(H. Olimjon. «Shodlikni kuylaganimning sababi».)
Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajaruvchi qurolning nomi bilan almashtiriladi:
Uning perosi qasos o’ti bilan yonardi.
Biror predmetni u yasalgan material bilan almashtirish:
Er kurrasida bo’lgan proletar
Salomi,
Do’stlik ilhomi-
Po’lat karvonlarda
Hayqirib kelajak. (G’.G’.)
Ma’lum erda, mamlakatda, davlatda yashab turgan kishilar ma’nosi shu erga, mamlakat yo davlatga ko’chiriladi6 «Majlisga butun qishloq keldi».
Aniq tushuncha nomi o’rnida mavhum ot qo’llanishi mumkin: Odamlar esnaydi, majlis raisga ho’mrayib qaraydi. (A. Q.)
3.Sinekdoxa- grekcha synekdoche so’zidan olingan. U metaforaning bir turi bo’lib, predmetning soni bilan bog’liq bo’ladi, ya’ni predmetlarning son jihatidan birining ( qism, to’la ) ma’nosi ikkinchisiga ko’chiriladi. Butun o’rnida qism (yohud, aksincha) yoki birlik o’rnida ko’plik (va aksincha) qo’llanishi ham bunga misol sifatida ko’rsatish mumkin: Buyuk armiyaning soldati! Quyidagilarga amal qilsang, senga o’q tegmaydi, engilmaysan.
Sinekdoxaning quyidagi ko’rinishlari mavjud:
a) Butun o’rnida qism: ba’zan biror kishini chaqirish uchun uning ismi bilan emas, balki kallasi katta bo’lsa, «ey kalla», shlyapa kiygan bo’lsa, «ey shlyapa» deb chaqirish hollarini uchratamiz.
b) Ko’plik o’rnida birlikni ishlatish: Sotuvchi, xaridor bilan xushmuomalada bo’l.
4.Epitet ( sifatlash) – grekcha epitheton so’zidan olingan bo’lib, izohlovchi degan ma’noni beradi. Epitet – sifatlashning bir turi. Ammo u doimiy sifatlashdan o’zining ekspressivligi, ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan farq qiladi.Epitet- poetik aniqlovchi.Epitetning oddiy aniqlovchidan farqi shundaki, u aynan paytida tasvirlanayotgan narsaning so’zlovchi nuqtai nazarida muhim hisoblangan tomonini ta’kidlab, bo’rttirib ko’rsatadi. Ayniqsa, she’riy asarlarda bu ko’proq talab qilinadi. Chunki she’riy asarda prozaik asarga nisbatan so’zning estetik va emotsional ta’siri kuchliroq bo’lishi kerak. Bunday epitet ko’pincha qisqargan metaforaga o’xshab ketadi. Shuning uchun bunday epitet metaforik epitet deb ham yuritiladi.
G’ururlanib poezd qichqirib, uzoqlarga tomon uchadi,
Oq bug’lari engil suzilib, muzday havolarni quchadi. (U.)
Ayrim epitetlar biror predmet bilan mustahkam bog’langan bo’ladi. Masalan, dengiz deganimizda ko’k rang ko’z oldimizga keladi, shuning uchun, asosan, u ko’k (ko’m-ko’k) so’zi bilan birga ishlatiladi. Bunday epitetlar doimiy epitetlardir. Doimiy epitet predmet va voqealarni individual tomondan xarakterlanmaydi, emotsianallik hosil qilmaydi. Sintaktik tomondan ham ular ancha turg’un (ya’ni dengiz hamma vaqt ham ko’k, bog’ asosan yashil kabi).
5.O’xshatish. O’xshatish ikki narsa yoki voqea-hodisa o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to’laroq, konkretroq, bo’rttiribroq ko’rsatib berishdir.O’xshatish eng qadimgi tasviriy vositalardan biri bo’lib, eng sodda va juda ko’p qo’llanadigan sintaktik hodisa hisoblanadi.
Ammo yuzini oyga, qizni gulga qiyos qilinadigan doimiy o’xshatishlar borki, ular ham emotsianallik, ham baholash qiymatini yo’qotgan. Bu tipidagi o’xshatishlarni lingvitik hodisa sifatida qarash kerak.
O’xshatish to’rt asosiy qismdan tarkib topgan:
Bog’lardagi qip-qizil lola
Bo’lib go’yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko’zidan qochadi uyqu. (H. O.)
6.Ironiya-grekcha eironeia ( bilib bilmaganga olish) so’zidan olingan.
Ba’zan muallif voqeani bamaylixotir, jiddiy holda hikoya qiladi-yu ammo so’zlarni o’z asl ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda qo’llab, biror kishi yoki hodisa ustidan kesatiq bilan, masharaomuz yashirin kuladi.
So’zlar va iboralarning kesatiq va piching bilan o’z ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda ishlatilishi ironiya (kinoya) priyomi deyiladi.
Ironiya shunday usulki, yuzaki qaraganda, so’zlovchi jiddiy gapirayotganga o’xshaydi,ammo uning tagida haqiqiy ma’noga qarshi bo’lgan yashirin kulgi yotadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |